194
Dubniy, rezerfordiy va lourensiylarning taqdiri 106-raqamli
element bilan ham takrorlandi. Uni ilk bora 1974-yilda Berkli ilmiy
guruhi olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Biroq, endi bu safar Dubnadagi
ilmiy guruh ham ulardan qolishmadi
va mazkur elementni sintez
qilganini e’lon qildi. Avvalgi safarlarda bo‘lgan bahs, ushbu elementga
taalluqli bo‘lib qoldi. Biroq, bu safar IUPAC nisbatan qat’iyatliroq
qaror berdi va kashfiyotchilik maqomini Berkli guruhiga biriktirdi.
Natijada ushbu elementga AQSHlik olimlar nom berishdi. Unga ko‘ra, 106-raqamli element
mashhur kimyogar, jami 10 ta transuran elementlarni kashf qilgan Glenn Siborg (1912-1999)
sharafiga
siborgiy
deb nomlanadigan bo‘ladi. Ushbu atama 1997-yilda rasman tasdiqlangan.
Shu tarzda olim Glen Siborg hali o‘zi hayotlik chog‘idayoq o‘z nomini davriy jadvalga
kiritilgan ilk inson bo‘lgan edi.
1976-yilda endi Dubna ilmiy guruhi birinchi bo‘lib 107-raqamli
element kashf etilganini e’lon qildi. 5 yil o‘tib, 1981-yilda endi
Dubnaliklarning kashfiyotiga bu safar olmon olimlari sherik chiqa
boshlashdi. Darmshtadtdagi Og‘ir Ionlar
Institutida Dubna tajribasi
takrorlandi. Olmon olimlarining yutug‘i shunda ediki, ular yangi
elementning hosil bo‘lish reaksiyasini 5 marta qayta muvaffaqiyat bilan
takrorlay olishdi. Dubnaliklar esa bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olishmasdi. Qolaversa,
Darmshtadt tajribalarida Dubnaliklarning ayrim xulosalari noo‘rin ekani oydinlashib qoldi.
Shu sababli 1982-yili Dubna va Darmshtadt ilmiy guruhlari o‘zaro
kelishib, yangi element
uchun nom berish huquqini olmon olimlariga havola qilishdi. Har taraflama ma’qullangan
taklifga ko‘ra, ushbu beqaror radioaktiv elementga Daniyalik mashhur fizik Nils Borning
nomini berishga qaror qilindi. Biroq, IUPACning 1997-yilgi qaroriga ko‘ra, element nomida
olimning ham ismi va ham familiyasi bo‘lishi o‘rinsiz ekani e’tirof etildi va 107-raqamli
elementga
boriy
atamasi rasman biriktirildi.
Boriyning nomlanish taqdiri uning qo‘shnisi – 108-raqamli
elementda ham takrorlangan. Uni dastavval Darmshtadt laboratoriyasi
xodimlari 1984-yilda sintez qilishgan edi. O‘sha yilning o‘zida ayni
elementni Dubnaliklar ham olishga muvaffaq bo‘lishgan.
IUPAC
belgilagan qarorga ko‘ra, olmonlarning kashfiyoti birinchi bo‘lganligi
e’tirof etilgan va kashfiyotga nom berish huquqi ham ularga
topshirilgan. Olmonlar dastavval 108-elementni
Do'stlaringiz bilan baham: