Savollarga javoblar:
I. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar 3 xil usulda tashkil qilinadi:
1. Og’zaki ish usullari.
2. Ko’rgazmali ish usullari.
3. Amaliy ish olib borish usullari.
Og’zaki ish usullari turli majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar ko’rinishida tashkil qilinadi.
Ko’rgazmali ish usullari maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalarini tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Amaliy ish olib borish esa turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, yosh tabiatshunoslar tog’araklari, shanbaliklar o’tkazish ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Bu usullar ichida amaliy ish usullari o’quvchilar uchun eng qiziqarli va samarali hisoblanadi.
II. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar – umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o’quvchilar bilan o’tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg’ulotlar tizimi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozarz va tanlovlar o’tkazish, viktorina va ko’rgazmalar uyushtirish, tabiat qo’yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to’garak ishlari, mustaqil ishlarni kiritish mumkin.
III.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. b)o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish. c)sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish. d)Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish. e)O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bajardi: Axmedova Shodiya 402-guruh talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |