Koinotning qurilish ashyolari


XX-BOB: XROM – RANG ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XX-BOB: XROM – RANG ELEMENTI 
Temirning zanglashini oldini olish 
maqsadida, unga sirt qoplamasi sifatida nikel, 
qalay, 
kadmiy 
va 
ruxdan 
foydalanish 
mumkinligi haqida yuqorida hikoya qilgan 
edik. Lekin, temirni zanglashga qarshi qoplama 
uchun eng muhim va chiroyli zeb beradigan 
metall bu – 24-raqamli element – 
xrom
bo‘ladi.
Xromni 1797-yilda farang kimyogari 
Lui Nikolya Voklen tomonidan kashf qilingan 
bo‘lib, elementga tanlangan nom yunonchada 
«rang» degan ma’noni beradi. Sababi, 
xromning barcha birikmalari muayyan o‘ziga 
xos ranglarga ega bo‘ladi. Xrom birikmalarida 
tabiatda mavjud barcha ranglarni uchratish 
mumkin. Sof metall holida esa xrom tabiatdagi eng qattiq metallar sirasiga kiradi. U misdan, 
nikeldan va hatto temirdan ham qattiq bo‘ladi. Boz ustiga, xrom ham xuddi alyuminiy singari
o‘z sirtiga yupqa oksid qatlam hosil qila oladi va shu sababli, havoda xira tortib qolmaydi va 
sayqallashga moyil bo‘ladi.
Avtomobillarning yarqiroq metalldan tayyorlangan dekorativ elementlari asosan nikel 
qoplamasi bilan qoplansa-da, baribir uning ham ustida juda yupqa qatlam xrom bilan yuritiladi. 
Bunday dekorativ metall qismlar doim yorqin yiltiroq metall tusini saqlab, avtomobilning 
chiroyini yanada ochadi. Shinavandalar bu metall qismlarni shunchaki «xrom» deyishadi. 
Xrom shunchaki qoplama sifatida ishlatiladigan metall emas. Uning po‘latga qo‘shib 
qotishma hosil qilinishi juda pishiq va qattiq qotishmalar olish imkonini beradi. Biz biladigan 
turli podshipnik sharchalari o‘z vazifasiga ko‘ra o‘ta qattiq metalldan tayyorlanishi lozim. Shu 
sababli, podshipniklarni aynan 
xromli po‘lat
dan quyiladi. Xrom shuningdek, hammaga ma’lum 
zanglamas po‘lat
ham tarkibida 18% xrom va 8% nikeldan iborat bo‘ladi. Ko‘plab oshxona 
buyumlarining o‘yma yorlig‘iga qaraganingizda albatta ushbu zanglamas po‘lat yozuviga 
ko‘zingiz tushgan. Uni zanglamas qiladigan element aynan xrom bo‘ladi. Boz ustiga, bunday 
po‘lat magnit xossasiga ega bo‘lmaydi. Bu jihat ham o‘rni kelganda juda foydali bo‘ladi.
Uyda uchratish mumkin bo‘lgan yana bir xromli qotishma bu – 
nixrom
dir. Uning 4/5 
qismi nikel va 1/5 qismi xrom bo‘ladi. Ba’zan nixrom tarkibida oz miqdorda temir ham mavjud 
bo‘ladi. Metall sifatida nixrom juda yomon o‘tkazgich sanaladi. Uning o‘tkazuvchanligi 
kumushning o‘tkazuvchanligidan atiga 1,5% ni tashkil qiladi. Shu sababli, nixromdan elektr 
toki o‘tkazilsa, u hatto qalin bo‘lsa hamki, juda tez qizib qizarib ketadi. Turli maishiy texnika 
vositalari – elektr plitalari, toster va ho kazolarning spirallari tayyorlanadigan asosiy 
qizdiruvchi elementi aynan nixrom bo‘ladi.


160 
Ikki atom xrom va uchun atom kisloroddan iborat xrom oksidi (Cr
2
O
3
) yashil rangli 
bo‘ladi. Uni 
xromit
rudasidan olinadi. Bunday rudada odatda xrom oksididan tashqari temir 
oksidi ham bo‘ladi. Xromit eng keng tarqalgan xrom rudasi bo‘lib, juda yuqori erish haroratiga 
ega. Shu sababli, undan g‘isht tayyorlab, o‘ta yuqori haroratlarda qiziydigan pechlarining ichki 
qismini futerovka qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek, xrom oksidi shishaga qisman 
qo‘shilsa, shishaning rangi yashil tusga kiradi. Zumrad va yoqut singari qimmatbaho 
toshlarining yashil tusi ular tarkibida oz miqdorda mavjud bo‘ladigan xrom oksidi tufaylidir. 
Moviy tusdagi sapfir toshlarining rangi ham uning tarkibidagi xrom tufayli yuzaga keladi. 
Ushbu toshlarining asosini tashkil qiluvchi alyuminiy va berilliy birikmalarining o‘zi esa 
rangsiz bo‘ladi.
Bo‘yoq moddalar tarkibida qo‘llanadigan xrom oksidini 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish