191
o‘xshashligi kabi ekan. Ushbu faktga ko‘ra olimlar xuddi siyrak yer elementlarida uchraydigan
holat singari o‘xshashliklar seriyasiga duch keldik deb xulosa qilishdi.
Ushbu yangi seriyaning aktiniydan boshlanishini e’tiborga olib, ushbu seriyaga mansub
elementlarga
aktinoidlar
deb nom berilgan. Davriy jadvalda aktinoidlar qatori lantanoidlar
qatori ostida joylashadi: aktiniy – lantan ostida, toriy –
seriy ostida, protaktiniy –
prazeodimning tagida, uran – neodimdan pastda, neptuniy – prometiydan va plutoniy –
samariydan bitta quyidagi katakchada joylashadi.
Kaliforniya universiteti olimlari yangi kimyoviy elementlarni
kashf qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishdi. Shu yo‘sinda,
1944-yili 95-raqamli element kashf etildi. Uning joylashuv manzili
shundoqqina yevropiyning ostidagi katakcha bo‘lgani uchun, olimlar
bu element uchun o‘ziga xos «posangi»
atama biriktirishga qaror
qilishgan. Ya'ni, 95-raqamli elementni
ameritsiy
deb nomlashgan.
Oradan ikki yil o‘tib, 1946-yilda 95-raqamli element ham kashf etildi.
96-elementning jadvaldagi manzili – gadoliniy katakchasi ostida
bo‘lib, gadoliniy atamasining o‘zi kimyo fani tarixida yorqin iz
qoldirgan olim, siyrak yer elementlarini kashf qilishda katta jonbozlik
ko‘rsatgan kimyogar Yuxan Gadolin sharafiga atalgan edi.
Shunga
ko‘ra, jadvalda unga qo‘shni bo‘ladigan yangi, 96-raqamli element
uchun ham, kimyo fani uchun shunday buyuk xizmatlar ko‘rsatgan
biror olim nomini berishga qaror qilingan. Muhokamalardan so‘ng,
96-raqamli element kashfiyotchilari bo‘lgan olimlar ushbu element uchun
kyuriy
nomini
berishni ma’qul topishdi. Kyuri – radioaktivlik hodisasini o‘rganishda eng katta natijalarni
qo‘lga kiritgan va bir necha yangi radioaktiv elementlarni kashf qilgan olimlar oilasi – Pyer va
Mariya Kyurilar
sharafiga, ularning familiyasi bilan atalagan.
Ko‘p xossalariga ko‘ra aktinoidlar lantanoidlarga o‘xshab ketadi. Masalan, toriy odatda
tarkibida lantanoid elementlar mavjud bo‘lgan rudalarda uchraydi. Toriy eng uchraydigan
asosiy ruda –
monazit
bo‘lib, u ham lantanoidlarni o‘zida tutadi. Yer sharining muayyan bir
joyida muayyan bir elementning yig‘ilib qolishini ta’minlovchi
kimyoviy jarayonlar, shuningdek, xossalariga ko‘ra o‘zaro o‘xshash
bo‘lgan muayyan elementlar majmuining ham hosil bo‘lishini
ta’minlab beradi. Shu sababli ham, bir joyning o‘zida barcha
lantanoidlarni uchratish mumkin bo‘ladi. Aynan shu sababga ko‘ra,
gafniy sirkoniy bilan, kadmiy rux bilan, platina nikel bilan yonma-yon
uchraydi.
Jadval bo‘ylab urandan keyingi elementlarni ko‘rib
chiqishda
davom etamiz. 97-raqamli elementni 1949-yilda, 98-raqamli
elementni esa 1950-yilda yana o‘sha Berklidagi Kaliforniya
Texnologiya Universitetida, Giorso va Siborg boshchiligidagi ilmiy
guruh tomonidan kashf qilingan. Bu safar kashfiyotchilar o‘z