2.МАВЗУ:Metall va metallmas konstruktsion materiallar to`g`risida ma’lumot. 1. Metall konstruktsion materiallar.
2.Ёғочнинг турлари ва унинг хусусиятлари
3. Композит konstruktsion materiallar.
1. Metall konstruktsion materiallar. Ҳозирги техника учун олдиндан белгиланган хоссаларга эга бўлган хилма-хил материаллар керак. Бундай материаллар, масалан, жуда катта юк ѐки иссиқлик ва совуққа чидамли, муайян физик-кимѐвий хоссаларга эга бўлиши (турли агрессив муҳитга, ҳаддан ташқари юқори ѐки паст электр ўтказувчанликка бардош бера олиши) лозим. Бунинг зарурлигини техника мураккаб шароитларида ишлатилганида юқори даражада мустаҳкамлиги ва ишлаш қобилиятини сақлаш кераклиги билан изоҳлаш мумкин. Масалан космик кема фазода учаѐтганида босим ва тебраниш (вибрасия)га, ҳароратнинг кескин фарқланишига, қуѐш радиасиясининг таъсири ва ҳоказоларга дуч келади. Демак, бундай аппаратлар учун ўта қаттиқ, иссиққа чидамли материаллар керак. Materiallarning xossalari Ko‘pchilik materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlatilish jarayonida tashqi kuch va yuklanishlar ta’sirida bo‘ladi. Misol sifatida po‘latdan tayyorlangan avtomobil valini yoki aluminiy qotishmasidan yasalgan samolyot qanotini aytishimiz mumkin. Barcha holatlarda ularni to‘g‘ri loyihalash va keragidan ortiq deformatsiyalanishi oqibatida sinish ro‘y bermasligi uchun materiallar xossalarini bilish zarur. Mexanik xossa deganda, materialga yuklangan yuk (yoki deformatsiya)ga bardoshliligi tushuniladi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, plastiklik va o‘ta qattiqlik kiradi. Materiallar mexanik xossalar buyumni real yuklanish holatini aks ettiruvchi mustahkam loyihalangan va tayyorlangan laboratoriya jihozlarida sinaladi. Buyumlar cho‘zish, siqish yoki surishga sinalayotganda ta’sir etayotgan kuch doimiy yoki vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yuklangan kuch soniya yoki bir necha soat va yillar davomida ta’sir ettirilishi mumkin. Yuklanish ta’siri davomida yana bir muhim omil bu temperatura hisoblanadi. Muhandisning asosiy vazifasi buyumda real ish sharoitida, unda kuchlanish va deformatsiyaning taqsimlanishini hisoblay olishidir. Bu hisoblar buyumlarning kuchlanganlik holatlarining nazariy tahlili yoki sinov o‘tkazish usullari tavsiyalari bilan birga olib boriladi. Bunday masalani yechish uchun materiallar mikrostrukturasi (ichki tuzilishi) va mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish zarur. Konstruksiyada foydalanish uchun materialni tanlashda uning hamma mexanik xarakteristikalari kompleksiga e’tibor berish kerak.
Po‘latlarda quyluvchanlik nisbatan yomonroq bo‘ladi. Suyuq holatda oquvchanlik quymakorlik qotishmalarining muhim texnologik xossalaridan biri hisoblanadi. Metall va qotishmalarning suyuq holatda qolipni to‘ldirish xossasiga suyuq oquvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarning suyuq holatda oquvchanligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u suyuqlantirilganda qolipning tor va murakkab joylarini shunchalik yaxshi to‘ldiradi. 43 Metall va qotishmalarni bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va bosim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgartirish xossasiga bolg‘alanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarni bosim ta’sirida ishlash vaqtida u qanchalik yuqori darajada deformatsiyalanib hamda bu deformatsiya uchun zarur kuch qanchalik kichik bo‘lsa, uning bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Metall va qotishmalarni payvandlash vaqtida mustahkam va zich birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi. Payvand chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan holi bo‘lsa, payvandlanuvchanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib tushirilgan qirindi miqdori bilan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun turlicha sinovlar o‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas va ular standartlashtirilgan.Standartlashtirilgan sinovlar jumlasiga eguluvchanlikga sinash, sovuq holatda cho‘kuvchanlikka sinash, botiluvchanlikka sinash va boshqalar kiradi. Ekspluatatsion xossalar. Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga bog‘liq holda maxsus sinovlari o‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalardan eng muhim yeyilishga chidamlilik, ya’ni yeyilish bardoshlilikdir. Yeyilishga chidamlilik materialning yeyilishiga, ya’ni ishqalanish tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o‘lchami va shaklini asta-sekin o‘zgartirishga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatidir. Metallarni yeyilishbardoshlilikka sinash laboratoriya sharoitida namunalarda, real ekspluatatsiya sharoitida esa detallarda o‘tkaziladi. Namunalarni sinashda ishqalanish sharoiti real sharoitga yaqin qilib olinadi. Namuna yoki detallarning yeyilish kattaligini turli usullar bilan, chunonchi o‘lchamlarni o‘lchash, namunalarni tarozida tortib ko‘rish kabi usullar bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalariga, shuningdek sovuqbardoshlik, issiqbardoshlik, antifriksion xossalar va boshqalar ham kiradi.
Аслида эса бундай материаллар табиатда йўқ. Турли кимѐвий элементларни бирлаштириб олдиндан белгиланган хоссаларга эга бўлган янги материалларни ҳосил қилиш мумкин.
Янги материаллар фақат космосдагина зарур эмас. Саноат ва қишлоқ хўжалик техникасини ишлатиш шароити кўпинча ана шу техника тайѐрланадиган материал бир неча хоссаларга эга бўлишини, масалан, ҳам тебранишга чидамли, ҳам юқори даражада мустаҳкам ва осон ишлов бериладиган бўлишини тақозо этади. Лекин янги материалларни яратиш зарурлиги фақат мураккаб эксплуатасия шароити билан боғлиқ эмас. Ишлатиб келинаѐтган қотишмаларнинг айрим таркибий материаллари жуда қиммат, уларнинг табиий запаслари чеклангандир.
Синтетик материаллар моддаларнинг турлича бирикиши (композисияси)дан иборат бўлади. Албатта уларни айрим композитларнинг оддийгина аралаштирилиши деб тушунмаслик керак.