O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

i к к i n ch i b o b
0 ‘RTA OSIYO XONLIKLARINING CHOR ROSSIYASI
TOM ONIDAN ISTILO ETILISHI
Rossiya davlatining hukmron doiralarida XIX asr ikkinchi 
yarmiga kelib Qo'qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga nisba­
tan istilochilik ruhi avj olib, Aleksandr II (1855-1881) hukumatining 
tashqi siyosatida jangari generallar mavqei kuchaydi. General- 
ad‘yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga, graf 
N. Ignatevning esa Bosh shtab Osiyo b o iim i rahbarligiga tayinlani- 
shi Rossiyaning 0 ‘rta Osiyodagi siyosatida keskin o ‘zgarishlar 
b o iish id an darak berardi. Rossiya matbuotida esa Hindistondek boy 
o ‘lkani mustamlakaga aylantirgan Angliyadan o ‘m ak olib, Osiyoda 
faol harakatga chorlovchi maqolalar paydo bo‘la boshlaydi.
Imperiya harbiy vazirligida o ‘zbek xonliklarining iqtisodiy va 
siyosiy ahvoliga oid josuslik m a’lumotlari yetarlicha to ‘plangan 
edi. General unvoniga k o ‘tarilgan graf N. Ignatevning o ‘zbek 
xonliklarining haqiqiy ahvoli va ulami Rossiya nazoratiga olishni 
qay y o ‘sinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu m a’lumotlar 
orasida alohida ajralib turardi.
G raf Ignatev birinchi galdagi vazifa sifatida Q o‘qon xonligiga 
qarshi bevosita harbiy harakatlar boshlashni taklif qilgan. Ana shu 
taklifga ko ‘ra, Rossiya 1860 yilda Q o‘qon xonligiga qarshi e ’lon 
qilinmagan urush boshladi.
1. E’LON QILINMAGAN URUSH... QO QON
Q o'qon beklari joylardagi o'zbek, qipchoq, qirg‘iz aholisi bilan 
ittifoq b o ‘lib, chet el bosqinchilariga qarshi hamjihatlikda harakat 
qilishga intilmadilar. Ulaming beboshligi va zulmi mamlakat 
barqarorligiga putur yetkazibgina qolmay, dushmanning g ‘alabasiga 
imkon yaratib berdi. Ish shu darajaga borib yetdiki, qozoq biylari 
Rossiyaga o ‘z hukmdorlari zulmidan xalos qilishni s o ia b , murojaat 
qilishdi. Ular hatto m slam i Buxoro va Q o‘qon xonlari birlashsa, 
istiloga jiddiy xavf tug ‘ilishidan ogohlantirishdi. Bu haqida 
zamondosh muarrixlar shunday yozishgan: «Q o‘qon amaldorlarining 
zulmidan bezor b o ig a n va sabr kosasi toiib-toshgan qozoq biylari 
mslarga borib aytibdilarki, Movarounnahr xonlari, chunonchi, 
Buxoro va Q o‘qon xonlari orasida adovat va xusumat paydo b o iib ,
86
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buxoro amiri Farg‘ona mamlakatini taxti tasarrufiga kiritib olmoq 
muddao-siga tushgan. Agar Buxoro va Farg‘ona bir mamlakat bo‘lib 
qolsa, u holda Buxoro amiri ikki poytaxtni ihota qilib, to Tibat, Qan- 
dahor tog‘laridan tortib lashkar jam qilgudek b o ‘lsa, ish ogirlasha- 
dur. Bu joyning aholisi arolarida nizo va beittifoqlik paydo b o iib
turgan holda ishni tezlik va osonlik bilan saranjom qiladursiz»1. 
Eng dahshatlisi shundaki, Rossiya go‘yo keng ommaning ko‘z 
o ‘ngida bosqinchilik bilan emas, balki taklifga ko‘ra kelgan ekan, 
degan tasaw urni hosil qilardi. Bunday holatni payqagan Q o'qon 
hukmdori Sulton Sayidxon va lashkarboshi Alimqul yurt barqaror- 
ligini ta ’minlash uchun ayrim choralami amalga oshirishga urinish- 
di. Bu jihatdan xonning qozoq biylariga y o ilag an murojaatnomasi 
diqqatga sazovordir. Unda xususan bunday deyilgan: «Xudoyi 
taologa shukrlar b o isin ki, shariat qonunlari asosida tinch-farovon 
hayotga erishdik. Endilikda 92 q av n r birlashib bir xalqni tashkil 
etdi. Shu ravishda bizning sodiq fuqarolarimiz tinchlandi, tarafdorla- 
rimiz uzoq-yaqin joylardan kelishib, bizning xursandchiligimiz va 
marhamatimizdan bahramand boim oqdalar. Sizlar ham dinimiz 
va ona-yurt hurmati yuzasidan huzurimizga tashrif buyurishingizni 
hamda oliy iltifotimizga musharraf boiishingizni soiaym iz».
Alimqulning b u yrug ig a k o ia , Nurmuhammad qushbegi Av­
liyo otaga borib Talas daryosining yuqori oqimida istiqomat qilib 
turuvchi qirgizlarning sardorlarini y ig ib ular bilan suhbatlashdi. U 
tashqi dushmanga qarshi kurashda ulami hamkor b o iish g a undab, 
Katta va 0 ‘rta ju z qozoqlarini ham shu ittifoqqa tortish zarurligini 
uqtirdi. Alimqulning bunday siyosati ms amaldorlarini tashvishga 
soldi. Ular o ‘z tasarmflaridagi q irg iz mulklari sardorlari bilan 
uchrashib, ularning Q o‘qon xonligi tarafiga k o ‘chib oim asliklarini 
alohida buyurdilar.
Chor Rossiyasining zobitlari o ‘rtasida o ‘zining cho‘rtkesarligi 
va o ‘ta jangariligi bilan d o n g i chiqqan polkovnik Mixail Cher- 
nyaev 1864 yilda Avliyo ota shahri tomon yurish boshladi. U Sankt- 
Peterburgda o ‘qigan va Rossiyaning sharqdagi «madaniyatpar- 
varligiga» k o i- k o io n a ishongan qozoq zodagoni, m a’rifatparvar 
olim, shtabs-rotmistr Cho‘qon Valixonovni o ‘ziga maslahatchi qilib 
olgan edi. Ruslarga astoydil ishongan bu ziyoli ana shu yurishda 
rus zobitlari va askarlarining nimalarga qodir ekanligini o ‘z ko‘zi 
bilan k o id i.

Mullo Olim Mahdumxo ‘ja.
Turkiston tarixi, 92-bet.
2 0 ‘zbek urug‘lari.
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


Avliyo ota himoyachilari dushman bilan mardona olishdilar. 
Shahar hokimi Niyoz Ali dodxoh shahami tashlab, Turkiston tarafga 
qochib ketib qolganiga qaramay, xalq o ‘z tashabbusi bilan shaharini 
mudofaa qildi.
Avliyoota aholisining bir jon, bir tan b o iib bosqinchilarga 
qarshi k o ‘rsatgan qarshiligi, hatto bolalar va ayollargacha q o id a qurol 
bilan ona tuproq himoyasida shahid b o ig a n i qozoq m a’rifatparvari 
Cho‘qon Valixonov qalbini larzaga keltirdi. Chemyaevning shahar- 
ning talon-toroj qilinishiga y o i berib qilgan yovuzligi C ho‘qon 
Valixonovning u bilan nizolashib qolishiga sabab b o id i. Shtabs- 
rotmistr Valixonov iste’foga chiqib, rus armiyasi xizmatidan o ‘zini 
chetga oldi1.
Polkovnik Chemyaev esa Avliyootada q o ig a kiritilgan g ‘alaba- 
dan so‘ng general-mayor darajasiga k o ‘tarildi. Turkiston shahriga 
hujum qilgan polkovnik Veryovkin qo‘shinlari ham xunrezlikda 
chemyaevchilardan qolishmadi. U lar hazrat Ahmad Yassaviy maq- 
barasini to ‘pga tutishdan ham tap tortmadilar...

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish