Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Nitrosellyuloza
moddasiga azot kislotasi bilan ishlov berish orqali undan uzun rulonlarga 
o‘rash mumkin bo‘ladigan shaffof fotoplyonka tayyorlash texnologiyasi ixtiro qilingach esa, 
fotografiya tamomila yangi bosqichga o‘tdi va uning asosida yangi san’at turi – kinematograf 
shakllana boshladi. Shunday fotoplyonkani birinchi bo‘lib 1884-yilda AQSHlik Jorj Istman 


137 
tayyorlagan edi. 1909-yilda e’tiboran esa, nitrosellyuloza o‘rniga 
atsetat sellyuloza
dan 
tayyorlangan fotoplyonkalar ishlab chiqarila boshlagan. Bunday plyonka nitrosellyuloza 
plyonkaga qaraganda yong‘in xavfsizligi jihatdan ishonchliroq material bo‘lib, uni yonishi juda 
mushkul. Shu sababli ham keyinchalik bunday plyonkalar ommalashib ketgan.
Bugungi kunga kelib, deyarli barcha foto va videotexnika apparatlari raqamli formatda 
ishlamoqda. Hozirda plyonkali fotoapparat yoki, magnit tasmasiga yozilgan videolarni 
uchratish tobora mahol bo‘lib bormoqda. Chunki, endi raqamli texnika endilikda ham sifat, 
ham tannarxiga ko‘ra bunday eskicha texnikani ortda qoldirdi. Biroq, deyarli butun XX asr 
davomida olingan suratlar va kinotasvirlar hammasi aynan o‘shanday plyonkalarga olingan 
edi. Shunga muvofiq, XX-asr davomida qazib olingan va ishlatilgan kumushning asosiy qismi 
fotografiya uchun sarflangan.
Kumushning yana bir birikmasi – kumush yodit (unda bittadan kumush va yod atomlari 
bo‘ladi) qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alati bir xossaga ega. Yo‘q, 
kumush yodit qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi vosita hisoblanmaydi. Bu birikmadan 
yomg‘ir chaqirish uchun foydalaniladi! Ha-ha, yanglishmadingiz, kumush yoditdan yomg‘ir 
chorlash uchun ishlatiladi. Qadimgi xalq qo‘shig‘idagi «sust xotin, suzma xotin» jumlalari 
aynan kumush yoditga atalgan bo‘lsa ajab emas (hazil albatta 

). Gap shundaki, kumush 
yoditni kukun holida samolyotda bulutlar ustida sochib chiqilsa, bunday kukun tarkibidagi har 
bir zarra o‘z atrofida yomg‘ir tomchisi shakllantirishi mumkin bo‘ladi. Bulutlarga shunday 
kukundan sochib yuborilsa, tez orada yomg‘ir boshlanadi. Hozirgi kunda, yomg‘ir chaqirish 
uchun «sust xotin» qo‘shig‘ining ilmiy qayta ijrosi shunday desak yanglishmaymiz. Bu narsa, 
qurg‘oqchil mintaqalarda va hosilga xavf tug‘ilganda qo‘llansa, kutilgan natijani berishi 
mumkin. Faqat, odatda bu ancha qimmatga tushadi. Samolyot ijarasi va uning yoqilg‘isidan 
tashqari, kumush yoditning o‘zi ham uncha-muncha pul turadi. Odatda bir maydonga bu usulda 
yomg‘ir yog‘dirish, o‘sha maydondan olinadigan hosilning foydasidan qimmatga tushishi 
mumkin. Shu sababli ham, mazkur usul o‘ta favqulodda holatlarda va asosan, cho‘llanish 
hududlarida qo‘llanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, mis va kumush ham chiroyli, qimmat va foydali 
elementlardir. Elektr simlarini missiz, XX-asr fotografiyasini kumushsiz tasavvur qilish 
mumkin emas.
Xo‘sh, oltinchi? Oltindan naf bormi?
Hafsalangizni pir qilaman. Odatda odamlarni ochko‘zlikka o‘rgatib, vasvasaga 
soladigan, aka-uka, qarindosh-urug‘ orasiga adovat solib, ba’zan esa, butun boshli urushlarga 
sabab bo‘ladigan bu yaltiroq metalldan aslida amaliy (texnik) naf deyarli yo‘q! Albatta ayrim 
juda kichik istisnolarni inobatga olmasa. O‘sha kichik istisnolardan biri – shishasozlik 
yo‘nalishidir. Agar shisha eritilayotganda uning tarkibida oz miqdorda oltin qo‘shib yuborilsa, 
bunday shisha pishgach yorqin-qirmizi, yoki, binafsharang tusga kiradi. Binolarning 
peshoynalarini dekorativ bezash uchun bunday shishadan foydalanish mumkin albatta. Bunday 
shishani shishasozlar «
yoqut shisha
», yoki, «
la’l shisha
» deb atashadi. Xuddi shu maqsad 


138 
uchun shisha tarkibiga mis qo‘shib yuborilsa, unda mahsulot ko‘kimtir, yoki, yam-yashil bo‘lib 
chiqadi.
Oltin – eng oson ishlov beriladigan, yumshoq metalldir. Oddiy bolg‘a bilan bir urib, 
oltinni yupqa list ko‘rinishiga keltirish qo‘yish mumkin. Oltinni shu darajada yupqa qilish 
mumkinki, yaxshi texnologlar oltindan atiga 0,0001 mm qalinlikdagi 
zarqog‘oz
lar ham 
tayyorlay olishadi. Bunday zarqog‘ozlardan odatda «tilla suvi yuritilgan» deyiladigan 
buyumlarning sirtini qoplanadi. Masalan, tilla rangda tovlanadigan hajmli harflar bilan yirik 
korporatsiyalarning ofislar, yoki, asosiy binolarida ushbu korporatsiyaning nomi shunday 
zarhal harflar bilan yozib qo‘yiladi. Bunday harflar bilan terilgan nomlar juda yorqin va 
jilvakor ko‘rinadi. Binoga ulug‘vorlik baxsh etib turadi. Lekin, hozirda oltin rangida 
tovlanadigan boshqa sun’iy materiallar ham juda ko‘payib ketgani uchun, endilikda hech kim 
qimmatbaho asl oltinda zarhal har termay ham qo‘ygan. Yuqorida ayrib o‘tilganidek, hozirda 
hech bir mamlakatda, umumiy muomaladagi tanga pullar ham oltindan zarb etilmay qo‘ygan. 
Shundan kelib chiqsak, ushbu metall endilikda faqat zeb-ziynat buyumlari va taqinchoqlar 
yasash uchun ishlatilmoqda deyish mumkin. (Albatta, mamlakatlarning iqtisodiyoti va 
moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lmish – oltin zaxiralari ham ushbu metallning 
asosiy borar joyidir).
Oltinga xos qiziq jihatlardan biri shuki, bu metall ancha og‘ir metall sanaladi. Oltin – 
tabiatdagi eng og‘ir moddalardan biridir. Bir xil hajm va sharoitda turgan oltin va po‘lat olinsa, 
oltinning vazni po‘latnikidan deyarli 3 barobar og‘ir bo‘lib chiqadi. Qirralari uzunligi 2,5 sm 
dan bo‘lgan kub shaklida quyilgan sof temirning og‘irligi 100 grammdan biroz og‘irroq bo‘ladi 
xolos. Po‘lat ham deyarli shunday. Shunday kubni misdan quyilsa, u 120 gramm vaznga ega 
bo‘ladi. Kumush 150 gramm atrofida bo‘lsa, oltin esa, 300 gramm tosh bosadi! 
Oltinning ushbu fizik xossasidan boxabar bo‘lgan odamni oltin oldi-sotdisida aldash 
juda qiyin. Bir paytlar Yevropa xalqlarida g‘alati bir ertak bo‘lardi. Unda qishloqda shaharga 
kelgan to‘pori bir yigit, shaharlik mug‘ombir savdogarning nayrangiga uchun, undan «sof 
oltindan quyilgan» g‘isht sotib oladi. Aslida esa bu oddiy guvala g‘isht bo‘lib, faqat uning 
yuzasiga tilla suvi yuritilgan bo‘ladi. Agar o‘sha bechora qishloqi yigit, g‘isht kattaligidagi sof 
oltin quymasi eng kamida 20 kg bo‘lishini bilganida, bunday oson aldanmagan bo‘lardi. 
Haqiqatan ham, 65×120×250 mm o‘lchamdagi oddiy g‘ishtning hajmi 1950000 mm
3
bo‘ladi. 
Bunday hajmli guvala g‘isht esa taxminan 3 kg tosh bosadi xolos. Sof oltindan quyilgan 
shunday hajmli g‘isht esa, taxminan 20 kg atrofida massaga ega bo‘lishi kerak! Shu sababli, 
siz agar kimdir «sof oltin» quymasi ko‘rinishidagi g‘ishtni bir qo‘li bilan ushlab turganini 
ko‘rsangiz, bilingki, u hech qanaqasiga oltin emas...


139 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish