Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

nikelli latun
qotishmasining pishiqligi yanada ortadi.
Latun dastlab harbiy kiyim-bosh uchun tugmalar va bezak buyumlari tayyorlash uchun 
ishlatilgan. 80% mis va 20% rux qotishmasidan tayyorlangan latunni 
golland tillasi
deyiladi. 
Chunki, ushbu qotishmada mis o‘zining qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangini yo‘qotib, tillarang tusga 
kiradi. Harbiylarning pogonlarini bezab turuvchi yulduzchalar aynan shunday qotishmadan 
tayyorlanadi.
Qotishmaga, ya'ni, latunga nikel qo‘shilishi undagi misning rangini deyarli yo‘qqa 
chiqarib yuboradi. Rux, mis va nikel qotishmasidan iborat latun deyarli kumushrang-oqish 
tusda bo‘ladi. Masalan, AQSHning 5 sentlik tanga pullari 75% mis va qolgani nikel bo‘lsa 
hamki, bu tangalar mis rangida emas, balki, oq rangda.
Qotishmani rangini o‘zgarib ketishi sababli, nikelli latunni shuningdek 
neyzilber
ham 
deyiladi. Bu so‘zning ma’nosi ingliz tilida «
nikelli kumush
», yoki, «
nemis kumushi
» degani 
bo‘lib, lekin bu nomlar odamlarni faqat adashtirib, chalg‘itadi xolos. Chunki, qotishma 
tarkibida mutlaqo kumush yo‘q. Faqat u kumush rangida xolos.
Tarkibida 40% rux mavjud bo‘lgan latunni 
munts-metall
deyiladi. Munts-metallning 
ajoyib xossasi shuki, u zanglamaydi. Shu sababli, bu metalldan kemalarning tag qismi 
qoplamalarini tayyorlashda va umuman, korroziyadan qat’iy himoyalash kerak bo‘ladigan 
metalokonstruksiyalarni yasashda foydalaniladi.
Rux qo‘llaniladigan yana bir buyum bu – oddiy batareykalardir. Batareykalarda karton 
qoplamasi ichida rux silindr va uning ichkarisida turli xil boshqa maxsus kimyoviy moddalar 
bo‘ladi. Ushbu kimyoviy moddalar orasida joylashgan rux va ko‘mir bir-bir bilan kimyoviy 
reaksiyaga kirishib, elektr toki ishlab chiqaradi.


157 
Ruxdan yana temir va po‘lat metallar uchun zanglashdan qarshi qoplama tayyorlanadi. 
Buning uchun temir yoki po‘lat konstruksiyani erib turgan rux ichiga solinadi yoki, elektroliz 
usuli bilan unga rux qoplama beriladi. Bunday temirni 
ruxlangan temir
deyiladi. Siz ruxdan 
tayyorlangan tunuka va ayniqsa chelaklarni yaxshi tanisangiz kerak.
Rux – ancha faol kimyoviy element. Maktab kimyo laboratoriyalarida rux metali 
bo‘lagini kislotaga solish orqali vodorod ajratib olish tajribasi namoyish qilinadi. Chunki, rux 
atomlari kislotadan vodorod atomlarini siqib chiqaradi. Lekin, bu maqsad uchun imkon qadar 
toza rux ishlatish kerak. Sifati pastroq rux tarkibida oz miqdorda bo‘lsa-da, harholda mishyak 
aralashgan bo‘ladi. Kislota ta’sirida mishyakdan zaharli modda – 
arsin
ajralib chiqadi.
Davriy jadvalda ruxdan bitta pastdagi katakda joylashadigan va tashqi ko‘rinishdan 
ruxga nihoyatda o‘xshaydigan yana bir metall mavjud. Ushbu metall ruxga shu qadar 
o‘xshashki, ularni bir qarashda bir-biridan farqlab olish mushkul. Boz ustiga, bu metall ham 
rux bilan bir xil rudadan olinadi. Ushbu metallni rux rudasi tarkibidan 1817-yilda kimyogar 
Fridrix Shtromeyer ajratib olgan. 
Rux rudasining tashqi ko‘rinishini konchilar 
aldamchi rux
deb yuritishadi. Aldamchi 
ruxning kimyogarlar tilidagi ilmiy nomi 
rux sulfidi
bo‘lib, bunday aldamchi rux rudasini 
qadimgi yunonlar «kadmeya» deb atashgan. Shu sababli, Shtromeyer ham o‘zi ochgan va 
ko‘rinishi ruxga juda o‘xshaydigan, davriy jadvaldagi 48-raqamli elementni 
kadmiy
deb 
nomlagan.
Kadmiyni ham xuddi rux singari, temirning ustini zangdan himoyalovchi qoplama 
uchun qo‘llash mumkin. Kadmiy qoplamaning himoya xossasi rux qoplamadan ko‘ra ancha 
yaxshi va kuchli bo‘ladi. Biroq. Kadmiy ruxdan ko‘ra ancha qimmat yuradi va shu sababli, 
kadmiy qoplama iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Agar kadmiyni kumush bilan qotishma 
tarzida aralashtirilsa, kumush o‘z jilvasini yo‘qotmaydigan, ya'ni, xiralashmaydigan va 
oltingugurt birikmalari bilan ta’sirlashmaydigan bo‘lib qoladi.
Kadmiy qo‘rg‘oshin singari oson eriydigan modda sanaladi. Uni Vud qotishmasi 
tarkibida ham uchratish mumkin. Vud qotishmasi – oson eriydigan qotishma bo‘lib, 
elektronika sohasida payvandlash va mikrosxema zanjirlarini o‘zaro tutashtirish uchun 
ishlatiladi. Misga atiga 1% kadmiy qo‘shilsa, misning elektr o‘tkazgich xossasi deyarli 
o‘zgarishsiz saqlangan holda, mexanik pishiqligi ortadi. Bunday mis-kadmiy qotishmasidan 
masalan trolleybus simlari tayyorlanadi.
Kadmiyni yadro reaktorlarida va atom elektrostansiyalarida zanjir reaksiyasini 
boshqaradigan, aniqrog‘i, zarur hollarda reaksiya tezligini pasaytiradigan sterjenlar 
tayyorlashda ham qo‘llaniladi. Bu Kadmiyning eng muhim qo‘llanish sohalaridan biri bo‘lib, 
u turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishda benazir xizmatchidir.
Molekulasi tarkibida bitta rux va bitta kislorod molekulasi bo‘lgan 
rux oksidi
bo‘yoq 
moddalar tayyorlashda ishlatiladi. U oq pigment beruvchi bo‘lib, oq bo‘yoqlar aynan undan 
olinadi. Shu sababli, rux oksidini 
oqartiruvchi rux
ham deyiladi. Rux oksiddan tayyorlangan 
oq bo‘yoq bilan qo‘rg‘oshindan tayyorlangan oq bo‘yoqni taqqoslansa, iqtisodiy jihatdan


158 
bo‘yoq afzalroq ko‘rinadi. Chunki, qo‘rg‘oshinli bo‘yoq bilan ancha kattaroq yuzani bo‘yash 
mumkin. ruxli bo‘yoq esa kichik yuzaga yetadi xolos. Lekin, ruxli bo‘yoq xavfsiz bo‘lib, 
oltingugurt birikmalari ta’sirida xiralashib qolmaydi. Qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlar esa aksincha, 
ham zaharli, ham tez xiralashadi. Bu taraflama rux bo‘yoqlar baribir afzaldirlar. Boz ustiga, 
rux sulfidi tannarxi ham ancha arzon tayyorlanadi. Rux oksidini stomatologlar ham 
ishlatishadi. Shu sababli, sizning tishlaringizdagi plombada rux mavjud bo‘lishi ehtimol. 
Xotin-qizlar yuziga suradigan ba’zi upa kukunlarida ham rux oksidi mavjud bo‘ladi.
Shunga o‘xshash, 
kadmiy sulfidi
ham bo‘yoq pigment olishda ishlatiladi. Kadmiy 
sulfididan sariq bo‘yoq olinadi.


159 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish