154
Simob metall bo‘lgan sababli, u elektr tokini o‘tkazadigan modda sanaladi. Uning bu
xususiyati ham elektrotexnikada ajoyib yechimlar uchun xizmat qiladi. Masalan, qat’iy
gorizontal turadigan trubka ichiga simob quyib, uni har ikki tomoniga elektr kontaktlari ulansa,
undan elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan (o‘chirib-yoqadigan) uskuna sifatida foydalanish
mumkin. Masalan, bunday trubkani biror elektr zanjir uchun dastak-kalit sifatida qo‘llansa,
dastakni o‘ng tomonga qiyalatganda trubka ichidagi simob oqib kelib elektr kontaktlarni bir-
biriga ulaydi va zanjirda tok oqa boshlaydi. Trubkani yana gorizontal holatga keltirilsa simob
qaytib oqib ketadi va kontakt uziladi. Bunday dastak-kalitlar shovqinsiz ishlashi bilan ham
ahamiyatli bo‘ladi.
Biroq, simob haqida gap ketganda shuni ham alohida ta’kidlash shartki, simob va uning
birikmalari zaharli hisoblanadi. Simob hatto qo‘rg‘oshindan ham zaharliroqdir. U atiga 357 °C
dayoq qaynaydi. Bu esa, metallar orasida eng past qaynash harorati sanaladi. Lekin, bundan
ham pastroq, oddiy xona harorat va yozgi issiq haroratlarda ham simob juda sekinlik bilan
bo‘lsa-da, harholda muntazam bug‘lanib turadi. Simobning bug‘lari ham juda zaharli bo‘lib,
kumulyativ effektga egadir. Shu sababli ham, kimyogarlar simob bilan ishlashda va ayniqsa
uni qizdirishda, maxsus shkafdan foydalanishadi. Bunda simob o‘sha shkaf ichida tutib turiladi.
Shkaf esa har qanday bug‘larni zudlik bilan boshqa kameraga o‘tkazadigan so‘rish
moslamasiga ega bo‘ladi.
Simob ko‘plab metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Simobning boshqa metallar bilan
qotishmasini
amalgamma
deyiladi. Masalan, kumush va simob qotishmasi
kumush
amalgammasi
deyiladi. Kumush amalgamma erigan holatdan biror qolipga quyilsa, u bir necha
daqiqa muddatda xuddi loy kabi yumshoq holda turaveradi. Bu holatda unga shakl berib, biror
ko‘rinishga keltirish mumkin. Keyin u qotadi va o‘ziga berilgan shakni mustahkam saqlab
qoladi. Tish davolovchi vrachlar tishlardagi kovraklar o‘rniga shunday kumush
amalgammasidan to‘ldirish orqali kovaklarni berkitadilar. Albatta, tish shifokorlari
qo‘llaydigan kumush amalgammada kumush va simobdan tashqari yana qalay, mis va rux ham
mavjud bo‘ladi. Lekin, bunday amalgammada baribir asosiy o‘rinni simob egallaydi. Simob
atomlari kumush atomlarini mustahkam bog‘lab tutib turadi. Natijada, so‘lak, havo, namlik,
issiqlik va og‘izdagi bakteriyalar ta’sirida yemirilmaydigan, mustahkam qobiq paydo bo‘ladi.
Bunday qopib, yoki qoplama tishlarga ham yaxshi o‘rnashadi va salomatlikka ziyon
yetkazmaydi.
Tish davolash texnikasida shuningdek oltin amalgammasi ham qo‘llaniladi. Simob oltin
bilan ham tez va oson aralashib, qotishma hosil qiladi. Shu sababli, simob to‘kilgan joyga tilla
buyumlarni yaqinlashtirmagan ma’qul. Ayniqsa barmoqlardagi tilla uzuklar bilan simobga
tegib ketilsa, qimmatbaho taqinchoqlarning sifati darhol buziladi. Simob bilan ta’sirlashgan
tilla taqinchoq o‘zining yarqiroq jilvasini darhol yo‘qotib, xira va nursiz bo‘lib qoladi.
Amalgammalar kimyogar mutaxassislar tomonidan ham keng qo‘llaniladi. Masalan,
metall natriy o‘ta faol modda bo‘lib, u bilan ishlashda juda xushyor bo‘lish talab etiladi. Shu
sababli, kimyogarlar
Do'stlaringiz bilan baham: