plumbago
) deb ataganliklari sababli, grafitli qalamni ham aynan shunday nomlashda davom
etishgan. Shunga ko‘ra, eski adabiyotlarda grafitni
plumbago
deb nomlash odatiy hol edi.
Yaxshiki, hozirda bunday chalkashlik tobora unutilib, grafit o‘z nomi bilan, qo‘rg‘oshin o‘z
nomi bilan atalmoqda.
147
Ikkinchidan, qo‘rg‘oshin ishqoriyligi nisbatan past bo‘lgan ichimlik suvi bilan o‘zaro
ta’sirlashmaydi va shu sababli bunday idishda suv saqlashda idish uzoq muddat xizmat qiladi.
Italiyada qadimgi Rim davrida yotqizilgan qo‘rg‘oshinli suv quvurlaridan hali-hanuz
foydalanilayotgan joylar mavjud. Agar qo‘rg‘oshinga oz miqdorda tellur qo‘shib qotishma
hosil qilinsa, bunday qotishmadan tayyorlangan buyum korroziyaga to‘liq chidamli bo‘ladi.
Lekin, qo‘rg‘oshinning bitta juda yomon xususiyati mavjud: agar qo‘rg‘oshindan tayyorlangan
idishda saqlanayotgan, yoki, shunday quvurda oqayotgan suvning kislotalilik darajasi salgina
baland bo‘lsa ham, bunday suv ta’sirida oz-oz bo‘lsada, qo‘rg‘oshin birikmalari erib suvga
aralashib keta boshlaydi. Bunday qo‘rg‘oshin birikmalari zaharli bo‘lib, atiga 30 gramm
qo‘rg‘oshindan 95000 litr suv zaharlanadi va yaroqsiz holga keladi.
Organizmga tushgan qo‘rg‘oshin suyaklarda yig‘ila boshlaydi va o‘rnashgan joyida
qolib ketadi. Qo‘rg‘oshinning organizmda chiqib ketishi favqulodda darajada sekin kechadi.
Shu sababli, agar suvda erigan qo‘rg‘oshin birikmalarining dozasi darhol zaharlanish uchun
yetarli bo‘lmagan taqdirda ham, lekin u organizmda yillar mobaynida to‘planib borishi va
keyinchalik o‘z «hunari»ni ko‘rsatishi mumkin. Boshqacha aytganda, qo‘rg‘oshin bilan
zaharlanish jarayoni kumulyativ xarakterga ega.
Hozirgi kunda qo‘rg‘oshinni qo‘llashning nisbatan keng tarqalgan sohasi bu – bo‘yoq
tayyorlash texnologiyalaridir. Odatda
oq qo‘rg‘oshin
deb yuritiladigan
qo‘rg‘oshin karbonati
asos
modda bo‘lib, u bo‘yoq tayyorlashda
pigment
sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin
karbonatining molekulasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tarkibida uchta qo‘rg‘oshin, ikkita
uglerod, ikkita vodorod, hamda, sakkizta kislorod atomlari mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin
karbonatini zig‘ir moyi bilan aralashtirish orqali, oppoq, toza oq bo‘yoq olinadi. Lekin, bunday
oq bo‘yoq uzoq saqlanishi uchun, joyning havosi toza bo‘lishi kerak, yoki, bo‘yalgan material
suvda turishi kerak. Biroq, hozirgi kunda yirik shaharlar havosini toza deb bo‘lmaydi. Shahar
havosida hozirda odatda oltingugurt birikmalari mavjud. Bunday birikmalar sanoat chiqindilari
va asosan, ko‘mir yoqilishi evaziga atmosferada paydo bo‘ladi va havoni ifloslantiradi. Havo
tarkibidagi oltingugurt birikmalari oq qo‘rg‘oshindan tayyorlangan bo‘yoq bilan reaksiyaga
kirishadi va
qo‘rg‘oshin sulfidi
hosil qiladi. Uning molekulasida bir atom qo‘rg‘oshin va bir
atom oltingugurt mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin sulfidi esa tabiatan qora rangda bo‘ladi va u
bo‘yoqqa o‘tirib, oq rangni xiralashtirib boradi. Oqibatda, bo‘yalgan yuzaning sifati buziladi.
Qo‘rg‘oshin sulfidi qo‘rg‘oshin metalliga eng boy bo‘lgan
galenit
rudasining asosini
tashkil qiladi. Aslida qo‘rg‘oshin ham qalay singari kamyob metall. Lekin, qo‘rg‘oshin
rudalarining yer yuzi bo‘ylab nisbatan tekis tarqalganligi va boy rudalarni deyarli har bir
mamlakatda aniqlanganligi, qo‘rg‘oshinni qalaydan ko‘ra arzon bo‘lishini ta’minlagan. Qalay
koni esa, markazlashgan holda, ma’lum hududlardagina mavjud bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan muammo, ya’ni, oltingugurt ta’sirida xiralashib qolishi –
qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarning eng asosiy muammolaridan biridir. Qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarning
boshqa bir o‘tkir muammosi – ularning zaharliligidadir. Rang-tasvir san’ati ustalari bo‘lgan
rassomlar uzoq yillar mobaynida qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlar bilan ishlayverib, ushbu metalldan
eng ko‘p zaharlanadigan kasbiy toifaga mansub bo‘lib qolishadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanish
– rassomlar uchun kasbiy kasallik sanaladi.
148
Oq qo‘rg‘oshin, ya’ni, qo‘rg‘oshin karbonati oq pigment berishi va oq bo‘yoq
tayyorlashda ishlatilishini aytib o‘tdik. Rassomlar qo‘rg‘oshindan muttasil zaharlanishlari
uchun oq bo‘yoqning o‘zi kamlik qilgan bo‘lardi. Chunki, oq bo‘yoq rassomchilikda eng kam
qo‘llaniladigan bo‘yoqlardan biri va oq rangni rassomlar asosan qog‘ozning o‘zini ochiq
qoldirib ham ifodalashlari mumkin, to‘g‘rimi? Unda nega qo‘rg‘oshin rassomlarga bunchalik
o‘tkir ta’sir qiladi? Gap shundaki, nafaqat oq bo‘yoq, balki, boshqa rangli bo‘yoqlar tayyorlash
uchun ham qo‘rg‘oshin asosidagi pigmentlardan keng foydalaniladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |