Chuchuk suv muammosi:
Yechim: Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir.
Orol dengizi muammosi:
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir
Atmasfra ifloslanishi:
Bu muammoga asosan yirik shaharlarimizda koʼproq duch kelamiz. Ulardagi avtotransport vositalari, sanoat obʼektlari, aholining maishiy chiqindilarni notoʼgʼri utilizatsiya qilishi – yoqishi oqibatida yuzaga keladigan zaharli moddalar ekotizimga yetarlicha xavf solmoqda. Ifloslantiruvchi moddalarning yuqoriligi ishlab chiqarishning oʼsishi bilan bogʼliq boʼlsa, ikkinchidan sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarining maʼnan eskirganligidir. Xalqaro qabul qilingan amaliyotga muvofiq ifloslantiruvchi moddalarning oʼrtacha kontsentratsiyasi normativlari asosida havo sifatini baholashning mavjud tizimini isloh qilish maqsadga muvofiq. Shaharlar va yirik sanoat majmualari atrofida atmosfera havosi sifatini muntazam monitoring qilish stantsiyalarini koʼpaytirish ularni zamonaviy jixozlar bilan taʼmirlash
Do'stlaringiz bilan baham: |