Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Titan tetraxloridi
(
TiCl
4
) suyuq modda bo‘lib, havo bilan ta’sirlashganda shiddatli 
bug‘lanadi. Siz turli aviashoularda samolyotlarning o‘zidan muayyan shakllarni ifodalovchi 
tutunli iz qoldirishini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Havoda bir muddat saqlanib turib ko‘zni 
quvontiradigan o‘sha shakllarni aviashou ijrochilari aynan titan tetraxlorid vositasida 
bajarishadi. Avvallari qidiruv-qutqaruv ishlarida va harbiy maqsadlar yuzasidan bajariladigan 
amaliyotlarda radiolokatsiya va optik navigatsiya texnologiyalarini qo‘llash imkonsiz bo‘lgan 
sharoitlarda, masofadan o‘zaro belgi berish uchun aynan titan tetraxlorid vositasida quyuq 
tutun chiqarish usuli keng qo‘llanilgan.
Metall titan esa, ta’bir joiz bo‘lsa, uzoq vaqt «irkit o‘rdakcha» sifatida qaralgan edi. 
Metall titanni hech narsaga yaramaydigan juda mo‘rt material deb qarab, odatda uni chiqindi 
modda hisoblashardi. Aslida esa metall titan bilan bog‘liq bunday muammoning ildizi boshqa 
narsada edi. Kimyogarlar metall titan deb qaragan material aslida sof titan bo‘lmay, balki 
doimo o‘zida boshqa qandaydir yot moddalarni tutgan. Metall titanni birinchi bo‘lib 1825 yilda 
kimyogar olim Yens Yakob Berselius (1779-1848) ajratib olgan edi. Uning tajribasida titan 
qoramtir kukun tarzida, xilma-xil aralashmalar bilan qorishgan holatda olingan. Metall titanni 
olish borasida keyingi yutuqni farang kimyogari Anri Frederik Muassan (1857-1907) qayd 
etgan. Muassan laboratoriyasida 1895-yilda olingan titan tarkibida atiga 2% uglerod 
aralashmasi bo‘lgan edi.
Gap shundaki, sof holdagi titanni tutib turish juda mushkul masala. Titan - kislorod, 
azot, uglerod va kremniy elementlari bilan darhol reaksiyaga kirishadi va tezkorlik bilan birikib 
oladi. Bilamizki, aksariyat moddalarning yonishi uchun kislorod bo‘lishi shart. Lekin titan 
azotda ham yonaveradi. Shu sababli metall titanni payvandlash uchun albatta geliydan 
foydalanish zarur bo‘ladi.
Odatda titan temir bilan qotishma tarzida, ya'ni, 
ferrotitan
ko‘rinishida ishlab 
chiqariladi. Aynan shunday ko‘rinishda titanning kimyoviy faolligidan eng katta naf undirish 
mumkin. Ferrotitanni metallurglar erigan po‘latga qo‘shish orqali, po‘latning toza holda qotishi 
ta’minlanadi. Erigan po‘latga aralashtirilgan ferrotitan, uning tarkibida qolib ketgan kislorod, 
azot kabi gazlarni o‘ziga biriktirib oladi va po‘latni har xil gazli pufakchalardan halos qiladi. 


166 
Agar shu ish bajarilmasa, ya'ni, pufakchalar po‘lat tarkibida qolib ketsa va u qotgach material 
ichkarisida bo‘shliqlar yuzaga keltirsa, bunday po‘lat yaroqsiz holga kelib qoladi.
Yillar o‘tib, kimyogarlar metall titanni sof holda olishga muvaffaq bo‘lishgach, olimlar 
uning xossalari bilan tanishib yoqa ushlashga majbur bo‘lishgan. Shu choqqacha deyarli hech 
kim nazarga ilmay kelgan ushbu metall aslida hamma o‘ylagandek mo‘rt va yumshoq emas 
ekan. Aksincha, metall titan qattiqlik va qayishqoqlik bobida uncha-muncha metallardan ustun 
bo‘lib chiqdi. Titan korroziyaga ham juda chidamli bo‘lib, agar unga biroz palladiy qo‘shilsa, 
ushbu chidamkorlik ko‘rsatkichi yanada chandon ortadi. Agar metall titanni to‘g‘ri eritib undan 
materiallar tayyorlansa, u eng qattiq metallga aylanadi. Masalan, 1 kg titandan ustun 
tayyorlansa, u 1 kg po‘latdan tayyorlangan ustundan ko‘ra ancha ko‘proq yuk ko‘tara oladi. 
(Biroq, titan po‘latdan ko‘ra yengil bo‘lgani uchun, titandan tayyorlangan ustun qalinroq bo‘lib 
chiqadi).
Titanning ushbu xossalari ma’lum bo‘lgandan keyin, juda qisqa vaqt ichida u juda 
ommalashib ketdi. Jahon bo‘ylab metall buyumlar tayyorlashda titan faqat temir va 
aluminiydan ortda qolsa kerak. XX-asrning 60-80 yillarida titanni toza metall holatida sanoat 
miqyosida olish usullari bo‘yicha izlanishlar yoppasiga avj oldi. Keyingi yillarda tajribadan 
o‘tgan va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan sanoat darajasida metall titan olish usullariga – 
oltingugurt kislotasi yoki pirometallurgiya vositasida qayta ishlash usuli kiradi. Oltingugurt 
kislotasi bilan qayta ishlash natijasida rudadan avvalo titan dioksidi ajratib olinadi. 
Pirometallurgiya usulida esa titan rudasini koks bilan qayta ishlab, keyin xlor bilan ishlov 
beriladi. Natijada titan tetraxloridi olinadi. Keyin esa ushbu moddalarda titanni o‘zini ajratib 
olishga kirishiladi. Bunda elektroliz usulidan yoki, yod bilan ishlov berish usulidan 
foydalaniladi. Sof metall titan quymalarini olish uchun esa katta kuchlanishli elektr yoyidan 
foydalanish, yoki, elektronli-nurlantirish, yoki, plazmali qayta ishlash usullaridan 
foydalaniladi.
Hozirgi kunda metall titandan aviasozlik, kemasozlik va raketasozlik sohalarida juda 
keng miqyosda qo‘llaniladi. Shuningdek po‘latni legirlashda titan asosiy qo‘shimcha sanaladi. 
Shuningdek titandan kimyo sanoati uchun reaktorlar, yuqori chidamlilikka ega quvurlar, 
nasoslar korpusi tayyorlashda qo‘llaniladi. Harbiy texnika sanoatida esa, titandan bronijiletlar 
ishlab chiqarish, suvosti kemalarining korpuslari, bronitexnikaning zirhli qoplamalari 
tayyorlashda foydalaniladi. Titanning tibbiyot uchun ham ahamiyati ulkandir. Xususan, 
ortopediya mahsulotlari, protezlar tayyorlashda titan asosiy material sanaladi.
Titandan shuningdek «shakl xotirasi» (shaklni saqlovchi) materiali sifatida ham katta 
ahamiyatga ega. Texnika va tibbiyotda, muayyan detallar yoki, organlarning shaklidan nusxa 
– qolip olish uchun titan eng qulay materialdir. Siz tish shifokorining tishlarning sun’iy 
protezini tayyorlashda avvalo uning shaklini olishini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Juda 
mustahkam sanalgan titan metalidan tayyorlangan tish, nafaqat o‘zining qattiqligi bilan, balki 
yana bir ajoyib xossasi bilan ham stomatologlarning yoqimtoyiga aylangan. Gap shundaki, 
titandan tayyorlangan tish – milkka qorishib, tish ildizlari orqali jag‘ suyagi bilan qotishma 
hosil qilish xususiyatiga ega. Shu sababli titan tishlar kenyinchalik tabiiy tishlar singari jaqqa 
mustahkamlanib ketish ehtimoli juda baland bo‘ladi.


167 
Davriy jadvalda titandan quyida va uning o‘ng tarafida joylashgan aksariyat elementlar, 
o‘z xossalariga ko‘ra, ko‘p jihatdan titanga o‘xshaydilar. Faqat ularning tarqalganlik darajasi 
nisbatan kamroqdir.
Ulardan biri – 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish