Toʻliq ismi Mulla Alimqul Husaynboy oʻgʻli)



Download 53,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2022
Hajmi53,41 Kb.
#358616
Bog'liq
Alimqul - Vikipediya



Alimqul

Alimqul (toʻliq ismi Mulla Alimqul Husaynboy oʻgʻli) (1831/32–1865) – 

Qoʻqon xonligining

muvaqqat xoni (regenti), mingboshisi, amiri lashkari (1863–65). Mallaxon hukmronligi davri

(1858–62)da Alimqul xonlikni idora etishda faol qatnashib, eshik ogʻaboshi va vazir

darajasiga koʻtarildi, Mal-laxonning eng ishonchli va yaqin kishilaridan biri boʻlib qoldi. Bu

davrda Alimqul qipchoklarning xonlikdagi siyosiy mavqeini tiklashga va mustahkamlashga

harakat qildi. Mallaxon oʻldirilgach (1862), uning oʻrniga Sarimsoqxonning 17 yoshli oʻgʻli

Shohmurod xon deb e’lon qilindi. U taxtga oʻtirgach, otasining qotillarini topib oʻldirtira

boshladi. Qotillikda qoʻli bor Toshkent hokimi Qanoatning buyrugʻi bilan Shohmurodni oʻgʻirlab

ketadilar. Soʻng Qanoat Xudo-yorxonni xon deb e’lon qiladi. Alimqul esa taxtga uning birodari

Sulton Murodni oʻtqazmoqchi boʻlib, Xudoyorxonga qarshi kurash boshlaydi. Nihoyat, 1863-yil

9-iyulda Alimqul Mallaxonning oʻgʻli Sulton Say-yidxonni Qoʻqon xoni deb e’lon qiladi.

Xudoyorxon Buxoroga ketishga majbur boʻladi. Buning evaziga Alimqul "Amiri lash-kar"

unvoniga sazovor boʻldi. Shunday boʻlsada, Alimqul amalda xonlikni oʻzi idora qila boshladi.

Podsho Rossiyasi qoʻshinlari Qoʻqon xonligi tasarrufidagi Toshkent va boʻlak shaharlarga

taxdid qila boshlagach, Alimqul va Sulton Sayyidxon qoʻshin bilan Toshkentga kelishdi (1864-

yil 25-noyabr). Alimqul 10 ming kishilik qoʻshin bilan Aris daryosi boʻylariga chiqib, Turkiston

va Chimkent oraligʻidagi rus qoʻshinlari egallagan qoʻrgʻonlarni qaytarib olishga harakat qildi.

Turkiston sh. yaqinidagi Iqon qishlogʻida ruslarning qoʻshinini yengib Toshkentga qaytdi (yana

qarang 


Iqon jangi

). 1864-yil dekabr oxirida Alimqul va Sulton Sayyidxon Toshkentni tark etib,

Qoʻqonga kelishdi. Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari Toshkentga yaqinlashganligi haqida

xabar topgach, ular qoʻshin bilan Qoʻqondan chiqib, 1865-yil 7-mayda er-talab Toshkentga

yetib kelishdi. Alimqul va xon qarorgohi Afrosiyob tepaligida joylashdi. Shu kuni Mingoʻrik

mavzesida shahar himoyachilari ishtirokida katta mashvarat oʻtkazilib, gʻazavot e’-lon qilindi.

Qashqar hokimi Valixon toʻraning qashqarliklar ham bu gʻazavotga qoʻshilajaklari haqidagi

maktubini Alimqul shahar himoyachilariga shaxsan oʻzi oʻqib eshittirdi. Soʻng, Salor kanali

bilan Dar-xon arigʻi oraligʻi (hozirgi Pushkin koʻchasi)da Alimqul qoʻshinlari va shahar

himoyachilari bilan rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Rus qoʻshinlari yengilib,




 

Soʻnggi tahrir 11 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi  

Shoʻrtepaga chekindi. 1865-yil 9-mayda Alimqul qoʻmondonligidagi qoʻqonlik askarlar va

shahar himoyachilari Shoʻrtepadagi rus qoʻshinlariga qarshi hujumga oʻtdi. Nihoyatda qattiq

jang boʻlib, Alimqul ogʻir yaralandi va oʻsha kuni vafot etdi. 1865-yil 10-mayda u Toshkentdagi

Shayxontohur qabristoniga dafn etildi.

Haydarbek Bobobekov. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Alimqul

&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Alimqul&oldid=2400379



" dan 

olindi 


Adabiyotlar

Download 53,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish