Koinotning qurilish ashyolari


XXI-BOB: TITAN – PISHIQ VA YENGIL ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXI-BOB: TITAN – PISHIQ VA YENGIL ELEMENT 
Butun boshli kimyoviy elementlar 
davriy jadvalida, 22-raqamli element – 
titan
chalik «kamsitilgan» biror bir boshqa 
elementni topish qiyin. Ilm-fan inqilobi yuz 
bergan XX asrning o‘rtalariga qadar hatto eng 
kuchli kimyogar mutaxassislar orasida ham 
titan haqida batafsil ma’lumot biluvchilar juda-
juda kam edi. Garchi bu element tabiatda eng 
keng tarqalgan elementlar sirasiga kirsa ham
uning taqdiri shunday g‘alati bo‘lgan. 
Yer qobig‘ining 1/200 qismini aynan titan 
tashkil etadi (bu foiz hisobida 0.57% 
demakdir). Sizga bu raqam unchalik katta 
emasdek tuyilishi mumkin, lekin hisoblab ko‘rsangiz natijadan hayratda qolasiz: har 1 tonna 
yer qobig‘ida 5 kg atrofida titan mavjud. Tabiatda tarqalganligi bo‘yicha titan kimyoviy 
elementlar ichida 10-o‘rinda turadi. Qanday qilib kimyogarlar, «burnilarining tagida» bo‘lgan 
shunday ko‘p miqdorli elementni uzoq vaqtgacha payqashmagan ekan? Axir taqqoslasak, yer 
qobig‘idagi titan miqdori xlordan uch barobar, fosfordan esa olti barobar ko‘p bo‘lib 
chiqmoqda-ku?! (Ushbu elementlar keng tarqalgan elementlar sanaladi - lol). Shuningdek titan, 
tabiatda mis, qo‘rg‘oshin, qalay singari metallardan ko‘ra 60-300 barobar ko‘proq uchraydi. 
Shunday bo‘lsa ham, negadir u o‘zini element sifatida kashf etilishini juda uzooooq kutishiga 
to‘g‘ri keldi... 
Buning hammasini o‘ziga yarasha sababi bor albatta. Masalan, aytaylik qo‘rg‘oshin yer 
sirtida, tuproqda, yoki hatto biror mamlakat hududida ham umuman uchramasligi mumkin. 
Lekin yer qobig‘ining muayyan joylarida u kon bo‘lib qalashib yotadi. U yerdan esa 
qo‘rg‘oshinni tonnalab qazib olish mumkin. Titan esa aksincha, yer qobig‘i bo‘ylab bir tekis 
taqsimlangan. Uni har yerda har doim topish mumkin.
1791-yilda ingliz ruhoniy-kimyogari Uilyam Gregor (1761-1817) 
ilmenit
nomli ruda 
tarkibida yangi, shu choqqacha fanga ma’lum bo‘lmagan metall mavjudligini aniqladi. Ilmenit 
– tarkibida temir va titan bo‘lgan ruda bo‘lib, oradan 3 yil o‘tib, ya'ni, 1794-yilda boshqa bir 
olim – nemis kimyogari M.X.Klaport (1743-1817) unga titan deb nom berdi. Ushbu ikki olim 
titanni sof holda emas, balki TiO
2
shaklida va bir-biridan bexabar tarzda, o‘zaro mustaqil kashf 
etishgan edi. Klaport o‘z qaydnomalarida ushbu elementni afsonalardagi katta kuch-quvvatga 
ega tarzda tasvirlanadigan ulkan maxluqlar – titanlar sharafiga nomlaganini, lekin buning 
uchun aslida unda jo‘yali sabab bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Ehtimol unga shu variant shunchaki 
ko‘proq ma’qul kelgandir.
Eng muhim titan rudasi bu – rutil sanaladi. U titan dioksidi ko‘rinishida bo‘ladi. Titan 
dioksidi tabiatda shaffof kristallar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday kristallarni sun’iy holda 


165 
vujudga keltirishni kimyogarlar 1949-yilda ilk bora amalga oshirilgan. Rutil kristallari 
yorug‘lik nurlarini hatto olmosdan ham yaxshiroq tarzda sindirish ko‘rsatkichiga ega. Agar 
rutilni to‘g‘ri sayqallansa, u eng serqirra brilliantdan ham chiroyliroq jilvalanadi. Muammo 
shundaki, rutil nisbatan yumshoq modda bo‘lib, oson tirnaladi. Shunga ko‘ra rutilga ishlov 
berish, uni sayqallash oson ish emas.
Titan dioksidining kukuni 
titanli oq pigment
deyiladi. Ushbu modda bizga ma’lum 
moddalar ichida eng oppoq modda sanaladi. Bu shuni anglatadiki, muayyan nisbat bilan toza 
suvga aralashtirilgan atiga 50 gramm titanli oq pigmentdan tayyorlangan bo‘yoq yordamida, 
boshqa istalgan pigmentdan ko‘ra kattaroq yuzani bo‘yash mumkin bo‘ladi. Boz ustiga, 
aksariyat bo‘yoq moddalardan farqli ravishda ushbu pigment toksik ham, zaharli ham emas. 
Uning oltingugurt birikmalari ta’siriga chidamliligi esa yana bir ijobiy ko‘rsatkichidir. Shu 
sababli bu modda qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoqlarning o‘rnini bemalol bosa oladi.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish