Mavzu: talliy elementi reja: 1,talliy elementi haqida umumiy tushuncha 2,atom massasi,kristall panjarasi,termodinamik va kimyoviy xossalari 3,talliyning xususiyatlari va biologik o’rni



Download 3,01 Mb.
Sana26.02.2022
Hajmi3,01 Mb.
#473266
Bog'liq
talliy element

MAVZU:TALLIY ELEMENTI REJA: 1,TALLIY ELEMENTI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 2,ATOM MASSASI,KRISTALL PANJARASI,TERMODINAMIK VA KIMYOVIY XOSSALARI 3,TALLIYNING XUSUSIYATLARI VA BIOLOGIK O’RNI

Talliy (yun. Thallos — yashil novda; spektrning yorqin yashil chiziqlariga koʻra nomlangan, lot. Thallium), Tl — Mendeleyev davriy sistemasining 111 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 81, atom massasi 204,37. 2 ta barqaror izotopi: 2MT1 (29,5%) va 205T1 (70,5%) va 207T1—2J"T1 radioaktiv izotoplari bor. 202T1, 204T1 radioaktiv izotopi sunʼiy usulda olingan. Ingliz kimyogari Talliy Kruks 1861 yilda sulfat kislota zdining qoʻrgʻoshin kamerasidan chiqadigan balchiqni spektroskop yordamida tekshirib, nomaʼlum elementga taallukli yashil chizyklar borligini koʻrdi. Keyinroq fransuz kimyogari TalliyTalliy Lami Talliyni ilk bor metall holda ajratib oldi va uning xossalarini aniqladi. Talliy tarqoq element; Yer poʻstining massa jihatdan 4,510~5% ini tashkil qiladi. Talliy minerallariga lorandit TlAsS2, krukezit (Si, Ag, Te)2Se, vrbait Tl (As, Sb)3 S5, gutchinsonit (Si, Ag, Tl)2 SPb2As2S3 va 1958 yilda Oʻzbekistondan topilgan mineral avitsennit ZT12O32/ye2O3 lar kiradi. Talliy koʻpincha galliy va indiy b^n birga uchraydi.

Talliy tarqoq element; Yer poʻstining massa jihatdan 4,510~5% ini tashkil qiladi. Talliy minerallariga lorandit TlAsS2, krukezit (Si, Ag, Te)2Se, vrbait Tl (As, Sb)3 S5, gutchinsonit (Si, Ag, Tl)2 SPb2As2S3 va 1958 yilda Oʻzbekistondan topilgan mineral avitsennit ZT12O32/ye2O3 lar kiradi. Talliy koʻpincha galliy va indiy b^n birga uchraydi. Talliy ogʻir metallarning polimetallik rudalari chiqindilarini qayta ishlab, sof Talliy esa uning sulfati eritmasini elektroliz qilib olinadi. Talliy kumush rangoq metall, havoda tez oksidlanadi. Fizik xossalariga koʻra qoʻrgʻoshinga oʻxshaydi. Talliyning suyuqlanish temperaturasi 303,6°, qaynash temperaturasi 1457°, zichligi 11,85 g/sm3. Uning qattiq holatdagi 2 ta (a, R) modifikatsiyasi maʼlum. Talliy kimyoviy faol element. Koʻpchilik metallmaslar bilan bevosita birikadi, kislotalarda eriydi, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Talliy birikmalarida 1 va 3 valentli. Talliy gidroksid T1ON kuchli asos. Talliy nitrat kislotada erib, talliy nitrat T1NO3 hosil qiladi. Lekin xlorid kislotada oz eriydi. Talliyning 1 valentli birikmalari barqarorrok, hisoblanadi. Talliyning oʻzi va uning birikmalari juda zaharli. Mac, talliy sulfat T12(SO4)3 kemiruvchilarga qarshi zaharli modda sifatida ishlatiladi. Talliy va uning birikmalari optik asboblarda, yarim oʻtkazgichlar texnikasida, katalizator sifatida, antidetanator oʻrnida ishlatiladi; talliy bromid bilan talliy yodiddan tashkil topgan qattiq eritmalarning monokristallari (Talliy xlorid hamda Talliy bromidning monokristallari) infraqizil nurlarni oʻzidan oʻtkazadi. Talliy karbonat optik shishalar sintezida, Talliyning oʻzi selenli tok toʻgʻrilagichlari tayerlashda ishlatiladi.

Talliy Yer yuzida 0.7 mg/kg,[8] miqdorida, asosan kaliyli minerallar shaklida loy, tuproq va granit tarkibida uchraydi. Ammo, iqtisodiy jihatdan bu manbalar talliy olinishi uchun yetarli emas. Amaliy maqsadlar uchun ishlatiladigan talliyning asosiy manbasi bu mis, rux, qoʻrgʻoshin va boshqa metall sulfidlarining konlaridir.

Talliy — juda yumshoq, egiluvchan va xona haroratida pichoq bilan kesish mumkin boʻlgan metall. Talliy metall yaltiroqligiga ega boʻlib, havoda qoʻrgʻoshinni eslatuvchi koʻkish-kulrang tusga kiradi. Bunday holatni oldini olish uchun, uni yogʻga botirib olish mumkin. Uzoq vaqt havoda qoldirilganda, ogʻir oksid qavatini hosil qiladi. Suv taʼsirida talliy giroksidini hosil qiladi. Sulfat va nitrat kislotalari taʼsir ettirilganda sulfat va nitrat tuzlari hosil boʻladi, xlorid kislotasi taʼsirida esa erimaydigan talliy (I) xlorid qavati hosil boʻladi..[3] Talliyning standart elektrod potensiali −0,34 ga teng boʻlib, temirnikidan (-0,44) ozgina balandroqdir

IzotoplarTahrirlash Talliy 25 ta izotopga ega boʻlib, ularning atom massalari 184 dan 210 gachadir. Faqatgina 203Tl va 205Tl izotoplari barqaror boʻlib, eng barqaror 204Tl radioizotopining yarim parchalanish davri 3,78 yilga teng.[4] 202Tl (yarim parchalanish davri 12,23 kun) siklotronda olinishi mumkin.[5] 204Tl esa yadroviy reaktorda barqaror talliydan neytron faollashtirish usuli orqali olinishi mumkin.[4][4][6] 201Tl (yarim parchalanish davri 73 soat) elektronlarni ushlab qolish orqali parchalanadi. 208Tl (yarim parchalanish davri 3,05 daqiqa) tabiatda uchraydigan toriy parchalanish zanjiridan hosil boʻladI

Kimyoviy xossalariTahrirlash Talliyning ikki asosiy oksidlanish darajalari bu +1 va +3 dir. +1 oksidlanish darajasida talliyning koʻpchilik birikmalari kaliy va kumush birikmalariga oʻxshab ketadi (talliy (I)ning ion radiusi 1.47 Å, kaliyniki 1.33 Å, kumushniki 1.26 Å). Shu sababli talliy ilk kashf etilgan paytda Yevropada (lekin Angliyada emas) ishqoriy metall deya eʼtirof etilgan.[7] Masalan, suvda eruvchan va kuchli ishqor boʻlgan talliy (I) gidroksidi karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan talliy karbonatini hosil qiladi. Ushbu karbonat suvda eriydigan yagona ogʻir metall karbonatidir. Kumush birikmalari bilan oʻxshashlik talliyning galogenid, oksid va sulfid birikmalarida kuzatiladi.

Talliy (I) bromid yorugʻlikka taʼsirchan, sariq, kumush bromidga oʻxshash birikma. Qora rangli talliy (I) oksidi va talliy (I) sulfidlari esa kumush oksidi va kumush sulfidlariga oʻxshab ketadi. +3 oksidlanish darajasiga ega boʻlgan talliyning birikmalari esa tegishli aluminiy (III) birikmalariga oʻxshab ketadi. Ular oʻrta kuchli oksidlovchi xususiyatga ega boʻlib, Tl3+ + 3 e- → Tl(s) uchun qaytarilish potensiali +0,72 voltga teng. Talliy (III) oksidi qora rangli qattiq modda boʻlib, 800 °C dan oshiq temperaturada talliy (I) oksidi va kislorodga parchalanadi

TALLIY ELEMENTINING INSONGA ZARARLI BO’LGAN TURLARI


Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish