Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Oq tilla 
deb yuritiladigan bunday oltinning eng 
keng tarqalgan turida 10% nikel va oz miqdorda rux bo‘ladi. Oq tillaning boshqa bir, nisbatan 
qimmatroq turi 
platinali tilla
deyiladi va unda 1/3 qismi oltin, 2/3 qismi esa platina bo‘ladi. Oq 
tilla asosan zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Rossiya hududida ilk bora platina aniqlanganida qalbaki tanga pul zarb qiluvchi 
qalloblar undan tilla tangalarning qalbaki nusxasini tayyorlab tarqatishgan. Bunda, platina 
tanganing ustini yupqa tilla qoplamasi bilan qoplab chiqarishgan. Keyinchalik 1830-1840-
yillarda Rossiya platina tangalarni rasman muomalaga ham kiritgan. Lekin, keyinchalik 
platinaning nechog‘lik nodir metall ekani ayon bo‘lib borgach sari, uning narxi ham oshib bordi 
va undan tanga zarb qilishga chek qo‘yildi.
Odatda platina olinadigan rudalardan tashqi ko‘rinishidan unga o‘xshab ketadigan 
boshqa metallar ham topiladi. Platina bilan birga chiqadigan bunday o‘xshash metallar 5 xil 
bo‘lib, bu metallarni umumiylashtirib, 
platina guruhi metallari
deyiladi. Platina bilan birga esa 
guruhdagi umumiy metallar soni oltita bo‘ladi va ularni 
triada
deb nomlanuvchi uchta 
metalldan iborat ikkita alohida guruhchalarga ajratiladi. Har bir triadada element raqamlari 
ketma-ket joylashgan.


141 
Birinchi triada 44, 45 va 46-raqamli elementlar, ya’ni, 
ruteniy

rodiy
va 
palladiy
dan 
iborat. Ikkinchi triadaga esa 76, 77 va 78-raqamli elementlar, ya’ni, 
osmiy

iridiy
va albatta, 
platinaning o‘zi kiradi. Bularning barchasi deyarli oltin narxida, yoki undan ham qimmat 
turadi.
Agar siz davriy jadvalga e’tibor qaratsangiz, ushbu triadalar yana bir boshqa metallar 
triadasi – temir, kobalt va nikel uchligi ostida joylashganini ko‘rasiz. Albatta, platina guruhi 
metallari temir, kobalt va nikelga unchalik ham o‘xshamaydi. Lekin, ularni mutlaqo o‘zaro 
begona guruhlar deyish ham to‘g‘ri emas. Nikel shaxtalarida odatda platina guruhi metallari 
ham birga chiqadi. Masalan, Kanadadagi nikel konlarida ushbu nodir metallar ham olinadi.
Platina kashf qilinganidan keyingi 70 yil mobaynida uning guruhiga mansub 
metallardan faqat platinaning o‘zigina olimlarga ma’lum edi. Lekin, keyinchalik, 1803-1805 
yillar orasida ushbu guruhga mansub metallardan yana to‘rttasi kashf qilindi. Dastavval ingliz 
kimyogari Uilyam Xayd Vollaston palladiy va rodiyni ochdi. Rodiy yunonchadagi «pushti» 
degan so‘zga asosan nomlangan bo‘lib, sababi, uning ayrim birikmalari aynan shunday rangga 
ega. Palladiyni esa, undan bir necha oy avval kashf qilingan mitti sayyora, Pallada asteroidi 
sharafiga nomlangan. Shu orada, boshqa bir ingliz kimyogari Smitson Tennat pallada 
yombisining spirtdagi eritmasi qoldiqlaridan yana ikkita yangi metallni kashf etdi. Metallardan 
biriga Tennat yunonchada «hid» ma’nosini beruvchi osmiy degan nomni bergan. Chunki, 
uning kislorod bilan birikmasi, ya’ni, 
osmiy tetraoksidi
o‘tkir qo‘lansa hidga ega bo‘ladi. 
Ushbu modda sassiq bo‘lishi bilan birga odam uchun zaharli hamdir. Tennat kashf qilgan 
ikkinchi metall iridiy bo‘lgan. Uning nomi lotinchada «kamalak» ma’nosini beradi. Sababi, 
iridiyning turli birikmalari juda xilma-xil ranglar jilosiga ega bo‘ladi. Masalan, uning yashil, 
qizil va binafsharang birikmalari mavjud.
Faqat tabiatan asl bo‘lak yombi holidagi platina tarkibida uchraydigan ruteniy bir 
muddat kimyogarlar ko‘zidan pana qolib, kashf etilishi ancha kechikib qolgan edi. Platina 
guruhi metallari ichida eng kamyobi bo‘lmish ruteniyni vanihoyat 1844-yilda Sankt-
Peterburgdagi tanga zarb qilish korxonasida Uraldan keltirilgan tabiiy platina bo‘laklari 
tarkibidan kimyogar K. Klaus ajratib olgan. Unga Rossiyaning qadimgi nomiga muvofiq 
shunday nom berilgan.
Osmiy va iridiy metallari platinaning spirtda erishidan qoldiq shaklida kashf 
qilinganidan xulosa qilinsa ayon bo‘ladiki, ushbu metallarga spirt ta’sir qilmas ekan. Demak, 
ular hatto platinadan ham aslzodaroq bo‘lib chiqmoqda 

. Rodiy va ruteniyning ham 


142 
platinadan ham afzal jihatlari bor. Rodiydan tayyorlangan qizdirish uskunalari platina bardosh 
bera olmaydigan yuqori haroratlarga ham chidamli bo‘ladi. Lekin, palladiy ham xuddi platina 
singari spirtda eriydi. Bular ichida eng nodiri – iridiy deyish mumkin.
Yirik projektorlarning akslantirgich ko‘zgularining kumush qoplamasi ustidan yupqa 
rodiy qatlami yotqiziladi. Shunday qilinsa, bunday akslantirgich ko‘zgularga oltingugurt va 
uning birikmalari ta’sir qila olmay qoladi va u xiralashmasdan, doim yarqiroq saqlanadi.
Osmiy va iridiy platinadan ko‘ra pishiq va qattiq metallardir. Sof platina ancha 
yumshoq va egiluvchan bo‘lib, undan hatto kimyo laboratoriyalarida ham foydalanish 
birmuncha noqulay. Shu sababli, sof platinaning o‘zidan kamdan-kam foydalaniladi. Unga 
atiga 10% iridiy qo‘shib qotishma hosil qilinsa, olingan metall juda pishiq va mustahkam 
bo‘ladi.
Platinaning bu kabi iridiy bilan qotishmasi o‘ta barqaror va mustahkam metall bo‘lgani 
sababli, undan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish