1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDISINASI INSTITUTI
“
ISHCHI KASBINI EGALLASH
”
FANIDAN
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN USLUBIY QO’LLANMA
5410500-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
ta’lim yoʻnalishi uchun
Samarqand – 2019 yil
2
“Ishchi kasbini egallash”fanidan uslubiy ko’rsatma Samarqand Veterinariya
meditsinasi instituti o’quv uslubiy kengashining __________ yilidagi № ___
sonli
yigilishida ko’rib chiqildi va nashrga tavsiya etildi
Tuzuvchilar:
Yusupov A.H.
–SamVMI “Сhorvachilik va o’simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi dotsent
Tashmsnov R- SamVMI “Сhorvachilik va o’simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi assistenti
Tuyg’unov R- SamVMI “Сhorvachilik va o’simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Samarqand iqtisodiyot va servis institute professor R.Normahmatov
Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti dotsenti A.Tursunov
“Сhorvachilik va o’simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi’’
kafedrasining 2019 yil ______ oyidagi yig`ilishi bilan tavsiya etilgan. Bayonnoma № ___
3
KIRISh
Qishloq xo’jaligi ta’lim yo’nalishilarida o’qiyotgan talabalar «Ishchi kasbni
egallash» fanini o’zlashtirishda
talabalarga kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash,
saqlashning turli davrlarida ularning isrofini aniqlash va ishlab chiqarish sharoitida
qo’shimcha foydalanilmagan rezervarlarni topish to’g’risidagi bilimlarni berishdan iborat.
Meva, kartoshka va sabzavot mahsulotlarining kimyoviy tarkibini urganish, ilg’or
xo’jaliklarda mahsulotlarni saqlashning jadal texnologiyasi
va yutuqlari xamda xozirgi
xolati va kelgusida rivojlanish istiqbollari, mahsulotlarni omborda saqlashda ro’y
beradigan fizik, biologik va biokimyoviy jarayonlarni nazariy ta’riflari bilan tanishish
vaqtinchalik
va doimiy omborlar tuzilishi, foydalanish qoidalari, u yerdagi xarorat, gaz
muhiti va havoning nisbiy namligini nazorat qilish va boshqarishni o’rganish.
Kartoshka,sabzavot va mevalarni saqlash davrida
imkoniyati boricha isrof
miqdorini kamaytirish to’g’risida tasavvurga yega bo’lishi mahsulotlarni saqlash
muddatini uzaytirish va sifatini yanada yaxshilash. Mahsulotlarni qodoqlashda yangi
idishlardan
foydalanishni,mahsulotlar sifatiga turli omillar ta’siri,rejimlarga rioya qilgan
hamda mahsulotlarni saqlash yuzasidan ko’nikmalarga yega bo’lishlari lozim.
Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasi fanini o’rganishda mevachilik,
sabzavotchilik, biokimyo fanlari bilan aloqa qilish mumkin.