45
1-vazifa.
Quritishga keltirilgan 400 t olmaning 200 tonnasini yaxshilangan va 200
tonnasini oddiy usulda quritish uchun talab etiladigan
uskuna va materiallar hamda
kuritish maydonini hisoblang.
Ishlash tartibi
: topshiriq 12 va 13-jadvallardan foydalangan holda echiladi.
1. Jadvaldan foydalanib olmani quritish muddati topiladi, ya’ni: oddiy usulda - 14 kun.
Yaxshilangan usulda – 10 kun
2. Quritishlar soni qancha? Buning uchun - jadvaldan quritishga kelib tushish mavsumini
maxsulotning kurish muddatiga bo’linadi, ya’ni: Oddiy usulda: 100 : 14 q 7 marta.
Yaxshilangan usulda: 100 : 10 q 10 marta
3. Bitta partiyada qancha mahsulot quritiladi? Buning uchun quritiladigan jami mahsulotni
quritishlar soniga bo’lib topamiz, ya’ni; oddiy usulda: 200 t: 7 q 28,5t.
Yaxshilangan usulda: 200 t : 10 q 10 t
4. Bitga partiya mahsulotni quritish uchun qancha patnis kerak? Oddiy usulda: 28,5t : 3 kg
q 9500 dona.
Yaxshilangan usulda: 10 t: Zkg q 3333 dona
5. Jami mahsulot uchun talab etiladigan oltingugur va osh tuzi? Oltingugurt - 400 t x 2kg q
800 kg
Osh tuzi - 200 t x 2 kg q 400 kg
6. Mahsulot partiyasini quritish uchun qancha maydon kerak?
Oddiy usulda 28,5t : 12 kg/m
2
q 2375 m
2
Yaxshilangan usulda 10t : 10 kg/m
2
q 1000 m
2
Shu usulda quyidagi vazifalarni bajaring.
2-vazifa.
Mavsum davomida keltiriladigan 300 t uzum mevasidan 125
t mahsulotni
sabza, 100 t mahsulotni shig’ani va 75 t mahsulotni bedona usulida quritish uchun zarur
materiallar, uskunalar va quritish maydoniga bo’lgan talabni aniqlang.
3-vazifa.
Mavsum davomida keltiriladigan 180t o’rik mevasi-dan 80 tonnasini turshak,
50 tonnasini quraga va 50 t mahsulotni qaysa usulida kuritish
uchun zarur materiallar,
uskunalar va quritish maydoniga bo’lgan talabni aniqlang?
4-vazifa.
Mavsum davomida keltiriladigan 30 t olxo’ri mevasining 20 t qismini
danakli va 10 tonnasini danaksiz usulda quritish uchun zarur
materiaplar va quritish
maydoniga bo’lgan talabni aniklang.
Eslatib o’tish kerakki, xo’jaliklarda quritish maydonidan
tashqari soyaki usulda
quritiladigan mevalar (xususan, uzum) uchun maxsus soyaki xonalar ham quriladi. Soyaki
xonalar
paxsa devordan quriladi, ularning ikki tomonidagi
devorida havoning yaxshi
aylanib turishi uchun juda ko’p tirqishlar qoldiriladi. Bunday
soyakixonalarda qurigan
mahsulotning sifati, tayyor mahsulot chiqishi va vitaminlilik darajasi juda yuqori bo’ladi
(23-rasm).