Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

sirkoniy
elementi bo‘lib, u odatda shaffof holda uchraydigan va 
qimmatbaho toshlar safiga kiradigan sirkon minerali tarkibida uchraydi. Sirkon minerali 
ko‘rinishidan olmos va brilliantlar singari jilvalanib, tovlansa ham, lekin ularchalik sifatli 
bo‘lmaydi va shu sababli ham bozorda ancha arzon yuradi. Bu elementga nom farang 
kimyogarlari tomonidan berilgan bo‘lib, aslida u farang tiliga ham portugal tilidan kirib kelgan. 
Portugal tilidagi sirkon so‘zi esa fors tilidan, fors tiliga esa arab tilidan o‘tgani tarixiy faktlar 
orqali isbotlangan. Arabchadagi asl ma’nosida «sirkon» so‘zi «sariq» degan ma’noni 
anglatgan. Chunki sirkon mineralining ayrim turlari sarg‘ish tusda bo‘ladi.
1824-yilda Berselius sirkon mineralidan yangi element ajratib oldi va uni sirkoniy deb 
nomladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, 1789-yildayoq M.X. Klaport ushbu mineral tarkibida 
metall element mavjudligini aniq aytib bergan edi. Hozirgi kunda esa sirkon minerali aslida 
sirkoniy elementining silikati, ya'ni, toshi ekanini yaxshi bilamiz.
Davriy jadvaldagi 40-raqamli element sirkoniy, titanga nisbatan 60 barobar, 
qo‘rg‘oshinga nisbatan esa 10 barobar kamroq uchraydi. Xuddi titan singari u ham 
tozalanmagan holda olinsa, o‘ta mo‘rt, qattiq metall bo‘ladi. Uni imkon qadar sof holda ajratib 
olinsa, sirkoniy ham ishlov berishga qulay, qattiq metallga aylanadi. Tarkibida 20% sirkoniy 
tutadigan 
ferrosirkoniy
qotishmasi metallurgiyada tozalovchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Sirkoniy ham, titan ham jarrohlik amaliyotlarida, singan suyaklarni birlashtirish uchun 
qo‘llaniladi. Sirkoniy oksidi (ZrO
2
) o‘tga chidamli material bo‘lib, pechlarni futerovka qilish 
uchun ishlatiladi. Shuningdek undan emal tayyorlashda ham foydalaniladi. Bundan tashqari, 
sirkoniy oksidi rentgen nurlarini juda yaxshi yutadi va eng asosiysi, odam organizmi uchun 
zaharli emas. Shu xossasi sababli, uni oshqozon-ichak traktining rentgenografik tasvirini 
olishda keng qo‘llaniladi. Qolaversa, seziy oksidi qizdirilganida yorqin oq rang chiqarib nur 
taratadi va uning bu xossasidan yoritish maqsadlarida va kinofilmlarni proyeksiyalash ishlarida 
foydalaniladi. Umuman olgan sirkoniy oksidi juda-juda keng miqyosda qo‘llaniladigan 
kimyoviy moddalar sirasiga kiradi. 
Sirkoniy qayerda bo‘lmasin, doimo unga hamrohlik qiluvchi yana bir element mavjud. 
Odatda sirkoniyli birikmalarda hech bo‘lmasa 1% miqdorda o‘sha element ham albatta mavjud 
bo‘ladi. U, davriy jadvalda sirkoniyning shundoqqina ostida joylashgan metall – gafniydir. 


168 
Davriylik qonuniga muvofiq, kimyogarlar gafniyni tabiatda mavjud ekanini uning amalda 
kashf etilishidan ancha yillar avval ham aniq bilishar edi. Sirkoniyga yo‘ldoshlik qiluvchi 
ushbu elementi amalda olish uchun ko‘plab laboratoriyalarda yuzlab kimyogarlar qattiq 
urinishgan. 1911-yilda farang kimyogarlaridan biri aynan o‘sha elementni topganini e’lon 
qilib, katta shov-shuv ko‘targan edi. U hatto o‘zi «kashf qilgan» elementga 
keltiy
deb ham nom 
qo‘yishga ulgurgan. Lekin keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha shaxs aslida yolg‘on xabar 
tarqatgan bo‘lib, aslida u hech qanday yangi element ajratib olmagan ekan. Shundan keyin 
seziyga yo‘ldoshlik qiluvchi mazkur noma’lum elementni yana naq 11 yil qidirildi 
1922-yilda Vengriyalik kimyogar Georg de Xeveshi va Gollandiyalik fizik Dirk Koster 
hamkorlikda vanihoyat ushbu elementni kashf etishdi. Ular o‘z tadqiqotlarini Daniya poytaxti 
Kopengagenda olib borishgan. Olimlar Norvegiyadan keltirilgan sirkon minerali ustida 
tajribalar o‘tkazib, undan o‘sha noma’lum metallni sof holda ajratib olishni uddalashdi. Ular 
o‘z kashfiyotlari uchun, kashfiyot amalga oshirilgan shahar – Kopengagen nomini berishga 
qaror qilishgan. Gafniy – Kopengagenning lotincha nomlanishidir.
Ilk davrlarda gafniyni ham nodir metallar safiga kiritilar edi. Biroq, tabiatda gafniy 
qo‘rg‘oshindan ko‘ra 50% ga ko‘proq tarqalgan bo‘lib, uning atom raqami 72. Agar ta’bir joiz 
bo‘lsa, sirkoniy va gafniy elementlarini o‘zaro egizak desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, 
tabiatda gafniy va sirkoniydek «o‘zaro ikki tomchi suvdek» o‘xshash boshqa elementlar 
juftligini topish qiyin. Aynan shu sabab, sirkoniy va gafniyning kashf etilishi muddatlari orasi 
shunday uzoq (deyarli 1 asr) bo‘lib ketgan. Birining tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan 
va doim unga hamrohlik qiladigan ikkinchi bir elementi topishning o‘zi oson ish emas axir. Bu 
shuni ham anglatadiki, sirkoniy birikmalarini qo‘llash sohalari uchun gafniy birikmalarini ham 
bemalol qo‘llasa bo‘ladi. Albatta, bu holatda, nisbatan kamyob bo‘lgan gafniyli birikmalarning 
tannarxi sirkoniyli birikmalarnikidan ortiqroq, ya'ni, qimmatroq bo‘ladi.
Davriy jadvalda titandan o‘ng tarafda joy olgan elementni 1830 yilda shved olimi N. 
G. Sefstryom kashf qilgan. 23 raqamli ushbu elementga kashfiyotchi olimning o‘zi 
vanadiy
deb nom bergan. Bu atama qadimgi zamonlarda Skandinaviya xalqlari sig‘ingan ma’buda – 
Vanadis nomiga bog‘lab shunday qo‘yilgan. Vanadiy ham tabiatda tarqalganligi jihatdan 
sirkoniyga o‘xshab ketadi.
Titan, sirkoniy va vanadiy elementlari po‘lat tayyorlashda qo‘shimcha sifatida 
ishlatiladi. Sirkoniyli po‘lat juda mustahkam va o‘q o‘tkazmas bo‘ladi. Vanadiyli po‘lat esa 
juda qayishqoq va yengil bo‘lib quyiladi. Bunday po‘latdan tayyorlangan konstruksiyalar 
zarbalarga nisbatan chidamli va deformatsiyalanmaydigan darajada mustahkam bo‘ladi. Shu 
sababli ham asosiy zarbani o‘ziga qabul qiluvchi metalokonstruksiyalarni asosan vanadiyli 
po‘latdan yasaladi. Vanadiyli po‘latga xrom va titan elementlarini ham muayyan miqdorda 
qo‘shib tayyorlash orqali, o‘ta pishiq hamda yedirilishga chidamli metall qotishmasi 
tayyorlanadi. Bunday qotishma po‘latdan temiryo‘l relslari tayyorlashda keng foydalaniladi.
Davriy jadvalda vanadiydan quyida joylashgan yana ikkita metall ham deyarli o‘sha 
yillarda kashf qilingan. Charlz Xettchet ismli ingliz kimyogari 1734 yilda bojxonachilar 
tomonidan Konnektikuttdan Britaniya muzeyiga jo‘natilgan bir mineralni tadqiq qilayotgan 


169 
edi. 1801-yilda u mazkur mineral tarkibida fanga noma’lum bo‘lgan metall borligi haqida 
xulosaga keladi va ushbu metallni 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish