Koinotning qurilish ashyolari


XXII-BOB: BOR –SAHRO ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXII-BOB: BOR –SAHRO ELEMENTI 
Mendeleyev 
kimyoviy 
elementlar 
davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan 
ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, 
talliy elementlari o‘rin egallagan. Bu 
elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan 
barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, 
ularning 
alyuminiydan 
farqi 
faqat 
kambyobligida emas.
Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning 
tepasida 
5-raqam 
bilan 
bor 
elementi 
joylashgan. Bu elementning ustun bo‘yicha 
qo‘shnilarida, xususan alyuminiydan keskin 
farqlab turuvchi jihati shuki, bor – metall 
emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo‘lib, keyingi suhbatimiz ushbu 
element haqida bo‘ladi.
Atom o‘lchamining juda kichikligiga ko‘ra, bor alyuminiydan ko‘ra ko‘proq uglerodga 
yoki, kremniyga o‘xshab ketadi. Xususan, sof holdagi bor elementi tashqi ko‘rinishidan xuddi 
uglerodga (ko‘mirga) o‘xshaydi. Qattiq va qop-qora jism bo‘lgan borning erish harorati 2300 
°C ni tashkil qiladi. Kremniy singari, bor ham uglerod bilan turli birikmalar hosil qiladi. 
Borning uglerod bilan birikmalari qattiqligiga ko‘ra kremniy karbidiga juda yaqin bo‘ladi. 
Bor 
karbidi
(B
4
C) deb ataluvchi ushbu moddani uzoq yillar davomida ko‘pchilik tabiatdagi eng 
qattiq modda bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan. Uni hatto olmosdan ham qattiq deb hisoblashardi. 
Albatta bu xato fikr edi. Biroq, 1956-yilda kimyogarlar 
bor nitridini
(BN) olishga muvaffaq 
bo‘lishdi va uning qattiqligi haqiqatan ham olmos bilan raqobatlasha oladigan bo‘lib chiqdi. 
Bor nitridida ham atomlar xuddi olmosdagi uglerod va azot atomlarining joylashuvi kabi 
tartibda joylashgan bo‘ladi. Bor nitridining qattiqligi olmos bilan deyarli bir xil, lekin uning 
olmosdan ustunroq qilib qo‘yadigan yana bir xususiyati bor: BN va olmos bir xil qizdirilganda, 
olmos birinchi bo‘lib erib ketadi. Ya'ni, bor nitridning erish va alangalanish harorati 
olmosnikidan ancha baland bo‘ladi. Borni 1 ga 10000 nisbatda po‘latga aralashtirish orqali 
metallurglar po‘latning chidamliligini orttiradilar. 
Bor va fosfor elementlarining bittadan atomlari o‘zaro birikib, 
bor fosfidi
(BP) hosil 
qiladi. Bor fosfidi mikroelektronika sohasi uchun benazir birikma sanaladi. Chunki, BP dan 
tayyorlangan tranzistorlar kremniy, yoki, germaniydan tayyorlangan oddiy tranzistorlarga 
qaraganda yuqori haroratga chidamlilik darajasi nihoyatda yaxshi bo‘lib, undan tez qiziydigan 
turli elektron vositalarni tayyorlashda keng foydalaniladi.
Borning uglerod bilan o‘xshashligi shuningdek, uning vodorod bilan turli murakkab 
birikmalar turkumini hosil qilishida ham namoyon bo‘ladi. 
Bor gidridlari
deb nomlanuvchi 
bunday birikmalar hozirda benzinning oktan sonini orttirishda qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. 


171 
Bundan tashqari, bor gidridlari raketalarning yoqilg‘isi tarkibiga aralashtiriladigan muhim 
modda sanaladi. Shunday xossalariga ko‘ra, bor o‘z guruhiga mansub elementlarga unchalik 
o‘xshamaydigan (aytish mumkinki, o‘z oilasida otning qashqasi) g‘alatiroq elementdir.
Ikkita bor atomi va uchta kislorod atomidan tashkil topuvchi 
bor oksidi
(B
2
O
3
) nimasi 
bilandir kremniy dioksidiga o‘xshab ketadi. Bor oksidi va kremniy dioksidining qotishmasidan 
borosilikatli shisha
tayyorlash uchun foydalaniladi. Bunday shish tashqi harorat ta’siriga 
bardoshliligi bilan oddiy shisha va oyna mahsulotlaridan afzal bo‘lib, haroratning keskin 
o‘zgarishlari borosilikat shisha uchun cho‘t emasdir. Shu xossasiga ko‘ra, bunday shisha ko‘p 
o‘rinlarda kvarts o‘rnida qo‘llanilishi mumkin. Boz ustiga, borosilikat shishaga mexanik ishlov 
berish kvartsga ishlov berishdan ko‘ra osonroq kechadi. Eng asosiysi esa, borosilikat 
shishaning tayyorlanish tannarxi kvartsdan ko‘ra ancha arzon bo‘ladi. Bunday shisha savdoda 
pireks
deb nomlanadi. Hozirgi kunda deyarli har bir xonadonda pireks idishlarni uchratish 
mumkin. Agar tushunmayotgan bo‘lsangiz, qaynoq choy quyganda ham darz ketmaydigan 
shaffof shisha choynak yoki stakanlarni eslashingiz kifoya. Pireksdan tayyorlangan idishni 
hatto elektr yoki gaz plitasiga qo‘yib ovqat tayyorlash ham mumkin. Yoki, muzlatgich ichida 
borosilikat idishda saqlangan biror taomni shundoq olib, darhol olovga qo‘yib isitsa ham 
bo‘laveradi.
Borosilikat shishalar shuningdek kimyo laboratoriyalarida ham keng ishlatiladi. Kimyo 
laboratoriyalarida uchratish mumkin bo‘lgan turli kolbalar, probirkalar va boshqa turdagi 
shaffof idishlarning aksariyati aynan pireksdan tayyorlanadi. Shuningdek, bunday shisha 
teleskoplar uchun ko‘zgular yasash uchun ham yaxshi xom-ashyo sanaladi. Masalan, 
AQSHning Palomar tog‘ cho‘qqisida o‘rnatilgan diametri 5.08 metr (200 dyum) teleskopning 
ko‘zgusi aynan pireksdan yasalgan.
Borosilikatning ingichka tolalaridan esa shisha tola tayyorlanadi. 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish