yer
metallari
» (qisqacha qilib «yerlar») deb nomlashgan. Kalsiy va magniyning oksidlari «ishqoriy
yer metallari», vanadiy va titanning oksidlarini esa, «
kislotali metallari
» deb nomlangan. Bu
atamalar hali kimyo fani unchalik rivojlanmagan, atamalar ilmiy tizimlashmagan paytlarda
urfga kirib qolgan bo‘lib, shu asnoda, ittriydan boshlab keyingi uning oilasiga mansub
elementlarning oksidlarini ham «siyrak yer metallari» deya nomlay boshlashgan. Chunki,
ushbu metallarning oksidlari boshqalardan ko‘ra tabiatda ancha kam uchraydi. Shundan kelib
chiqib, ittriy oilasi elementlarini kimyogarlar «
siyrak yer elementlari
» deb nomlashgan.
Biroq, qiziq fakt shuki, barcha siyrak yer elementlarini bir joyga jamlasa, ularning
miqdori mis yoki, qo‘rg‘oshindan ko‘p bo‘lib chiqadi. Ushbu oilaga mansub metallardan
ba’zilari masalan, qalaydan ko‘proq tarqalgan. Ba’zilari esa haqiqatan ham nodir metallar
sirasiga kiradi. Biroq, o‘sha eng kam tarqalgan siyrak yer metallari ham, aslini olganda oltin
yoki, platinadan ko‘ra ko‘proqdir.
Ushbu siyrak yer metallaridan uchtasi o‘sha shved shaharchasi – Itterbyu sharafiga
nomlanganini yuqorida aytib o‘tdik. Ulardan ittriy birinchi bo‘lib ochilgan bo‘lsa, erbiy va
terbiyni Mosander tomonidan 1843-yilda kashf qilingan edi. Itterbyu shaharchasi bilan bog‘liq
nomlangan to‘rtinchi elementni 1878 yilda Shveysariyalik kimyogar Jan Sharl Galissar de
Marinyak (1817-1894) tomonidan kashf qilingan. Bu davriy jadvaldagi 70-raqamli element –
itterbiy bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, jahonning eng yirik va buyuk shaharlarining birortasining nomi ham
davriy jadvalga tushmagan. Davriy jadvalga xoh sinchiklab, xoh yuzaki nazar solsangiz ham,
unda na Nyu-York, na London, na Rim va na Afina, yoki, Tokio, Shanxay, Berlin, Moskva,
Buenos-Ayres, Rio-de-Janeyro, Bag‘dod, Iskandariya kabi birorta ham shaharning nomini
177
biror elementga berilganini aniqlay olmaysiz. Jadvalda zamonaviy yirik shahar nomi berilgan
ikkita element mavjud – Lyutetsiy – Parijning qadimgi nomi bo‘lsa, Golmiy – Stokgolmning
qisqartirilgan nomidir. Lekin, ko‘rib turibsizki, Shvetsiyaning mazkur kichkinagina, aholisi
ham kam sonli bo‘lgan shaharchasining nomi naq to‘rtta elementga berilgan! Tan oling, siz bu
shaharning nomini agar kimyo darsliklari orqali eshitmagan bo‘lsangiz, unda na «Dunyo
Bo‘ylab» telekanalidagi telesayohat ko‘rsatuvlari ham va na vikipediydagi tasodifiy maqola
ham uni sizga tanishtirmagan bo‘lardi... Omad kelsa, shunchalik kelar
Lekin, siyrak yer elementlariga berilgan Skandinaviya yarimoroli bilan bog‘liq nomlar
shuning o‘zi bilan cheklanib qolmadi. 1879 yilda shved kimyogari Pyer Teodor Kleve (1840-
1905) kashf qilgan yana ikkita element davriy jadvalni to‘ldirdi. U 67- va 69-raqamli
elementlarni kashf qilgan edi. 67-raqamli element biz yuqorida tilga olib o‘tgan
golmiy
elementi bo‘lib, qayd etilgandek u Shvetsiya poytaxti – Stokgolm sharafiga nomlangan. 69-
elementni esa olim
tuliy
deb nomlagan bo‘lib, bu Skandinaviya yarim oroli hududida qadimda
gullab-yashnagan davlat – Tula sharafiga shunday atalgan. Shunga ko‘ra, mazkur element nomi
etimologiyasini Rossiyaning Tula shahri nomi bilan adashtirmaslik kerak.
Itterbiyni kashf qilganidan ikki yil o‘tib, Marinyak, davriy jadvalda 64-raqam bilan
o‘rin olishi lozim bo‘lgan yana bir yangi elementni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar
Marinyak, itterbia mineralini topish orqali kimyogarlarga shuncha yangi elementlarni kashf
qilishga yo‘l ochib bergan fin olimi Yoxann Gadolinni sharaflashga qaror qildi. Shuning uchun
64-raqamli element
gadoliniy
deb nomlandi.
Yuqorida aytilganlarni mulohaza qilib ko‘rsak, siyrak yer elementlarining yarmidan
ko‘pi Skandinaviya bilan bog‘liq nomlarga egaligini xulosa qilish mumkin. Shu sababli ham,
ushbu maqolani «Ittriy – Skandinaviya elementi» deb nomlashga qaror qildim. Menimcha,
nom muvaffaqiyatli chiqqan.
Siyrak yer elementlari ichida gadoliniy bir xossasi bilan qolgan turdoshlaridan yaqqol
ajralib turadi. Agar, siyrak yer metallarining magnit xossalarini qarab chiqsak, ular ichida
gadoliniy «oq qarg‘a», yoki, «otni qashqasi» ekanini ko‘rish mumkin. Ya'ni, gadoliniy siyrak
yer metallari ichida, magnit xossasiga ega bo‘lgan yakkayu-yagona metalldir. O‘zi umuman,
metallar ichida faqat temir, kobalt va nikel magnit xossasiga ega. Shunga ko‘ra, gadoliniyning
texnika uchun ahamiyati o‘ziga xosdir.
Siyrak yer metallari bir-birga favqulodda o‘xshash ekanliklari sababidan, kimyogarlar
ushbu elementlarni tanib olishda va ularni farqlashda ko‘p muammolarga duch kelishgan. Buni
qanchalik qiyin ekanini tasavvur qilishingiz uchun birgina misol keltirish kifoya. Siz hayotda
bir jinsga mansub egizaklarni albatta ko‘rgansiz, to‘g‘rimi? Agar siz o‘zingiz egizaklardan biri
bo‘lmasangiz, yoki, egizak farzandning ota-onasi bo‘lmasangiz, ularni bir qarashda, tashqi
ko‘rinishidan ajratib olishga ancha qiynalasiz. Boz ustiga, ular bir xil kiyinib yursa va ovozi,
yoki, o‘zini tutishi ham bir xil bo‘lsa bormi, ularni farqlash yanada murakkab yumushga
aylanadi. Odatda, biz hayotda uchratadigan egizaklar ikkitalik yoki, uchtalik, kamdan-kam
hollarda esa to‘rttalik egizaklar bo‘lishadi. Endi tasavvur qiling, egizaklar ikki yoki uchtalik
178
emas, to‘rttalik ham emas, balki, naq 15-nafar bo‘lsa-chi?! Siz ularni o‘zaro farqlay olmay
xunobingiz oshgan bo‘lardi.
Kimyogarlar ham xuddi siz va bizdek odamlar
. Shuning uchun, bunday o‘ta chigal
holat avvalboshda ularni ham juda-juda xunob qilgan. Ularning bu boradagi chekkan
zahmatlari, o‘sha 15-ta egizak elementlarga berilgan ba’zi nomlarda ham o‘z aksini topgan.
Chunonchi, Mosander 1839 yilda kashf qilgan 57-raqamli elementni «
lantan
» deb nomlagan.
U lantanni alohida element sifatida ajratib olguncha jismonan ancha horigan ko‘rinadi. Shunga
binoan u mazkur elementga «erib ketmoq» degan ma’noda nom bergan. Yana bir siyrak
metallni kashf qilgan Lekok de Buabodran (1838-1912) undan ham battar mashaqqat chekkan
shekilli, arang kashf etgan elementiga
Do'stlaringiz bilan baham: |