172
birikmalar erimaydigan cho‘kma holida ajralib qoladi. Bundan tashqari, bura chinni va sopol
idishlarning sirtini sirlash uchun qo‘llaniladi. Payvandlash va kavsharlash ishlarida ham
mazkur mineraldan keng foydalaniladi.
Bor elementining manbai – bir zamonlar dengiz va ko‘llar tubi bo‘lgan va hozirda
qaqragan cho‘lga aylangan sahrolardir. Jahon eng yirik bor konlari Shimoliy Amerikaning
g‘arbida joylashgan qurigan ko‘llardan qolgan tekisliklarda yastanib yotibdi. XX asr boshlarida
bor ajratib olinadigan eng yirik joy Kaliforniyadagi O‘lim Vodiysi sanalardi. Hozirda
jahonning ko‘plab boshqa joylarida ham Kaliforniyadagidan ham boy bor konlari aniqlangan.
Chunonchi, Rossiya Uzoq Sharqida, aniqrog‘i, Primore o‘lkasidagi
Dalnegorsk hududida
butun jahon bor zahirasining 3% jamlanganligi ma’lum.
Borning yana bir mashhur birikmasi bu – B(OH
3
), ya'ni,
bor kislotasi
dir. Uning
molekulasida uchta vodorod, uchta kislorod va bitta bor atomi mavjud bo‘ladi. Bor kislotasi
shu darajada kuchsiz kislotaki, uni kislota deb atash ham erish tuyuladi. Bor kislotasi yengil
antiseptik sifatida, suv bilan aralashma tarzida tibbiyotda ko‘z jarohatlarini yuvish uchun
qo‘llaniladi. Inson tanasining eng nozik a’zosi bo‘lmish ko‘zning ham to‘qimalari ushbu
kislotaga
bemalol bardosh berar ekan, shundan ham bu kislotaning qanchalik kuchsizligini
tasavvur qilish mumkin.
Bor ko‘plab o‘simliklar tanasi uchun eng zaruriy mikroelementlar turkumiga kiradi.
Lekin hayvonlar tanasi uchun bu elementning ahamiyati hali unchalik yaxshi o‘rganilmagan.
Davriy jadvalga nazar solsak, shundoqqina alyuminiyning tagida yana bir ajoyib
elementni ko‘ramiz. Mavjudligi kashf qilinishidan avval D.I. Mendeleyev tomonidan bashorat
qilingan ushbu kimyoviy element 31-raqamli galliydir. Mendeleyev bu elementning tabiatda
mavjudligini shunchaki bashorat qilibgina qolmay, balki uning xossalari va jadvaldagi
joylashuv o‘rnini ham aytib bera olgan. Olimning o‘zi o‘sha nazariy elementni «ekaalyuminiy»
deb nomlagan. 31-raqamli elementni amalda ilk bora olgan kimyogar esa, Fransiyalik Lekok
de Buabodran bo‘lgan. 1875 yilda u Mendeleyev avvaldan bashorat qilgan mazkur elementni
ochishga muvaffaq bo‘ladi va unga o‘z
vatani sharafiga
galliy
deb nom beradi (Galliya –
Fransiyaning qadimgi Rim solnomalaridagi nomidir). Biroq, bu borada kimyogarlar orasida
biroz g‘alati va qiziq tortishuv ham bo‘lgan: olimning ismi Lekok edi; «lekok» farang tilida
«xo‘roz» degani bo‘lib, lotin tilida esa xo‘roz «gallos» bo‘ladi. Shunga ko‘ra ayrim
173
mutaxassislar, Buabodran o‘zi kashf qilgan elementga o‘z ismini bermoqchi bo‘lgan deb ham
hisoblaydilar.
Galliyning erish harorati ancha past: u 30 °C dayoq erib ketadi. Ya'ni ochiq holdagi
galliyni yoz kunlaridagi atmosfera harorati, yoki, inson tanasining issiqligi ham eritib yubora
oladi. Odam tanasining me’yoriy harorati 36 °C bo‘lgani uchun, agar qo‘lingizda galliyni
ushlab tursangiz u bir pasda erib ketadi. Biroq, shunisi qiziqki, shunday past haroratda erib
suyuqlanadigan galliyning qaynatish uchun nihoyatda baland harorat kerak bo‘ladi: galliy 1600
°C da qaynaydi. Uning ushbu xususiyatidan o‘lchov texnikasida foydalanish mumkin. Chunki,
yuqori haroratlarni o‘lchash uchun simobli termometrlar yaramaydigan o‘rinlarda galliyli
termometrlardan foydalanilsa, kutilgan natijalarni beradi. Eslatib o‘tamiz, simobning qaynash
harorati 350 °C ni
tashkil qiladi va shu sababli, simobli termometrlarda bundan baland
haroratlarni o‘lchashning imkoni yo‘q.
Davriy jadvalda galliyning ostida 49-raqamli element
indiy
, hamda, 81-raqamli
element,
talliy
joylashgan. Ushbu elementlarning ikkalasi ham spektroskopiya usuli bilan kashf
qilingan. 1863 yilda olmon kimyogarlari Teodor Rixter va Ferdinand Rayx birgalikda
o‘tkazgan spektral tahlil vaqtida, ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan yangi spektral chiziqlarni
kuzatishgan. Ushbu spektral chiziqlardan biri indigo (to‘q yorqin siyohrang) rangida bo‘lgani
uchun, olimlar uni «indiy» deb nomlashga qaror qilishgan. Indiydan
kumushdan tayyorlangan
detallarning sirtiga himoya qatlami hosil qilish uchun foydalaniladi. Indiy eng yumshoq
metallardan biridir. Uni oddiy oshpichoq bilan ham kesib maydalasa bo‘ladi.
Indiy kashf etilishidan ikki yil avvalroq, ya'ni, 1861 yilda ingliz kimyogari Uilyam
Kruks ham spektral chiziqlar tarkibida yangi xil chiziqni payqab qolgan edi. Kruks bu
chiziqning rangiga nisbat bergan holda, uni «talliy» deb atagan. Talliy – qadimgi yunon tilida
«yashil navnihol» ma’nosini bildiradi.
Talliy – ancha g‘alati xossalarga ega bo‘lgan qiziqarli elementdir. U bir vaqtning o‘zida
davriy jadvaldagi boshqa ko‘plab elementlarga o‘xshab ketadi. Xuddiki tabiat,
hamma
kimyoviy elementlardan oz-ozdan olib, talliyga bergandek. Bunday jihati tufayli, kimyogarlar
talliyni «o‘rdakburun» deb ham ataydilar. (Bilamizki, o‘rdakburun – Avstraliyada yashovchi
g‘alati jonivor bo‘lib, u tashqi tomonidan, sut emizuvchilar singari teri qatlamiga ega; lekin
zurriyotini tug‘ib emas, balki tuxumdan ochirib dunyoga keltiradi. U yarim hayvon, yarim qush
deyish mumkin. O‘rdakburunning nomiga monand o‘rdaknikiga o‘xshash tumshug‘i va pardali
panjalari bor. Lekin, dumidagi patlari esa xo‘rozniki singari o‘roq-o‘roq bo‘ladi). Albatta, talliy
unchalik murakkab element emas, lekin, uning xossalaridagi chalkashliklar kimyogar
mutaxassislar uchun boshog‘riq bo‘lishga yetarli darajadadir. Bu metall yumshoq, lekin o‘gir
element bo‘lib, bu jihatdan qo‘rg‘oshinga o‘xshab ketadi. Uning ancha past haroratda erishi va
birikmalarining zaharliligi ham qo‘rg‘oshinga o‘xshash yana bir jihatidir. Masalan, ikki atom
talliy, bir atom oltingugurt va to‘rt atom kisloroddan iborat bo‘lmish
talliy sulfat
(Ti
2
SO
4
)
qumursqa va chumolilarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Ushbu zahar bilan zaharlanishda
odamda paydo bo‘ladigan ilk belgilardan bir bu – soch va yunglarning to‘kila boshlashi bo‘ladi.
Yuqorida talliyning qo‘rg‘oshinga o‘xshash jihatlarini sanab o‘tgan edik. Uning birikmalari
esa, qo‘rg‘oshin birikmalariga emas, balki, ko‘proq marganets va alyuminiy birikmalariga
174
o‘xshaydigan bo‘ladi. Xususan, talliy oksidi aynan shunday birikmadir.
Shuningdek talliy
birikmalari ichida, natriy va kaliy elementlarining birikmalariga o‘xshash birikmalar ham ko‘p
uchraydi. Davriy jadvalga razm solsangiz, natriy va kaliy qayoqda-yu, talliy qayoqda
ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Bunday uzoq joylashgan elementlarning birikmalari
qanaqasiga bunchalik o‘xshash bo‘lishi haqidagi savol esa, kimyogarlar o‘rganishi
kerak
bo‘lgan qiziqarli ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
Agar bir qism talliyni 11 qism simob bilan aralashtirilsa, bundan muzlash harorati juda
past bo‘lgan ajoyib aralashma hosil bo‘ladi. Talliy-simob aralashmasini hatto −60 °C lik
qahraton sovuqlar ham muzlatolmaydi. Agar adashmayotgan bo‘lsam, bunday past harorat,
metallar va qotishmalar uchun qayd qilingan eng past muzlash harorati bo‘ladi.