146
Muayyan sharoitlarda qalay o‘zining uglerod va kremniy bilan qarindoshlik belgilarini
namoyon qiladi. 18 °C
past haroratlarda,
oq qalay
deb nomlanadigan hammamizga yaxshi
tanish oddiy metall qalay, o‘zining
kulrang qalay
deb nomlanadigan allotropik shakliga o‘tadi.
Kulrang qalay esa,
endi metall emas, balki, metallmas bo‘lib, u uglerod va kremniy bilan
muayyan o‘xshashliklarga ega. Kulrang qalay yaxlit holda barqaror tura olmaydi va tezlik bilan
kukun shakliga o‘tadi. Agar bunda harorat o‘zgarishlari o‘ta keskin bo‘lmasa, oq qalayning
kulrang qalayga aylanishi va kukunlanishi jarayoni ham asta-sekinlik bilan,
sust rivojlanib
boradi. Qishi qattiq keladigan shimoliy shaharlarda, xususan, Sankt-Peterburg, Nom,
Murmansk singari joylarda qalaydan yasalgan buyumlarning
uqalanib ketgani haqida
ma’lumotlar mavjud. Avvallari, qalayning bu kabi allotropiyasidan bexabar kishilar, mazkur
hodisani turlicha talqin qilib, «qalay qarg‘ishi», «qalay kasali» va hatto «qalay vabosi» deb
ham atashar edi. Lekin, aslida ushbu hodisada hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q va aksincha, u
mutlaqo tabiiy jarayondir.
Qalayning
yana bir xususiyati shundaki, agar yupqa qalay bo‘lagini egib, buklashga
harakat qilinsa, undan g‘irchillagan o‘ziga xos tovush chiqadi. Buning sababi, qalayning mayda
kristalllarining bir-biriga ishqalanishi tufaylidir. Ba’zilar qalayning shunday g‘irchillagan
ovozini «qalay yig‘isi» deb ham ataydilar.
Qo‘rg‘oshin ham, juda qadimdan ma’lum metallardan biridir. Qadimgi Rimliklar
qo‘rg‘oshindan suv uchun idishlar, suv quvurlari va kanalizatsiya trubalari tayyorlashgan.
O‘sha zamonlarda rimliklar tilida qo‘rg‘oshinni
plumbum
deyilgan. Lotin tilidagi ushbu nom
keyinchalik aksariyat Yevropa tillariga ommalashib ketgan va odamlar suv quvurlari hamda,
kanalizatsiya trubalari bilan bog‘liq ishlarni hammasini qo‘rg‘oshin bilan uzviy bog‘liqlikda
tasavvur qiladigan bo‘lib ketishgan. Chunonchi, garchi, hozirda hech qayerda suv quvurlari va
kanalizatsiya trubalarini qo‘rg‘oshindan qilinmayotgan bo‘lsa-da, ingliz tilida hozirda ham suv
quvurlari va kanalizatsiya trubalarini sozlovchi santexnik ishchilarni «
plumber
»,
ya’ni,
«qo‘rg‘oshinchi» deb yuritiladi.
Vaholanki, butun dunyo allaqachon polivinilxlorid plastik
trubalarga o‘tib bo‘ldi.
Qo‘rg‘oshinni qadimgi rim davridayoq quvurlar va suv idishlari tayyorlash uchun keng
qo‘llanilishiga sabab, uning qator afzallik sifatlari bo‘lgan.
Birinchidan, qo‘rg‘oshin yumshoq metall bo‘lib, uni quvur shaklida bukish uchun
maxsus dastgohlar shart emas. Qo‘rg‘oshin shunday yumshoq metallki, uni shunchaki tirnoq
bilan ham ezish mumkin. Rimliklar davrida odamlar hali grafit haqida bilishmasdi va yumshoq
qo‘rg‘oshindan qalamchalar yasab, uning yordamida yozuv-chizuv ishlarini ham bajarishgan.
Shu sababga ko‘ra, hozirgi Yevropa tillarida hali hanuz oddiy qalamni ham qo‘rg‘oshin deb
yuritish an’anasi uchrab turadi. Grafit odamlarga ma’lum bo‘lib, qalamni
grafitdan tayyorlash
endi-endi ommalashayotgan paytlarda yozuv-chizuv bilan ko‘p shug‘ullanadigan kishilar hali-
beri qo‘rg‘oshin bilan yozishar edi. Ular qo‘rg‘oshinli qalamni shunchaki «qo‘rg‘oshin»
(
Do'stlaringiz bilan baham: