Mavzu: intellekt va kreativlik reja



Download 17,16 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,16 Kb.
#275293

Mavzu: INTELLEKT VA KREATIVLIK

Reja:

1.      Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.

2.      Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi

3.      Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi.

4.      Intellektning shaklllanishida atrof- muhim va irsiyatning roli.

5.      Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar.

    Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni  tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.

   Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.

   Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi.  SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar  ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda,  ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik )  shakllantiradi.  Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi.

   Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik.

 Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi  qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning  antropogenez rivojlanishning asosiy omilini  intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan.  Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.

   Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi?  yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.

You probably know some people with talents in science, others who excel at the hu­manities, and still others gifted in athletics, art, music, or dance. You may also know a talented artist who is dumbfounded by the simplest mathematical problems, or a brilliant math student with little aptitude for literary discussion. Are all of these peo­ple intelligent? Could you rate their intelligence on a single scale? Or would you need several different scales?

   Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani  ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. SHu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.

   Satosi Kanadzava (2004 y.)  umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi.  Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi.

  1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi  umumiy intellekt emas, balki  vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.

Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan  sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan.  Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan.

R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan:

Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi

Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun muammolarning ko‘plab echimidan  qulayini tanlashga yordam beradi.

Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. 

Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning  kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi  1950-yillardan boshlab izchil ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek tilida  shartli ravishda  “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.



Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.

1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish)
Download 17,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish