50. Mirzo ulug`bek ilmiy merosi va uning tarbiyaviy ahamiyati
Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulug‘bek“ — yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (To‘rt ulus tarixi) — tarixga oid. U 1437-yilda 994 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulug'bek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan[1].
Yaqin yillargacha U. faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20-asr oxirida uning ijodi serqirra boʻlib, u tarix, sheʼriyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida "Mirzo Ulugʻbek tarixnavis donishmand (va) "Toʻrt oʻlus" (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi", deb yozgan. U.ning turkiyda yozgan "Tarixi arbaʼ ulus" ("Toʻrt ulus tarixi") asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13— 14-asr lar 1yarmidagi siyosiy hayotini oʻrganishda muhim manbadir.
Mashhad binolarining birida U. qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:Harchand mulki husn ba zari nigin tustShoʻxi makun ki chashmi bidon dar kamintust.
Maʼnosi:Harchand husn mulki sening hukmingda boʻlsa ham,Shoʻxlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.
Navoiyning "Majolis unnafois" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U. tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob boʻlgan.
Alisher Navoiy "Xamsa" asarida U. ni uluglab, shunday yozgan edi: Temurxon naslidan Mirzo Ulugʻbek, Ki olam koʻrmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridin aylamas yod, Aning obnoyi jinsi boʻldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast, Koʻzi oldinda boʻldi osmon past. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur, Bilib bu nav ilmi osmoniy, Ki ondin yozdi "Ziji Koʻragoniy".
Uzoq va yaqin oʻtmish mualliflari (Darvishali Changiy, Fitrat va boshqalar)ning taʼkidlashicha, U. yoshligidan oʻzga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
U. tavalludining 600 yilligi 1994 y. aprelda Parijda, okt.da Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar oʻtkazildi. Shu yili Toshkentda U.ka haykal oʻrnatildi.
U. siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda U.ning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Oʻzbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, koʻcha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bogʻi, shaharcha U. nomi bilan ataladi. Fargʻona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitekturaqurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va boshqalarga U. nomi berilgan.
U.ning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugbek" tragediyasi), roman (O. Yoqubov, "Ulugbek xazinasi"; S. Borodin, "Samarkand osmonida yulduzlar"), opera (A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek"), poema (M. Boboyev, "Ulugbek"), balet (M. Bafoyev, "Ulugbek burji"), film (Rej. Latif Fayziyev, "Ulugʻbek yulduzi", 1965) va boshqa yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |