Koinotning qurilish ashyolari


XXIII-BOB: SKANDINAVIYA ELEME NTLARI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXIII-BOB: SKANDINAVIYA ELEME NTLARI 
1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann 
Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu 
shaharchasi 
yaqinidan 
ilgari 
ilm-fanga 
noma’lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. 
Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, 
ushbu topilmani 
ittria
deb nomlagan edi. 
Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu 
mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha 
noma’lum 
bo‘lgan 
kimyoviy 
element 
mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu 
kimyoviy elementni ham, o‘sha shaharcha 
nomi bilan 
ittriy
deb atay boshlashdi.
Biroq, 
ittriyning 
kashf 
qilinishi 
haqidagi hikoya shuning o‘zi bilan yakunlanmagan. Ba’zi paytlarda ittriy jahonning eng 
nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan bo‘lib, uning atrofidagi 
bahslar ancha uzoq davom etgan.
Chunonchi, 1843-yilda Karl Mosander (1797-1858) itterbia mineralini tarkiban turli xil 
bo‘lgan uchta alohida qismlarga kimyoviy parchalashga muvaffaq bo‘ldi. Bu mohiyatan bir-
biridan boshqa-boshqa bo‘lgan uch xil kimyoviy elementlar edi. Ularning birinchisiga 
Mosander mineralning nomini qoldirdi. Ya'ni, uni ittriy deb atashni davom ettirdi. Qolgan 
ikkita yangi kimyoviy elementlarga esa, u ham o‘sha shved shaharchasining nomini boshqa 
talqinlarini biriktiridi. Ya'ni, Mosander 
terbia
tarzida 
terbiy
elementiga, hamda, 
erbia
tarzida 
erbiy
elementiga nom berdi. Shu tarzda, kichkinagina Itterbyu shaharchasining nomidan 
birato‘la uchta kimyoviy element nomi yasaldi.
Ushbu hodisa sabab bo‘ldi-yu, kimyogarlar shu va shunga o‘xshash minerallar 
tarkibidan yangi kimyoviy elementlarni kashf eta boshladilar. Shu tariqa, turli minerallar 
tarkibidan, davriy jadvalda 57-raqamli elementdan boshlab, 71-raqamli elementgacha bo‘lgan 
ketma-ket 15 ta kimyoviy elementlar seriyasi kashf qilindi.
Mazkur 15 element kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshashdir. 
Ayniqsa, ularning kimyoviy xususiyatlarini o‘zaro farqlab olish o‘zi mushkul ish. Bu holat esa, 
kimyogarlarni juda-juda chalg‘itib, ularni uzoq yillar mobaynida ushbu muammo ustida bosh 
qotirishga majbur qilgan. Mazkur 15 kimyoviy elementning xossalari shunga ishora qiladiki, 
ularning barchasi, davriy jadvalda bitta katakchada, yoki, ittriydan pastki qatorga joylanishi 
kerak. Bu esa, o‘sha paytgacha to‘g‘riligiga shubha uyg‘onmagan davriy jadvalga nisbatan 
ishonchsizlik keltirib chiqara boshlagandi. Ayniqsa, XIX-asr oxiriga kelib, dunyoning eng 
kuchli kimyogarlari ham ittriy va unga «qarindosh» bo‘lgan elementlar borasida juda chigal 
tushunchalar bilan qiynalib yurishardi. Yaxshiki, XX-asrning dastlabki yillarida ilm-fan 
olamida elementlarning atom tuzilishi bo‘yicha yetarlicha aniq bilimlar qo‘lga kiritildi. Endi 


176 
olimlar, nima uchun bu elementlar shu darajada o‘zaro o‘xshashligini bilib oldilar va ularga 
davriy jadvalda alohida o‘rib ajratildi.
Masalan, 39-raqamli ittriy, har bir atomida 39 tadan elektron tutadi. Agar biz, 1-raqamli 
element - vodoroddan boshlab butun davriy jadval elementlarini qator tizib chiqsak, unda, 
yangi elektronlar atomning tashqi qavatlariga qo‘shilishini ko‘ramiz. Elementlarning kimyoviy 
xossalari, ularda elektronlarning atom atrofida qanday joylashganiga bog‘liq bo‘ladi. 57-
raqamli elementdan keyin, muayyan sabablarga ko‘ra, yangi elektronlar atomning tashqi 
elektron qavatlariga emas, balki, ichki elektron qavatlariga qo‘shila boshlaydi. Tashqi elektron 
qavatlardagi elektronlarning joylashuvi esa, 57-elementdan boshlab, 71-elementgacha bir xil 
saqlanadi. Shundan kelib chiqsak, 57-elementdan boshlab 71-elementgacha bo‘lgan kimyoviy 
elementlar davriy jadvalda bitta joyni egallashi kerak. Chunki, ularning atomlarida tashqi 
elektron qavati bir xil. Albatta, ularda ichki elektron qavatlaridagi elektronlarning joylashuvi 
o‘zaro farq qiladi. Lekin bu narsa, ularning kimyoviy xossalarining o‘zaro farqlanishiga 
unchalik ham katta ta’sir qilmaydi.
Tasavvur qiling, mahallada 15 ta bir xil qurilgan uy bo‘lib, unda 15 ta bir xil daromad 
qiladigan oila yashaydi. Ularning farqi faqat uyning ichkarisida mebellarning joylashtirilishida 
xolos. Siz uyning ichkarisiga sinchiklab qaramas ekansiz, ularning o‘zaro farqini bila olmaysiz.
Xabaringiz bo‘lsa, ilk kimyogarlar metallarning kislorod bilan birikmalarini «

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish