Optik xodisalar reja



Download 2,37 Mb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi2,37 Mb.
#213194
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.Optik xodisalar


Optik xodisalar

REJA

Yorug’likning tabiati va uning tarqalish qonunlari. Moddalarning sindirish ko’rsatkichini o’lchashning refraktometriya usuli. Refraktometrlarning veterinariyada qo’llash. To’la ichki qaytish hodisasi va undan optik asboblarda foydalanish.

Tola optikasi va uning tibbiyot va veterinariyada ahamiyati. Endoskop-larning ishlash prinsipi va qo’llanilish. Fotometriya asoslari.

Tayanch tushunchalar: Sindirish ko’rsatkichi refraktometriya, to’la ichki qaytish, endoskoplar, svetovodlar, yorug’lik oqimi, yoritilganlik, yorug’lik kuchi, ravshanlik.

Optika – grekcha optos – ko’rish degan ma’noni bildiradi. Bu bo’limda yorug’likning tabiati, uning moddalar bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi. XVII asrda yorug’likning to’lqin (Gyuygens) va korpuskulyar (Nyuton) nazariyalari paydo bo’ldi. XVIII asrda korpuskulyar nazariya ko’proq g’alaba qilgan bo’lsa, XIX asrda to’lqin nazariyasi oldinda bo’ldi. Lekin to’lqin «Dunyo efirida» tarqaladi degan fikr noto’g’ri edi. Maksvell elektromagnit to’lqinlar nazariyasini yaratgandan so’ng «Dunyo efiri»ga hojat qolmadi.

Maksvell nazariyasini Fizo (1849 y), Fuko (1850) va Maykelson (1881 y) tajribalari tasdiqladi. Lebedev esa (1899 y) yorug’likning bosimini o’lchadi. Shu davrda yana fotoeffekt, kompton effekt va boshqa hodisalarning ochilishi elektromagnit to’lqinlar nazariyasi bilan tushuntirib bo’lmadi. Faqatgina 1900 yili Plakk kvant nazariyasini yaratgandan so’ng va Eynshteynning yorug’lik kvant nazariyasi e’lon qilingandan so’ng bu qarama-qarshilik barham topa boshladi. Eynshteyn nazariyasiga binoan yorug’lik fotonlar oqimidan iborat deb faraz qilindi. Bu nazariyani N.Bor (1913), Shredenger (1925), Fok (1957), Feyman (1949 y) yoqlab chiqdi. Hozirgi davrda yorug’lik to’g’risidagi ikkala ta’limot ham o’rinli ekani va korpuskulyar – to’lqin dializmi haqida gap yuritiladi.

Geometrik optikaning to’rtta qonuni mavjud.

  • Yorug’lik bir jinsli optik muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Bunga yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni deyiladi.
  • Yorug’lik nurining mustaqillik qonuni. Yorug’lik to’lqinlari bir-biri bilan kesishganda ular bir-biriga halaqit bermaydi.
  • Qaytish qonuni. Qaytgan nur, tushuvchi nur va ikki muhit chegarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi qaytish burchagiga tengdir.

  • Yorug’likning sinish qonuni. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit chagarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan moddalar uchun doimiy bo’lib ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi deyiladi.

(1)

Barcha nuqtalarida yorug’likning tarqalish tezligi bir xil bo’lgan muhitga optik bir jinsli muhit deyiladi.

Muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deb, yorug’likning vakuumdagi с tezligining moddadagi

tezligiga nisbatiga aytiladi.




Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish