O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


ROSSIYA VA ANGLIYANING MARKAZIY OSIYO UCHUN



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

3. ROSSIYA VA ANGLIYANING MARKAZIY OSIYO UCHUN
OLIB BORGAN O ZARO KURASHI
XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini bo‘y- 
sundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Bri- 
taniyaning shu borada uzoqni ko‘zlagan rejalariga jiddiy xavf solar 
edi. Shuning uchun Angliya turli y o ‘llar bilan 0 ‘rta Osiyodagi 
davlatlami Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi.
1831-1833 yillarda Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Alek­
sandr Bems Hindistondan A fg‘onistonga, undan Buxoroga sayyoh 
sifatida keladi. Bu «sayohat» natijasida yig‘ilgan dalillar va shaxsiy 
kuzatuvlar «Buxoroga sayohat» deb nomlangan uch jildlik kitobga 
asos bo‘ldi. Bu o ‘rinda A.Bemsning o ‘zbek xalqi xususida bildir- 
gan fikrlari diqqatga sazovordir: « 0 ‘zbeklar muomalada kamtar va 
samimiy. Ular mening kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha 
narsalar xususida, hukmdorlari va siyosatdan tortib, bozordagi ahvol 
haqida ham tortinmay so‘zlashdilar»‘.
Angliya o ‘z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg‘oqchilari vo- 
sitasida Buxoro, Xiva va Q o'qon xonliklarini Rossiyaga qarshi 
ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda fors va turk 
tillarini yaxshi bilgan Konolli, Bems, Archi Todd, Abbot va Shekspir 
kabi zobitlami o ‘zbek xonliklariga yubordilar. Ayrim manbalarda 
keltirilgan m a’lumotlarga ko‘ra, Konolli Xiva xoni bilan uchrashib, 
unga « 0 ‘zbek davlatlarining chet mamlakatlar tomonidan ishg‘ol 
etilishidan asrovchi yagona yo‘l bor. U ham b o is a , bir-birlaringiz 
bilan yaxshi munosabatda b o iib , o ‘zaro yordamlashishdir», degan. 
Xiva xoni Olloqulixon esa mslaming bahorda yana hujum qilmoqchi 
ekanliklaridan xabar topgach, Istanbulga va inglizlar huzuriga o ‘z 
elchilarini jo ‘natib, yordam so‘radi. Turkiya davlatidan biror xabar 
ololmagan Xiva xoni xuzuriga ingliz zobitlari Abbot va Shekspir 
yetib kelishdi. Ular Xiva xoniga poytaxtdagi ms asirlarini ozod qilish 
va bu bilan b o ia ja k to ‘qnashuvga bahona qoldirmaslik lozimligini 
uqtirdilar. Haqiqatdan, asirlaming ozod etilishi bilan yangi umsh 
ochishga ortiq bahona qolmagach, Perovskiy yurishni kechiktirishga 
majbur b o id i. Xavfning bartaraf b o ig an in i ko‘rgan Olloqulixon 
Qutbiddinxo'ja ismli elchisini Istanbulga jo ‘natib, turklami vaziyat- 
dan ogoh qildi. Olloqulixon tinchlikni ta’minlashda bergan yordam- 
lari uchun ingliz hukumatiga ham elchilar y o ilab , o ‘z minnatdorchili- 
gini bildirgan edi.

Бернс А.
П утешествие в Бухару. М., 1850, стр. 221.
3-17% 
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


Angliya hukumati bu vaqtda polkovnik Stoddartni Buxoroga 
yuborgan edi. Stoddartning Buxoroga kelayotganini eshitgan 
N asmlloxon unga shaharga kirishda otdan tushib, yayov yurishini va 
qurolini topshirishi zamrligini buyuradi. Ammo, Stoddart Osiyo tartib- 
qoidalarini unutib, Buxoro hukmdorining buym g‘ini mensimaydi. 
Nasmlloxon esa alamini ichiga yutib, Stoddartni qabul qilishga 
majbur b o ia d i. Amir uning asl maqsadi ayg‘oqchilik emas, do‘stona 
munosabat o ‘matish ekanligiga ishonmay, undan tegishli hujjat 
so iay d i. Polkovnik Stoddartda bunday hujjat yo‘q b o ig a n i uchun 
amir uni hibsga oladi. 0 ‘z elchilarining Buxoroda tutib qolinishi 
Angliya hukumatini ulami ozod etishga urinishga majbur etadi. Ingliz 
hukumati oldin Xiva xoni vositasida, keyin Turkiya hukumati orqali 
Buxoro amiriga ta ’sir etishga urinadi. Ammo Buxoro amiri tomonidan 
talab qilingan hujjat kelavermagach, Stoddart zindonga tashlanadi. Bu 
xabami eshitgan kapitan Konolli Buxoroga jo ‘naydi. Amir uni ham 
kerakli hujjati y o ‘qligi uchun hibsga oladi. Ikki ingliz zobiti Buxoro 
zindonida uchrashadilar. 1842 yilda ular josus sifatida qatl etiladilar.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish