162
multfilmlarini ko‘ra «Baron Myunxgauzenning sarguzashtlari» asarining muallifi aynan Erix
Raspe bo‘ladi.
Ushbu sanab o‘tilgan metallarning barchasi po‘lat tarkibiga qo‘shilishi mumkin.
Tarkibida 13% marganets mavjud bo‘ladigan
marganesli po‘lat
juda
qattiq va qayishqoq
bo‘ladi. Bunday po‘latdan turli maydalagich uskunalar, masalan, tosh maydalagich uchun
tishlar tayyorlanadi. Tarkibiga atiga 2% molibden qo‘shilgan
molibdenli po‘lat
esa yuqori
haroratlarga bardoshli bo‘lib, katta tezlikda aylanadigan keskir dastgohlarda qo‘llanadi.
Shuningdek, tarkibida 8% dan 20% gacha volfram qo‘shiladigan
volframli po‘lat
esa qip-
qizarib qizib ketgan qaynoq darajalarda ham o‘z qattiqligini saqlab qoladi. Bunday po‘latdan
bronitexnikaning zirh qoplamalari tayyorlanadi. Shuningdek,
zirh qoplamalarini teshib
o‘tishga qodir snaryadlarda ham shunday volframli po‘lat ishlatiladi. Volfram va xromni
kobaltga qorishtirish orqali esa juda mustahkam va pishiq stellit qotishmalar tayyorlanadi.
Molibdenli po‘latning juda mustahkam ekanligidan, undan o‘q o‘tmaydigan narsalarni
tayyorlashda, xususan, metall seyflar yasashda foydalaniladi.
Marganesni misga qo‘shilsa,
margantsovkali bronza
olinadi. Tarkibida bu ikkala
metalldan tashqari yana nikel ham mavjud bo‘ladigan
boshqa bir qotishmani
manganin
deyiladi. Bu qotishma ham elektr tokini juda yomon o‘tkazgich bo‘lib, undan ham nixrom kabi
maqsadlarda foydalaniladi.
Marganesning dioksidi qora rangda bo‘lib, uni shishaga qo‘shilsa, shisha tarkibidagi
boshqa aralashmalar tufayli yuzaga kelgan boshqa ranglarni neytrallaydi va shishaning
shaffofligini qaytaradi. Vaqt o‘tishi bilan bunday shisha nafis qirmizi-binafsharang tusga kirib
qoladi. Boston shahridagi eski mahallalardagi ko‘plab uylarning derazalari shunday rangga
kirib qolgan. Buning sababi shundaki, vaqt o‘tishi bilan, bir paytlar shishaga qo‘shilgan o‘sha
marganets dioksidi natriy permanganatga aylanib qoladi. Natriy permanganat molekulasida bir
atom natriy va bir atom marganetsga to‘rtta kislorod atomlari birikkan bo‘ladi. Bunda, shishada
avvaldan mavjud bo‘lgan natriy va kislorod atomlari asta-sekinlik bilan marganets atomlari
bilan reaksiyaga kirishishidan shunday vaziyat yuzaga keladi. Bostondagi shunday deraza
egalari, uni qadimiy qimmatbaho asori-atiqa sifatida qadrlashadi va ehtiyot qilishadi.
Marganesning tarkibida alyuminiy, mis, surma va qalay tutadigan muayyan birikmalari
kuchli magnit xossasiga ega bo‘ladi. Garchi tarkibida temir mavjud bo‘lmasa-da,
marganesning bunday birikmalaridagi magnit xossasi yuzaga kelishi juda qiziq. Marganets va
vismut qotishmasidan tayyorlangan magnit esa juda kuchli bo‘ladi va uni magnit xossasidan
mosuvo qilish, istalgan po‘lat turining magnit xossasidan qutulishdan ko‘ra qiyinroq vazifa
bo‘ladi. Kuchli magnitlarni shuningdek xromning ayrim birikmalaridan
ham tayyorlash
mumkin. Tarkibida temir mavjud bo‘lmaydigan magnitli qotishmalarni
Geysler qotishmalari
deyiladi. Sababi, bunday qotishmalarni ilk bora shu familiyali olim, ya’ni, nemis muhandisi va
kimyogari Fridrix Geysler (1866-1947) tomonidan 1898-yilda aniqlangan edi.
Marganets va molibden tirik to‘qimalar uchun ham muhim mikroelementlar sirasiga
kiradi. Odam organizmning molibdenga bo‘lgan ehtiyoji XX-asrning 50-yillarida aniqlangan.
163
Chog‘lanma lampalarda qo‘llanadigan ingichka sim ikki muhim xususiyatga ega
bo‘lishi kerak: birinchisi – u elektr tokini yomon o‘tkazgich bo‘lib, shu sababli ham tok
o‘tganda qizarib ketishi va o‘zidan nur taratishi lozim; ikkinchidan esa,
bunday sim qattiq
qizish natijasida yuqori haroratda erib ketmaydigan ham bo‘lishi kerak.
Tomas Edison elektr lampochkani ixtiro qilgan paytda, ya’ni, 1879-yilda chog‘lanma
lampa ichidagi simni ugleroddan tayyorlashgan. O‘sha paytda fanga ma’lum moddalar ichida
aynan uglerod eng yuqori erish nuqtasiga ega edi. Taxminan 3500 ℃ da eriydigan va yomon
o‘tkazgich hisoblangan uglerod o‘sha payt uchun yaxshi yechim bo‘lgan. Lekin, uglerodning
o‘zi metall emasligi boisidan, undan sim tayyorlashning iloji bo‘lmagan va Edison ingichka
paxta tolasi, yoki, bambuk poyasidan olingan tolani uglerod bilan qoplab, lampochkani
shunday sim bilan chiqarishga majbur bo‘lgan. Bunday sim esa qizish natijasida oson kuyib
ketgan. Keyinchalik esa bu maqsad uchun osmiydan foydalanishga urinib ko‘rishgan. Turli
tajriba va sinovlardan keyin, cho‘g‘lanma lampa uchun eng maqbul metall bu – volfram ekani
ma’lum bo‘ldi.
Garchi, volframning elektr o‘tkazuvchanligi platina guruhi metallarinikidan ikki
barobar yaxshiroq bo‘lsa-da, lekin, uning u ulardan ko‘ra ancha yuqori
erish haroratiga ega va
shu sababli, kuchli qizishga eng bardoshli metall sanaladi.
Xususan, o‘sha osmiy 2700 ℃ da eriydi. Volfram erishi uchun esa 3370 ℃ harorat
kerak bo‘ladi. Bu – metallar ichidagi eng yuqori erish haroratidir. Bundan ham yuqoriroq erish
haroratiga ega element – uglerod bor xolos.
Davriy jadvalda volframdan o‘ng tarafda 75-raqamli element –
reniy
joylashgan. Reniy
ham ko‘p xossalariga ko‘ra volframga o‘xshaydi. Lekin, tabiatda tarqalganligiga ko‘ra reniy
ancha kamyob metalldir. Agar muayyan rudada milliondan bir qism reniy mavjud bo‘lsa,
bunday ruda reniyga boy ruda sanaladi. Reniyni 1925-yilda nemis olimlari tomonidan
spektrografiya usuli orqali kashf etilgan edi. Elementni Germaniyadagi Reyn daryosi nomi
bilan bog‘lab shunday atashgan.
Reniyning erish harorati 3000 ℃ darajaga yaqin. Bu metallar ichida ikkinchi
ko‘rsatkichdir. Reniyning elektr o‘tkazuvchanligi volframnikidan to‘rt marta pastroq. Yomon
o‘tkazgich sifatida reniy ham cho‘g‘lanma lampalarda qo‘llanishi mumkin edi. Biroq, aytib
o‘tganimizdek, reniy juda kamyob metall bo‘lib, shu sababli,
anchayin qimmat metall ham
sanaladi.