Kolumbiy
deb nomlashga qaror qiladi. O‘sha zamonlarda
shoirlar AQSH mamlakatini badiiy o‘xshatishlar bilan Kolumbiya ham deyishardi. Ular shu
tarzda Amerika qit’asini Xristofor Kolumb ochganiga ishora berib o‘tishardi. Xettchet
o‘rgangan mineralning kelib chiqishiga ko‘ra bunday atama mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa-da, lekin
negadir u keyinchalik kimyogarlar orasida ommalashmadi va asta-sekin unutilib ketdi.
Oradan bir yil muddat o‘tib-o‘tmay, aniqrog‘i 1802-yilda Shvetsiyalik kimyogar A. G.
Ekerberk tomonidan davriy jadvalda 73-xonani to‘ldirishi lozim bo‘lgan element kashf qilindi.
Ekerberk o‘zi kashf qilgan elementni qadimgi yunon afsonalaridagi qahramonlardan biri –
Tantal sharafiga shu nom bilan nomlashga qaror qildi. Afsonalarga ko‘ra Tantal kibrga berilib
ketib ma’budlarni haqorat qilganligi uchun zindonband qilingan bo‘lib, unga yer osti
saltanatida suvsizlik, ya'ni chanqatish bilan azob berilgan ekan. U bo‘ynigacha suvga tushirib
qo‘yilgan. Lekin chanqab endi suv ichmoqchi bo‘lganida suv sathi ataylab pasaytirilgan va
Tantal suv ichida tursa-da, lekin suv icholmay azoblangan. Shu sababli yunonlarda hozirgacha
«tantalcha chanqoq» degan ibora saqlanib qolgan. Qadimgi afsonalardan yaxshigina boxabar
bo‘lgan kimyogar Ekerberg bekorga bu atamani tanlamagan edi. Zero tantal kislotaga botirib,
cho‘ktirib qo‘yilsa ham, u bilan aslo birikmaydi.
Tantal kashf etilgach, olimlar kolumbiy borasida shubhaga bora boshlashdi. Ko‘pchilik
kimyogarlar yakdillik bilan kolumbiy aslida tantalning boshqacharoq shakli bo‘lsa kerak degan
fikrga yondosha boshlashdi. Uzoq davom etgan bahs-munozaralarga 1844-yilda olmon olimi
Genrix Roze nuqta qo‘ydi. Qator rad etib bo‘lmas dalil-isbotlar orqali Roze kolumbiy aslida
alohida element ekanini barchaga namoyish qildi. Shu bilan birga olim kolumbiyning nomini
Niobiyga o‘zgartirib qo‘ydi. Uning ham bu ishda suyangan mantig‘i diqqatga sazovordir. Zero
niobiy odatda tantal bilan yonma-yon keladigan element bo‘lib, Niobiy atamasi esa aslida o‘sha
afsonalardagi qahramon - Tantalning qizining ismidir. Garchi hozirda butun dunyoda davriy
jadvaldagi 41-raqamli element niobiy tarzida keltirilsa-da, lekin AQSHning ko‘plab
shtatlarida, ayniqsa Massachusetsda, xususan Konnektukutda hali-hamon uni Kolumbiy deb
yuritiladi. Bu ham bo‘lsa, balki tarixiy faktga hurmatdir balki…
Vanadiy, niobiy va tantalning oksidlari qiyin eriydi. Ushbu oksidlar eritmalarda kuchsiz
kislotalar tashkil qiladi. Shu sababli ham ularni
kislota oksidlari
deb ham yuritiladi. Niobiy va
tantal nisbatan inert metallardir. Ularni ko‘p o‘rinlarda platina o‘rniga ham qo‘llash mumkin.
Chunonchi kimyo va tibbiyot laboratoriyalari uchun chidamli asboblar tayyorlashda ushbu
metallar keng qo‘llanadi. Ba’zi jihatlariga ko‘ra esa tantal hatto platinadan ustun ham turadi.
Masalan u kislotalar ta’siriga chidamliligiga ko‘ra tantal yaqqol ustunlikka ega. Qolaversa erish
harorati ham nisbatan yuqori, ya'ni, 2996 °C ni tashkil qiladi. Elektr lampochkalari endi-endi
ommalashayotgan paytlarda uning ichki ingichka spirallarini aynan tantaldan tayyorlanar edi.
Keyinchalik u bu o‘rinni volframga bo‘shatib bergan. Zanglamas po‘latga niobiy qo‘shilsa,
uning korroziyaga chidamliligi yanada oshadi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |