Dunyodagi barcha mustamlakachi imperiyalar kabi Rossiya imperiyasi ham boshqa xalqlar yerlarini, boyliklarini bosib olishdek tajovuzkorona tashqi siyosat olib bordi. Bularga Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir xonliklarini, Kavkazni Rossiya tomonidan bosib olinishi bunga misol bo‘la oladi.
Biroq Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olish maqsadlarida Angliya manfaatlari bilan to‘qnash kelib qoldi.
1764 yili Hindistondan Fransiyani siqib chiqarilib, uning mustamlakasiga aylantirilishi natijasida Buyuk Britaniya «nigohini» O‘rta Osiyoga qaratilishi Rossiyani tashvishga solib qo‘ydi va bu ikki imperiya o‘rtasida o‘zaro raqobat ko‘chaydi. Inglizlar josuslik maqsadlarida 1824 yili Markfordni, 1831 yili A. Byornsni Buxoroga, 1843 yili kapitan Ebbortni Xivaga, Volyerni Buxoroga yuborib, O‘rta Osiyo to‘g‘risida ma’lumotlar to‘play boshladilar. 1838-1842 yillarda ingliz-afton urushlari natijasida mag‘lubiyatga uchrasada O‘rta Osiyo bozorini qo‘lga kiritish maqsadidan voz kechmagan edi. Angliya hukumati 1841-1842 yillarda o‘z maqsadlarini ko‘zlab Rossiyaning O‘rta Osiyoni istilo qilishining oldini olish maqsadlarida Stoddart va Kannolini xonliklariga maxsus missiya bilan yubordi. Xonliklarning harbiy kuchlarini birlashtirishga Qo‘qon va Xiva xonlari (Sheralixon va Olloqulixon) rozi bo‘lishdi. Buxoro amiri Nasrullaxon esa ingliz elchilarini qatl qildirdi. Chor Rossiyasi va xonliklar o‘rtasida nifoq urug‘ini sochib, undan ustakorona foydalandi. Podsho Rossiyasining O‘rta Osiyoni tezroq eg‘allashidan asosiy maqsadlari nimalardan iborat edi?
1. Bu davrda Rossiya - G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHdan iqtisodiy jihatdan orkada qolayotgan edi: 1860 yil Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, Gyormaniyadan 9 barobar, Anliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab chiqargan edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotining sifati past, tannarxi esa yuqori edi. Shu sababli rus tovarlari Yevropa bozorida raqobatga bardosh beraolmas edi. Rossiya uchun yangi bozor tekin xom-ashyo manbai kerak edi.
2. 1855-1857 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Bolqondagi «orzusini» amalga olmaganligi O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan urushda Angliyani Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi uchun «otni qamchilab O‘rta Osiyoni bosib olish unga dimlomatiya tarsakisini» bermoqchi bo‘ldi.
3. AQSHdagi 1861-1862 yildagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasini Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi natijasida Rossiya yengil to‘qimachilikni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan tajovuskorlik harakati tezlashdi. O‘rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi.
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlarini 3 davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr: Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr boshlarida boshlangan edi. Birinchi intilish podsho Petr 1 zamonida 1714-1717 boshlangan edi. Ilk bor buyuk davlatchilik nuqtai-nazaridan turib O‘rta Osiyoning boyliklariga ko‘z olaytirgan Petr 1 edi. Shu maqsadda 1714 yili Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yuborilgan ekspeditsiya Kaspiy dengizining Sharqiy kirgoklarini o‘rganib, Krasnovodsk kultigida istehkom qurishi, Xiva xonligiga yetib borib xonni rus fuqaroligiga o‘tishga undashi, undan Buxoroga o‘tib amirni ham Rossiya panoxiga o‘tkazishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo‘ltig‘ida 3 ta istehkom qurdi. Askarlarni bezgak va boshqa kasalliklar bilan qirilib ketishi natijasida ekspeditsiya 1716 yili Astraxanga kaytib ketishga majbur bo‘ldi.
Kapitan Ivan Buxgols boshchiligidagi ikkinchi ekspeditsiya 3727 piyoda 617 ta otliq, 2000 kazak askarlar, 230 dengizchi va 22 ta to‘p bilan 1715 yilning boshida Tabolsk yo‘liga chiqib Irtish daryosi bo‘ylab suzib bordi va Yalishev qo‘li yonida qal’a qurdi. Ekspeditsiyami janubga yurishga qalmiqlarning hujumi yo‘l qo‘ymadi va qaytishda 1716 yili Omsk qal’asini qurib qoldiradi. Ikkala ekspeditsiya ham o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajara olmadi.
1717 yilda poruchik Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi yangi tuzilgan ekspeditsiya Orol dengizining - G‘arbiy sohili bo‘ylab Amudaryo orqali Xivaga yetib Sherg‘ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‘ozixon xiyla ishlatib ekspeditsiya a’zolarini qirib tashlaydi. Bekovich-Cherkasskiyning boshini esa Xiva bozori darvozasining tepasiga osib qo‘yadilar. Qurilgan qal’alarni esa turkmanlar buzib tashlashadi. Shunday qilib, Petr I ning qabih niyatlari shu tariqa amalga oshmay qoladi. Petr I Buxoro xonligini o‘ziga tobe qilish maqsadida 1718 yilda elchi F. Benevenini maxsus topshiriqlar bilan Buxoroga yuboradi. Podsho josus elchi orqali xonlikning iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmoqchi edi. F. Beneveni 1721 yilda Buxoroga yetib kelib, o‘z faoliyati davomida turli ma’lumotlarni podshoga yetkazib ham turdi.
Bu vaqtda ya’ni, XVIII asrning birinchi choragida ko‘chmanchi Qozoqlar Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasiga bo‘lgan ulkan hududda Katta, O‘rta va Kichik juzga bo‘lingan holda istiqomat qilar edilar. Qozoq sultonlari o‘rtasidagi o‘zaro urushlar ularni tobora zaiflashtirayotgan edi. Shu hududda yashagan qalmiqlar ham tez-tez Qozoqlar ustiga yurish qilib, qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turar edi. 1723 yildagi ocharchilik Qozoqlarga yana qimmatga tushdi. Ular nochor axvolda tashkaridan yordam kutdilar. Kichik juz oqsoqoli Abulxayrxon 1730 yilga kelib . Rossiya davlatiga murojaat qilib, o‘z juzining Rossiya panoxiga olishini suradi va 1732 yilda kichik juz Rossiya imperiyasi himoyasiga o‘tdi. Abulxayrxon chul orqali O‘rta Osiyoga o‘tadigan va u yerdan qaytadigan rus savdo karvonlarini talonchilik hujumlaridan himoya qilishni o‘z zimmasiga oldi. Keyinroq 1739-1740 yillarda O‘rta juz, 1747 yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, O‘rta va Katta juzlarning Rossiya tobeligiga o‘tishi bilan rus hukumatining O‘rta Osiyo tomon harakat qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi.
Ikkinchi davr: Chor Rossiyasi, uning keyingi podsholari to XIX asrning ikkinchi yarmigacha asosan o‘zining elchilarini josus sayyohatchilarni yuborish orqali Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy, iqtisodiy imkoniyatlarini" o‘rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I podsholigi (1833-1855) va Aleksandr II podsholigi (1855-1881) davrlar Qozog‘istonda 103 ga yaqin harbiy qal’a va tayanch punktlari quriladi. 1840 yilning noyabrida Orenburg gubernatori general-mayor V. A. Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, hamda 5000 piyoda askar, 10000 tuyadan iborat harbiy askari bilan Xivaga qarshi yurish boshladi. Biroq cho‘ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-kechak va suvni. yetishmasligi natijasida kasallik ko‘payadi. Petrovskiy esa orkaga kaytib ketishga majbur bo‘ladi. Endi Rossiya xonliklar bilan diplomatik (ko‘prok josuslik maqsadida) va savdo aloqalarini kuchaytirishga harakat qila boshladi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya barpo etilgan istehkomlarda urush uchun zarur bo‘lgan qurol-aslaha,oziq-ovqat zahiralari, bosqinchilik uchun yurishlarda qo‘l keladigan barcha zaruriy ashyolarni tayyorlab bordi va XIX asrlarning ikkinchi yarmida faol harakatlarni boshlab yubordi. Bu uchinchi davr 1852 yildan boshlandi.
Rossiya imperiyasi dastavval mustaqil Qo‘qon xonligini bosib olish uchun urush harakatlarini boshlab yubordi. 1852 yili Blaramberg otryadi Qo‘qon xonligining Sirdaryo sohilidagi Oqmachit ( Hozirgi Kizil O‘rda)ga hujum qilib, uni ola olmadi. 1853 yili ikkinchi marta general Petrovskiy boshchiligida 17 to‘p 2500 kishilik qo‘shin bilan Oqmachitga hujum qilindi. 400 kishilik himoyachilar qal’ani salkam bir oy himoya qildilar. Oqmachit olingan 28 iyul kuni faqat 74 kishi asir olingan bo‘lib, ular qurol ushlashga madori qolmagan yarador mudofaachilar edi. Bu jangda Rus qo‘shinlaridan 19 kishi o‘lgan va 66 kishi yarador bo‘lgan edi.
1859 yili imperator Aleksandr II ishtirokida saroy kengashi o‘tkazilib, unda Qo‘qon xonligini tugatish va bu maqsadni amalga oshirishda shavqatsiz urush olib borish taktikasini qo‘llash kelishib olindi. 1860 yil 29 avgustda polkovnik Simmerman qo‘mondonligidagi otryad Pishpekka hujum qildi. Qal’a himoyachilari 4 sentyabrgacha o‘zlarini mardonavor himoya qildilar.Qal’a butunlay vayronaga aylantirildi, 1864 yilning 1 may kuni Olma-Otadan chiqqan polkovnik Chernyayev otryadi Qo‘qon qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratib, 4 iyunda Avliyeotani bosib oldi.
1864 yil 22 mayda Perovskiy portidan yo‘lga chiqqan polkovnik Verevkiy otryadi Turkiston tomonga yurish qildi. Turkiston ostonasida Olimqul boshchiligidagi Qo‘qon qo‘shinlari dushmanni chekinishga majbur qildi. Polkovnik Verevkin polkovnik Chernyayevdan yordam olgandan so‘ng 12 iyunda Turkiston shahri bosib olindi.
Navbat Qo‘qon xonligining strategik qal’asi Chimkentga keladi. Chorizm armiyasining birlashgan kuchlariga polkovnik Chernyayev, shaharni himoyachilariga Qo‘qon qo‘shinlarining qo‘mondoni Olimqul boshchilik qildi. 1864 yil 22 iyul kuni Chimkent rus qo‘shinlari tomonidan o‘rab olindi. O‘rtada bo‘lib o‘tgan jangda Olimqul rus qo‘shiniga zarba berib, mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishga majbur qildi. Chernyayevga yordamchilarning kelishi ham vaziyatni o‘zgartirolmadi. Sotqinlarga pulni ayamay sarflanishi, shaharni to‘plardan ayovsiz o‘qqa tutilishi natijasida shahar vayronaga aylantirildi, shahar 22 sentyabr kuni shturm bilan olindi. Himoyachilardan 12 ming kishi halok bo‘ldi. Qonxo‘rlikda o‘zini ko‘rsatgan soldat, ofitserlarning anchasi Rossiyaning oliy darajali jangovar orden va mukofotlari bilan mukofotlandi.
Rossiya hukumati Toshkentni eg‘allashga hali vaqt bor deb hisoblashiga qaramasdan tavakkalchi polkovnik Chernyayev boshchiligidagi chor qo‘shinlari Toshkentni bosib olish uchun yo‘lga chikdi. Toshkent yonidagi jangda polkovnik Chernyayev o‘zining 60 kishisidan ajrab, mag‘lub bo‘lib, Chimkentga kaytib ketishga majbur bo‘ldi.
Bosqinchilar 1865 yilning aprel oyida 12 ta to‘p va 1950 askardan iborat qo‘shin bilan ikkinchi marta Toshkent tomon yurdilar. Ularga alamzada, Vatan xoini Abdurahmonbek yordam berdi. Uning maslahatiga muvofiq Toshkentni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovus kanalining boshida joylashgan Niyozbek qal’asi jang bilan eg‘allandi, va anhor to‘sib qo‘yilib shahar suvsiz qoldirildi. Chernyayev hal kiluvchi harakatni janubdan Temur darvoza tarafdan boshladi. Bu bilan u Qo‘qon yoki Buxorodan kelishi mumkin bo‘lgan yordamchi. kuchlarga halaqit berishni mo‘ljalladi. Birinchi to‘qnashuv 1865 yilning 9 mayida bo‘lib o‘tdi. bosqinchilarga qarshi Olimqul boshchiligidagi qo‘shin qarshi chiqib, ularning yo‘lini to‘sib, dayr jang boshlandi. Bu jangni shoxidi mashhur tarixchi Muhammad Solih «Tarixi jadidan Toshkend» nomli asarida quyidagilarni yozadi. «Butun osmonni tutun va jang qoplab oldi, nihoyat ruslar yaqindagi tepalik tomon chekinib, mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Qamalda yotgan shaharliklar buni ko‘rib juda quvondilar. Yetti yashar boladan tortib, yetmish yashar chollargacha g‘alabani qutlab, sarbozlarga ovqat, sharbat, issiq non, shirin va nordon mevalar keltirib turdilar. Lekin rus qo‘shinlari o‘zlarini o‘nglab, qayta hujumga o‘tib, Toshkent qo‘shinlarini orkaga chekintirdi. Shu jangda qo‘mondon Olimqul og‘ir yarador bo‘lib, halok bo‘ldi. Amir lashkarboshiligi vazifasini Xudoyorxonning karindoshi Sulton Mirsaid o‘z zimmasiga oldi. Yollangan sotqinlar tomonidan shahardagi o‘q-dori omborining portlatilishi, suvsizlik, shaharni ayovsiz to‘pga tutilishi, rus qo‘shinlarining harbiy, texnik va urush olib borishdagi taktika jihatdan ustunligi shahar himoyachilarini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Chernyayev 15 mayga o‘tar kechasi shaharga hujum uyushtirdi. Shaharda 16 maydan boshlab ko‘cha janglari davom etdi. Bu janglarda Miryusuf Mirsulton bog‘bon o‘g‘li, Normuhammad mulla Sherali merganlar, Mullajonmusa Muhammad Ali podachining o‘g‘li qabilar jasorat ko‘rsatdilar. Nihoyat Toshkentlik oqsoqollar vaziyatni o‘nglab bo‘lmasligini nazarda tutib, Chernyayev bilan 17 iyunda muzokaralar boshlashga majbur bo‘lishdilar.
Shu kuni o‘t ochish to‘xtatildi. Chernyayev bilan shaharning Hakimxo‘ja qozikaloni, Abdulqosimxon Eshon, Domulla Solihbek oxun singari nufuzli kishilari muzokara olib borishib, ahdnomaga imzo chekdilar. Ahdnomada mulkdorlarning mulkini o‘z egasida qoldirilishi, shahar aholisi o‘z dinida qolishi, barcha ishlar shariat asosida olib borilishi qayd qilingan edi. Chernyayev harakatlarini imperator oldida oqlashi, chorizmning bosqinchilik basharasini niqoblash uchun shahar oqsoqollaridan go‘yo Toshkent ixtiyoriy ravishda rus qo‘shiniga bo‘ysunganligi haqda xat yozib berishlarini talab qildi. Bunga javoban olihbek oxun g‘azab bilan ruslar Toshkentni bosib olganligi haqidagi haqikatni Chernyayevning yuziga ochik, aytadi. Darg‘azab bo‘lgan Chernyayev «Ey bek, kim bilan tortishyapsan,-qo‘l qo‘y hujjatga, aks holda kuningni ko‘rsatib qo‘yaman»- deb o‘shqiradi. Solihbekni, Halimboy, Berdivoy, Azimboy, Fozil mulla, Mirzaolim Oxun, Mulla Muzaffar xo‘ja va mulla Fayzlar quvvatlaydilar. Bu vatanparvarlarning barchasi Sibirga surgun qilinadilar. Ikki yildan keyin Chernyayev Solihbek oxun izidan uni za har lab uldirish uchun maxsus odamini ham jo‘natadi.
Chernyayev soxta ahdnomani to‘ldirishni Abdusattor Korabosh o‘g‘li degan kishiga topshiradi va unga majouriy qo‘l qo‘ydirib, muhr bostiriladi. Toshkentni zabt etishda ishtirok etgan podsho soldat va ofitserlariga katta unvonlar, ordenlar beriladi. Polkovnik Chernyayevga generallik unvonini, umrbod maosh bilan (har yili 3000 so‘m) nafaqa tayinlanib, oltin qilich sovg‘a qilinadi. U podshoning sodik arzandasiga aylanadi. xalq esa eng aziz bo‘lgan mustaqilligi va 12 mingdan ortiq o‘g‘lonlaridan judo bo‘ladi.
Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general Chernyayev 1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligiga qarshi urush boshladi. 1866 yil mayda Buxoro amiri Muzaffar qo‘shini bilan rus qo‘shinlari o‘rtasida Jizzax bilan O‘ratepani birlashtiruvchi Erjar tepaligi yonida jang bo‘lib, shaxsiy xusumatlar ustunligi natijasida amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Bu-g‘alabadan ruhlangan ruslar 17 may kuni Xo‘jand ostonalarida paydo bo‘ladi. Shahar mudofasida 5 ming kishi shahid bo‘ldi. Bosqinchilar 2 oktyabrda O‘ratepaga hujum boshladilar. 30 ming shahar mudofaachilarining yarmi halok bo‘ldi.
Istilochilar endi Jizzaxni eg‘allashni maqsad qilib qo‘yadilar. 1866 yil 11 oktyabrda shahar kurshovga olinadi. Shahar ahli 5 kunlik mudofaadan so‘ng shaharni qo‘ldan berishga majbur bo‘ladilar. Mudofaachilardan 6 ming kishi uldirilgan, 2 ming kishi asir olingan.
Shu joyda xalqimizning «Birlashgan o‘zaro, birlashmagan to‘zar» deb atalgan maqolini keltirish joizdir. Rus bosqini boshlanganda, xonliklarning birlashib, bosqinchilarga qarshi kurashi g‘alaba keltirishi muqarrar edi. Biroq unday bo‘lmadi. Xonliklar bir-birlarini himoya kilmadilar. Ular hatto dushmanlik yo‘liga utdilar. Qo‘qon xoni Xudoyorxonning o‘z xomiysi Buxoro amiriga nisbatan xoinona ish tutib, yordam o‘rniga Jizzaxni eg‘allagan general Romanovskiyga tabrik telegrammasi yuborganligi fikrimizning isbotidir. (Bu haqda O‘zbekistonning yangi tarixi. «Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida», T. 2000 yil kitobining 99-100 betlaridan o‘qib olishi mumkin.)
Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlarni boshqarish va bu harakatlarni yana davom ettirishni muvofiqlashtirish uchun 1867 yilning 11 iyulida Turkiston general gubernatorligini ta’sis etdi va unga general K. P. Fon Kaufman tayinlandi. U mustaqil urush e’lon qilish, sulh tuzish va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega edi. Fon Kaufman 1868 yilning 1 yanvarida Toshkentga keldi. U ham Chernyayev kabi o‘lkadagi xunrezliklarni niqoblash maqsadida nayrangbozlik qilib, bir guruh tub aholi vakillarini o‘z hukumati bilan kelishgan holda Peterburgga yuborishga qaror qildi.Shu maqsadda u yerlik ayrim sotqinlarni topib, Peterburgga jo‘natdi.Ular 59 kishi imzo chekib, muhr bosgan. Turkiston aholisining Rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, o‘lkaning imperatorga abadiy sodikligini izhor etuvchi maktubni podshoga topshirganlar. Bu sotqinlar aslida Vatan va xalq irodasini ifodalashga ma’naviy huquqlari yo‘q edi. Shu tariqa podsho ma’murlari Turkiston general gubernatorligi tarkibidagi aholi guyo o‘z «ixtiyori va hohishi bilan» rus davlati fuqaroligiga o‘tganligini jahonga namoyish qilishga urindi. Buxoro amiri Muzaffar Turkiya, Afg‘oniston va Turkmanlardan yordam suradi. O‘z vaqtida bu yordamlar berilmadi. Fon Kaufman Samarqand xalqiga aldov murojatnomasi yo‘llaydi. xalq shaharxokimi Sherali Inoq zulmidan ezilayotgan edi va ular bu hoqimni almashtirishni so‘rab amirga murojaat ham qilgan edilar. Ammo amir uni almashtirish o‘rniga, Sherali Inoqga yana ham ishonch bildira boshladi. Bundan g‘azablangan shahar oqsoqollari achchik ustiga rus gubernatoriga maktub yo‘llab, ularni o‘z panohiga olishni suraydi. Bu esa Kaufmanga juda kul keladi. U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlariga «Samarqand va Buxoro qo‘shin to‘plab guyo ruslar bunyod etgan tinchlikni buzmokda» degan mazmundagi soxta murojaatnoma yo‘llaydi. Fon Kaufman urush boshlab, Yangiqo‘rg‘onni eg‘allagach, 1868 yil 1 may kuni Cho‘ponota tepaligida Samarqand uchun hal kiluvchi jang bo‘ladi. 2 may kuni shaharning ayrim sotqinlari kuzatuvida Kaufman shaharga kirib boradi. Buxoro amiri uchun Samarqandning qo‘ldan ketishi og‘ir musibat edi. U qo‘shin tuplab Zirabuloqda ruslar bilan yana jang qiladi. Bu jangda ham ruslar xiyonat tufayli g‘alaba qiladi. (bu jangda amir qo‘shinidagi Usmon tuksabo xoinlik qilgan edi).
Bir oydan so‘ng rus qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onga yurish boshladi. 31 maydan 1 iyunga o‘tar kechasida Samarqandda ko‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu xabar Kaufmanga yetgach, Zirabuloq yaqinida Buxoro amirligi qo‘shinlarini yengib, tezlik bilan Samarqandga qaytdi. 6 iyunda Samarqandni o‘qqa tutishga buyruq berdi. Qirg‘in 3 kun davom etdi. bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ko‘zi bilan kurgan rassom V. Vereshchagin shunday deb yozgan edi. «Zobitlar qurshovida safar o‘rindig‘iga yastanib olgan janobi oliylari Konstantin Petrovich to‘xtovsiz papiros chekar va mutlaqo shavqatsiz oxangda: «Otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin» deb takrorlardi holos. Uchiga chiqqan maishatboz polkovnik Nazarov begunoh kishilarni qirish, ko‘hna machitlarni, noyob obidalarni yondirishda jonbozlik ko‘rsatib, o‘lja olingan bayroqni askarlariga paytava qilib ulashadi. V. Vereshchagin bu manzaralarni «xolisona» tasvirlab: «Qayerdan o‘tgan bo‘lsak, orkamizdan qora tutun burqsib ko‘tarilardi». «mashhur rassom», «Men osilgan, endi tanasi chiriy boshlagan jasadlarni chizganman» deydi. «Men bir mullavachchani minoradan uloktirganman», deb maqtanadi rassom. Samarqandda ko‘rsatgan «mardligi va jasurligi uchun» o‘z zamonasining eng oliy ordenlaridan biri «Georgiy xochi» nishoni bilan taqdirlangan.
1868 yil 28 iyunda amirning elchilari Samarqandda turgan Fon Kaufman huzuriga kelib sharmandali sulhga qo‘l qo‘yadilar. Sulhga binoan Samarqand, Kattako‘rg‘on va Zarafshon daryosining yu qori qismi Rossiyaga berishi, amirlik ZOO ming sum tovon to‘lashi shart qilib qo‘yildi. Amir chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar qilish huquqidan mahrum bo‘lib chor Rossiyasiga tobe bo‘lib koldi. Rus savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilish huquqi berildi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylandi. o‘z navbatida Rossiya podshosi Buxoro amiri Sayid Muzaffarxonga (1860-1885) general ad’yutanti yuksak harbiy unvonini, Buxoro amirlari Abdulahad (1885-1910) va Sayid Olimxonga general harbiy unvonlarini berdi.
Chor Rossiyasi Buxoro amirligini o‘ziga tobe’ qilgach o‘zining manfur nazarini Xiva xonligiga qaratdi. Urush uchun bahona Orol buyida turkmanlar va Qozoqlar tomonidan qo‘lga tushirilgan 21 ta rus fuqarolarining Xiva xoni Muhammad Raximxon II tomonidan ozod qilib yuborilmaganligi bo‘ldi. Xiva xonligini bosib olish uchun jami 12 mingdan ortiq soldat va ofitserlar, 56 ta tup-zambaraklar ajratildi.
Odam qirilgan degan joyda Muhammadmurod devonbegi boshchiligidagi Xorazm lashkarlari bilan Fon Kaufman qo‘shinlari o‘rtasida qirg‘inli urush bo‘ldi. Kaufman Xorazm lashkarining hujumini artilleriya yordamida qaytardi va ularni chekinishga majbur qildi. General oziq-ovqat va yem-xashak zahirasini yerli xalqni talash hisobiga to‘ldirdi. Bosqinchilar Qo‘ng‘irot va Mang‘it va uning atrofidagi ovullarni qirg‘in qildilar va taladilar.
Muhammad Raximxon Xivani himoya qila olmasligiga ko‘zi yetgach, Izmikshir tarafdagi Turkman ovuliga borib yashirindi. Bundan foydalangan Otaxon to‘ra o‘zini xon deb e’lon qiladi va Fon Kaufmandan Xiva shahrini vayron etmaslikni suraydi. Gubernator uni nazar-pisand qilmay Muhammad Rahimxonni topishni talab qiladi va muzokaralarni faqat u bilan olib borishi mumkinligini bildirdi. Bosqinchilar saroydagi noyob boyliklarni taladilar, kumushdan qilingan xon taxtini Peterburgga yubordilar. Shu tariqa 1873 yil 29 may kuni Xiva shahri ham eg‘allandi. 18 moddadan iborat Gandimiyon bog‘ida tuzilgan sulhga binoan xonlik Rossiyaning vassaliga aylanishi, 2 mln 200 ming so‘m kontributsiya to‘lashi, Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlar Rossiyaga berilishi, rus savdogarlari va sanoatchilari erkin savdo qilishi va korxonalar qurish huquqiga ega bo‘lishlari kerak edi.
Bosqinchilar Xiva xonligi hududlari va xalqini shavqatsizlik bilan taladilar. Ochko‘zlik shu darajaga borib yetdiki, hatto kambag‘allarning ham arzon taqinchoqlarini shilib oldilar. Bu territoriya Rossiyaga qo‘shib olindi. Zarafshon general-gubernatorligi tashkil etildi va bu okrug Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
1873 yil 18 sentyabrdagi shartnomaga muvofiq, Buxoro Rossiyaning protektarati deb e’lon qilindi, uning chet ellar bilan mustaqil munosabatlarda bo‘lishi taqiqlab qo‘yildi.
1873 yilda Xiva xonligiga qarshi rus bosqinchilari yurish boshladilar. Bu hujum uch tomondan Toshkent, Orenburg va Kavkazdan (Krasnovodsk) orqali olib borildi.
1874-1876 yillarda Marg‘ilonlik Isoq mulla Hasan o‘g‘li boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligi ham to‘liq mustaqilligidan mahrum o‘ldi. 1872 yilda bir guruh norozi feodallar Xudoyorning qarindoshlaridan bo‘lgan Po‘latbekni taxtga o‘tqazmoqchi bo‘ldilar. U rad etgach, fitnachilarning roziligi bilan Po‘latbek ismini olgan Is’hoq mulla qo‘zg‘olonning boshida turadi. 1873 yilda unga Abdurahmon oftobachi (Qo‘qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o‘g‘li), bundan tashqari Xudoyorning to‘ng‘ich o‘g‘li Nasriddinxon (Andijon hokimi) va akasi Murodbek (Marg‘ilon hokimi) kelib qo‘shiladilar. Qo‘zgolonni bostirishga ojizligini payqagan Xudoyor «pushtipanoh imperator xazrati oliylari»ning qudratiga suyanadi va Kaufmanga do‘stona murojaat qilib, iloji boricha tezlik bilan Qo‘qonga o‘ris qo‘shin va zambaraklarini yuborishni so‘raydi. Halqni, yurtni sotganligi uchun Xudoyorxon va yaqinlariga qarshi gazovot e’lon qilindi.
Xudoyor 1875 yil 2 iyul kuni o‘z oilasi bilan Toshkentga qochib keladi. 29 avgustda Kaufman Qo‘qonga g‘olib sifatida (Mahramda Qo‘qonliklarni yengib) kirib keladi. Xudoyorning o‘g‘li Nasriddinbek Qo‘qon ayonlari bilan birgalikda Kaufmandan kechirim suraydi. Kaufman bilan bitim tuzadi. Bu bitimga ko‘ra Qo‘qon xoni o‘zining Rossiyaning vassali deb tan oladi. Xudoyorning sharmandali qochishi haqidagi xabar qaytadan qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi. Bu gal qo‘zg‘olon markazi Andijon bo‘ladi. Qo‘zg‘olonchilar Po‘latxon nomi bilan yurgan Is’hoq mullani xon deb e’lon qiladilar. Noyabrda general Skobelev qo‘zg‘olonchilarni tor-mor qiladi. 1875 yil 9 yanvarda Skobelev Andijonga kirib boradi. Po‘latxon qolgan -qutgan kuchlari bilan Uchqo‘rg‘on qal’asiga chekindi. 1876 yilning 27 dan 28 yanvarga o‘tar kechasi Skobelev tomonidan yuborilgan otryad Uchqo‘rg‘onni eg‘alladi, barcha himoyachilar o‘ldirildi. Po‘latxon bu yerda qochib ulgurdi, ammo ko‘p o‘tmay Marg‘ilonda qo‘lga tushdi va jazolandi.
Kaufman bir amallab xalq harakatini bostirgach, Qo‘qon xonligini mustaqilligidan mahrum qilishga axd qildi. (Bunga Angliya rozilik bergan edi). 1876 yilning 19 fevralida Qo‘qon xonligi bekor qilindi va o‘rnida Farg‘ona oblasti tashkil qilindi. Jazo ekspeditsiyasining boshlig‘i, bo‘ysinmas qo‘qonlik tinch aholi shavqatsiz qiyratgan Skobelev esa harbiy gubernator qilib tayinlandi.
Shu joyda talabalarga bir necha o‘n yillab ruslarga tobe bo‘lmay, o‘z hududiga o‘zi bosh bo‘lgan va gubernatorlar ham tan bergan. Oloy malikasi Qurbonjon Dodhoh (sarkarda) haqidagi ma’lumotni o‘qishni tavsiya etish o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |