136
58% tilla, qolgan 42% esa mis bo‘ladi. Zargarlik buyumlari tarkibida mis qancha ko‘p bo‘lsa,
bunday taqinchoqning vaqt o‘tishi bilan xiralashib, sifatini yo‘qotishi shunchalik tez bo‘ladi.
Oltinga kislorod, oltingugurt va kislotalar ta’sir qilmasligini yuqorida aytdik. Biroq,
oltinga ta’sir ko‘rsata oladigan element albatta bor. Bu – xlor elementidir. O‘rta asrlarda
yashagan alkimyogarlar xlor haqida bilishmagan. Lekin, ular azot kislotasi bilan xlorid
kislotasini aralashtirib, unga oltinni solishganida, aralashma ichida oltin erib ketganiga guvoh
bo‘lishgan. O‘rta asrlarda odamlar oltinni «
metallar podshosi
» deb atashardi. Podsho metallni
eritib yuborgan aralashmani esa, alkimyogarlar «
podsholar arog‘i
» deb atashgan. Kimyogarlar
hozirda ham bu nomni tez-tez qo‘llab turishadi. Biroq, bu o‘rinda bir narsaga e’tibor qaratish
lozimki, ushbu jarayonda oltinni azot yoki xlorid kislotalaridan biri emas, balki, ular o‘zaro
ta’sirlashganda ajralib chiqadigan xlor elementi eritadi. Bunday aralashma yashil tusda bo‘ladi
va u turgan xonani xlor hidi tutib ketadi. Demak, oltinni aynan o‘sha xlor eritadi.
Kumush – anchayin inert metall bo‘lgani uchun, uni turli birikmalar tarkibidan ajratib
olish ham anchayin oson kechadi.
Kumush xloridi
– tabiatda ko‘p uchraydigan birikmalardan
biri bo‘lib, oq kukun ko‘rinishida bo‘ladi. Uning tarkibida atiga bittadan kumush va xlor atomi
mavjud bo‘ladi. Bu birikma juda bo‘sh va mo‘rt bo‘lib, uni tarkibiy elementlarga, ya'ni kumush
va xlor atomiga parchalab yuborish uchun yengil kuch bilan ta’sir etish ham kifoya qiladi.
Kumush xloridini parchalash shunchalik osonki, bunga oddiy yorug‘likning energiyasi ham
yetarli bo‘ladi. Ya'ni, bu modda yorug‘lik ta’sirida qoldirilsa, u tarkibiy elementlarga ajrab
ketadi. Natijada, ajralib chiqqan xlor asta-sekinlik bilan gazga aylanib, havoga uchib ketadi.
Kumush esa, juda-juda mayda kukun ko‘rinishida sirt yuzada qolaveradi. Aksariyat metallar
singari, kumush ham kukun holatida qoramtir tusda bo‘ladi.
Kumush xlorididan kumush va xlorni ajratib yuboradigan kimyoviy reagentlar ham
ko‘p. Bunday reagentlarni ta’sir qildirishdan avval, kumush xloridini yorug‘lik ta’siriga qo‘yib,
keyin yana reagentlarga qaytarilsa, birikmaning parchalanishi tezlashadi. Keyinchalik,
parchalanish uchun yorug‘lik ham zarur bo‘lmay qoladi. U reagent ishtirokida
parchalanaveradi.
Kumush xloridining ushbu ajoyib xossasidan foydalanib, XIX-asrda avvaliga Nyeps va
keyinroq uning shogirdi va hamkori Lui Dager, fotografiyani ixtiro qilishgan. Dastlabki
paytlarda fototasvirga olish uchun juda uzoq vaqt talab etilardi. Chunki, oddiy kumush xlorid
sirtiga yorug‘lik fokuslanib, uning tarkibidagi xlor ajralib chiqib, kumush kukun tasvir hosil
qilib qotgunicha 1-2 soatga yaqin vaqt ketardi. Lekin, keyinchalik mutaxassislar fotografiyani
yanada takomillashtirishdi. Kimyogarlar esa, fotoplastinkalar tayyorlash uchun kumush
xloridning yanada kuchli va tez ta’sirlanadigan boshqacha birikmalarini ishlab chiqishdi. Vaqt
o‘tib, endi fotosuratga olish uchun atiga bir lahza kifoya qiladigan kumush birikmalari ixtiro
qilindi. Bunday kumush birikmalari yordamida nafaqat statik obyektlar, ya'ni, qimirlamay
turgan odam, yoki, buyumni, balki, harakatdagi narsalarni ham uzluksiz tasvirga olish mumkin
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: