Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

disproziy
, ya'ni, «mushkul», «qiyin» deb nom bergan.
Lantan – siyrak yer elementlari ichida eng birinchi va shunga ko‘ra, eng kichik atom 
raqamiga ega elementdir. Shu sababli, siyrak yer elementlari ko‘pincha 
lantanoidlar
deb ham 
yuritiladi. Siyrak yer elementlari ichida eng keng tarqalgani ham lantandir. Tashqi ko‘rinishiga 
ko‘ra lantan ko‘proq temirga o‘xshab ketadi.
59- va 60-raqamli siyrak yer elementlarini 1858 yilda, Avstriyalik olim Karl Auer fon 
Velsbax (1858-1929) ochgan. 59-raqamli elementni u «yashil egizak» deb nomlagan. Chunki, 
bu elementning birikmalari odatda yashil rangda bo‘lar edi. «Yashil egizak»ning lotincha nomi 
prazeodim
bo‘lib, kimyogarlar uni shu nom bilan taniydilar. 60-raqamli elementning nomi esa 
o‘zbekchada «yangi egizak» degan ma’noni anglatadi. Uni davriy jadvalda siz 
neodim
nomi 
bilan uchratasiz. Aynan shu nomlardan ham ko‘rinib turibdiki, siyrak yer elementlarining 
o‘zaro juda o‘xshashligi, kimyogarlar uchun chinakam bosh og‘rig‘i bo‘lgan. Shu sababli ham 
Velsbax har ikkala kashfiyoti nomi uchun «egizak» so‘zini qistirib o‘tgan.
Lantanoidlar qatorida yana bir element – 
samariy
ning nomini ham ayrimlar 
Rossiyaning Samara shahri bilan bog‘liq deb o‘ylaydilar. Bu qisman to‘g‘ri, qisman xato 
tushunchadir. To‘g‘riligi shundaki, element nomi haqiqatan ham Rossiya bilan bog‘liq. Lekin, 
u Samara shahri sharafiga emas, balki, 
samarskit
minerali nomidan kelib chiqib nomlangan. 
Samarskit minerali esa, o‘z navbatida, rus tog‘-kon ishlari muhandisi, polkovnik Vasiliy 
Samarskiy (1803-1870) familiyasi bilan atalgan. Samariy – eng qattiq siyrak yer elementi 
bo‘lib, u qattiqligi bo‘yicha hatto po‘latning ayrim turlarini ham ortda qoldiradi.
Siyrak yer elementlarining ayrimlarini kimyogarlar to XX-asr boshlarigacha ham 
aniqlay olishmagan. Uzoq tanaffusdan keyin, 1901-yilda farang kimyogari Ejen Demarse 
(1852-1903) tomonidan navbatdagi siyrak yer elementi kashf qilindi. Bu – jadvalda 63-raqam 
bilan o‘rin olishi lozim bo‘lgan element bo‘lib, uni olim Yevropa qit’asi sharafiga 
yevropiy
deb 
nomlagan. 1907 yilda esa, yana bir farang olimi Jorj Urben (1872-1938) 71-raqamli elementni 
ochdi. Ushbu elementni esa, kashfiyotchi o‘z ona shahri – Parij sharafiga 
lyutetsiy
deb 
nomlagan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Lyutetsiy bu – Parijning qadimgi nomidir.
Siyrak yer elementlari ichida eng keng tarqalgani bu – 58-raqamli element bo‘lib, bu 
guruhga mansub elementlar orasida aynan u eng birinchi bo‘lib kashf qilingan. Gap 
seriy
elementi haqida bormoqda. Mazkur elementni avvaliga Martin Genrix Klaport (1743-1817) 
Germaniyada kashf qilgan bo‘lsa, Shvetsiyada kimyogarlar Yens Yakob Berselius (1779-1848) 


179 
bilan Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) tomonidan sof holda ajratib olingan. Har ikkala 
kashfiyot deyarli bir vaqtda, 1803 yilda amalga oshirilgan. Astronomiyadan xabardor kishilar 
yaxshi bilishadiki, 1801-yilda Italiyalik rohib-munajjim Juzeppe Piatssi Serera mitti 
sayyorasini kashf qilgan edi. Seriyning nomi aynan ushbu sayyora sharafiga qo‘yilgan. Boshqa 
siyrak yer elementlarida uchramaydigan ayrim xossalari tufayli, turdoshlariga qaraganda 
seriyni ajratib olish ancha osonroqdir.
Seriy tabiatda nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, uni ajratib olish ham unchalik katta 
mashaqqat talab qilmaydi. Elektr chiroqlari yordamida yoritish hali ommalashmagan 
zamonlarda odamlar uy va ko‘chalarni yoritish uchun kerosin yoki gazli lampalardan 
foydalanishar edi. Bunday chiroqlardan taralgan nur sariq rangda bo‘lib, xira va lipillaydigan 
bo‘lgan. Yoritish sifatini yaxshilash uchun yonayotgan olov atrofiga ko‘pgina teshiklari 
mavjud bo‘lgan perfosilindr o‘rnatishgan. Bunday silindrni 
gazoikal panjara
deb nomlashgan. 
Bunday panjaraning ajoyib xossasi bo‘lib, u ichida yonayotgan olovning issiqligi ta’sirida 
qizib, oq rangda barqaror nur sochib turgan. Eng qizig‘i esa, silindrning nur taratishi, ichkarida 
yonayotgan olovning nuridan ko‘ra sifatliroq bo‘lgan. Buning sababi, o‘sha panjaraning 
tarkibida mavjud bo‘lgan 
seriy oksidi
(Ce
2
O
3
) tufayli bo‘lgan.
Seriy xuddi magniy singari yorqin oq rangi olov bilan yonadi. Bu ham juda foydali 
jihatdir. Seriy va temirning 3/7 nisbatda o‘zaro qotishmasini nemislar «
mishmetal
» deb 
yuritishida. Metallurgiyaga oid xalqaro atamalarda esa, bu qotishmani 
ferroseriy 
tarzida 
uchratish mumkin. Nemislar aytmoqchi bo‘lgan jumlaning ma’nosi «aralashma metall» degani 
bo‘lib, uning tarkibida seriy va temirdan boshqa yana ba’zi siyrak yer metallari ham kam 
miqdorda mavjud bo‘ladi. Ushbu qotishmani tez o‘t oldirish zarur bo‘ladigan qurilmalarda, 
masalan, oddiy maishiy o‘t oldirgichlarda (zajigalka) qo‘llash mumkin. Tamaki 
chekuvchilarning hamyoni to‘ridan shohona joy olgan o‘t oldirgichlarning g‘ildirakchasi aynan 
shunday qotishmadan yasaladi. Uni bosh barmoq kuchi bilan aylantirishning o‘zi uchqun 
chiqishi uchun kifoya qiladi. Uchqun esa benzin bug‘larini alangalatib yuboradi va kashanda 
tamakisini tutatib oladi 

.
Siyrak yer elementlarning deyarli hammasi davriy jadvalda ittriydan keyin joylashadi. 
Lekin ular ichida faqat bittasi, aniqrog‘i, 
skandiy
elementi ittriydan avval, ya'ni, 21-raqam bilan
keladi. Skandiyni 1879-yilda shved kimyogari Lars Frederik Nilson (1840-1899) tomonidan 
ajratib olingan. Biroq, uning mavjudligini 1869-yildayoq D.I. Mendeleyev aytib o‘tgan edi. 
Nomdan ham ma’lumki, elementni Skandinaviya yarimoroli sharafiga nomlashgan.
Ushbu maqolada tilga olib o‘tilgan «Skandinaviya» elementlarining barchasi hozirgi 
zamonda katta amaliy ahamiyatga egadir. Ular asosan o‘ta yuqori aniqlikda ishlaydigan mikro- 
va nano-elektronika vositalari uchun eng muhim detallarni tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Skandinaviya elementlari, ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, siyrak yer elementlarisiz hozirgi 
zamonning eng ilg‘or devayslari – ayfon ham, planshetu, superkompyuterlar ham bo‘lmas edi. 
Shuningdek, ushbu elementlarning ayrimlari shishasozlikda, mahsulotning shaffofligini 
orttirish uchun qo‘llaniladi. Shisha va oynalarning infraqizil va ultrabinafsha nurlarni 
o‘tkazadigan yoki, filtrlaydigan maxsus navlarini ham aynan siyrak yer metallari qo‘shib 
tayyorlanadi. Yana ayrim siyrak yer elementlari kimyo sanoati katalizator sifatida o‘z 


180 
ahamiyatiga ega. Shuningdek, lazer texnologiyalari va optoelektronikada ham ushbu guruh 
elementlarining o‘rni katta.


181 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish