Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

qo‘rg‘oshinning 
qizil oksidi
, yoki, 
qizil qo‘rg‘oshin
ni bo‘yoq tayyorlash ustalari 
surik
deb yuritishadi. Bu 
birikma pishiq g‘ishtning rangiga o‘xshash qizg‘ish rangda bo‘lib, uning molekulasi uch atom 
qo‘rg‘oshin, hamda, to‘rt atom kisloroddan iborat bo‘ladi. Qizil qo‘rg‘oshindan metallarni 
bo‘yashda dastlabki himoya qatlamini hosil qilish uchun (uni ustalar 
guruntlash
deyishadi) 
surtiladigan bo‘yoq tayyorlanadi. Qo‘rg‘oshinning yana bir foydali birikmasi 
qo‘rg‘oshin 
tetraetili
bo‘lib, uning molekulasida bitta qo‘rg‘oshin atomi to‘rtta uglevodorod molekulalari 
b birikkan bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin tetraetili benzinga qo‘shiladi. Bunday benzin 
etillangan benzin
deyiladi. Etillash orqali benzin bug‘larining dvigatel silindrlari ichida muddatidan avval 
yonishi oldi olinadi. Ya’ni, detonatsiya ko‘rsatkichi yaxshilanadi. Bunday benzinda 
dvigatelning quvvati ham biroz bo‘lsa-da, ortadi.
Lekin, benzinga qo‘rg‘oshin tetraetili qo‘shilishi boshqa nojo‘ya ta’sirga sabab bo‘ladi. 
Ya’ni, etillangan benzin yonganda, dvigatelning ichki devorlarida qo‘rg‘oshin bug‘lari 
yopishib qoladi va keyin qurum sifatida qotib, yig‘ilib, dvigatelni ishdan chiqaradi. Bunday 
nojo‘ya ta’sirni oldini olish uchun esa, etillangan benzinga yana shuningdek tarkibida brom 
tutuvchi maxsus organik birikmalar qo‘shiladi. Bunday benzin yonganida brom va qo‘rg‘oshin 
o‘zaro birikadi va 
qo‘rg‘oshin bromidi
hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin bromidi molekulasida bitta 
qo‘rg‘oshin va ikkita brom atomlari mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin bromidi 900 °C da qaynashga 
uchraydi. Bunday harorat esa ichki yonuv dvigatelida bemalol yuzaga keladi. Natijada, 
qo‘rg‘oshin bromidi bug‘lanib, tutun gazlari bilan birgalikda tashqariga chiqib ketadi. Shu 
tarzda, qo‘rg‘oshin atomlaridan foydalanib, keyin esa ularning zararidan himoyalanadi.
Qo‘rg‘oshin nafaqat benzin tarkibida, balki yana bir muhim joydagi xizmati bilan 
avtomobil egalariga yaxshi tanish. Avtomobillarda qo‘llaniladigan 
akkumulyator
larda va 
boshqa qator maishiy akkumulyatorlarda ham 
qo‘rg‘oshin dioksidi
dan tayyorlangan plastinalar 
qo‘llanadi. Ushbu birikma molekulasida bitta qo‘rg‘oshin va ikkita kislorod atomi mavjud 
bo‘ladi. Akkumulyator ichida qo‘rg‘oshin dioksidi kuchli oltingugurt kislotasiga botirilgan 
bo‘ladi. Akkumulyator elektr tokini uzatayotganida qo‘rg‘oshin va qo‘rg‘oshin dioksidi 
oltingugurt kislotasi bilan ta’sirlashib, birika boshlaydi va 
qo‘rg‘oshin sulfati
hosil qiladi. 
Qo‘rg‘oshin sulfatida bir atom qo‘rg‘oshin va bir atom oltingugurt, hamda, to‘rt atom kislorod 
mavjud bo‘ladi. Bunday akkumulyator zaryad olayotganida, qo‘rg‘oshin sulfati qaytadan 
qo‘rg‘oshinga va qo‘rg‘oshin dioksidiga aylanadi. Akkumulyatorlardagi qo‘rg‘oshinga 9% 
miqdorda surma qo‘shiladi. Hozircha, qo‘rg‘oshin va surma birgalikda qo‘llanayotgan yagona 
soha bu aynan akkumulyator batareyalaridir.
Qo‘rg‘oshin silikati
dan shisha olish va shisha mahsulotlari tayyorlash ham mumkin. 
Oddiy shishadan farqli ravishda, qo‘rg‘oshin silikatidan tayyorlangan shisha asosan 
qimmatbaho toshlarni o‘rnini bosuvchi bezak mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanadi. 


149 
Qo‘rg‘oshin silikatidan tayyorlangan va qimmatbaho toshlarga o‘xshatib yasalgan toshlarni 
strazlar
deyiladi. Qo‘rg‘oshin silikati shishasi shuningdek turli xil optik asboblar, xususan, 
mikroskop va teleskoplar uchun, hamda, ko‘zoynaklar uchun linzalar tayyorlashda ham keng 
qo‘llaniladi. Chunki, bunday shisha odatda juda tiniq va shaffof bo‘ladi. Qo‘rg‘oshinli shisha, 
tarkibi bitta qo‘rg‘oshin va bitta kislorod atomidan iborat bo‘lgan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish