185
Atom raqami 92 va 90 bo‘lgan Uran va toriy elementlarining 82-
element - qo‘rg‘oshingacha parchalanishi yo‘lida hosil bo‘luvchi
elementlar qatori, davriy jadvaldagi 84, 85, 86, 87, 88, 89 va 91 – raqamli
elementlarning barchasini o‘z ichiga oladi. Bular:
Poloniy, astat, radon,
fransiy, radiy, aktiniy
va
protaktiniy
elementlari bo‘lib, ularning
hammasi radioaktiv elementlardir. Ushbu radioaktiv elementlar ham vaqt
o‘tishi bilan parchalanib boradi. Faqat ularning parchalanish muddatlari,
ya'ni, yarim yemirilish davri uran va toriy elementlariga nisbatan ancha
tezroq, boshqacha aytganda qisqaroq bo‘ladi. Agar 84-elementdan
boshlab 91-elementgacha bo‘lgan
radioaktiv elementlar katta
miqdorlarda va sof holda mavjud bo‘lganida, o‘tgan million yillar
mobaynida ular butunlay parchalanib ketib bo‘lgan bo‘lur edi. Ulardan
ayrimlari bir necha kun ichida parchalanib, qo‘rg‘oshinga aylanib
bo‘lgan bo‘lardi. Xo‘sh, nimaga bunday bo‘lmayapti? – degan savol
sizga ham yarq etib kelgan bo‘lsa kerak?
Gap shundaki, ushbu
elementlarning o‘z holicha, sof holatda mavjud bo‘lgan miqdorlari (agar
qachonlardir bo‘lgan bo‘lsa) haqiqatan ham parchalanib, qo‘rg‘oshinga
aylanib ketib bo‘lgan. hozirda mavjud Poloniy, radiy, fransiy, aktiniy,
protaktiniy radon, astat elementlari atomlari esa, aynan toriy va radiyning
parchalanishidan hosil bo‘lgan va hosil bo‘lib kelmoqda.
O‘zida uran yoki toriy tutadigan har qanday minerallarning
tarkibida ushbu 84-91 radioaktiv qatorga mansub elementlarning
barchasi muayyan miqdorlarda albatta uchraydi.
Shu sababli ham
nasturan minerali, undagi barcha uranni chiqarib olgandan so‘ng ham
radioaktiv bo‘lib qolaveradi. Er-xotin olimlar oilasi Mariya Kyuri va
Pyer Kyurilar aynan tarkibidagi hamma uran ajratib olib bo‘lingan
nasturan bilan ish olib borishgan. Ular ushbu mineralda qolgan boshqa
radioaktiv elementlarni ajratib olishga urinishgan. Bu qanchalik
murakkab va mushkul ish ekanligini tasavvur qilish uchun ushbu faktga
e’tibor qaratishimiz mumkin: nasturan tarkibidagi urandan keyingi o‘sha
qoldiq radioaktiv elementlarning umumiy ulushi, mineralning massasiga
nisbatan 3 trilliondan bir qismni tashkil etadi. Ya'ni, bir tonna nasturan
mineralida atiga 0,003 gramm boshqa radioaktiv elementlar mavjud
bo‘ladi.
Xayriyatki, olimlar oilasi ixtiyorida yetarlicha nasturan rudasi
bo‘lgan. Ular ilmiy tadqiqot olib borgan yillarda hozirgi Chexiya davlati
hududlari Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lib, imperiya
hukumati olimlarga ushbu rudani mutlaqo bepul taqdim etgan (sababi
imperiya hukumatidagi amaldorlar bu rudani keraksiz chiqindi deb
hisoblashgan). Pyer va Mariya Kyurilar faqat rudani laboratoriyagacha
tashib keltirilishi uchun mablag‘ sarflashgan.
186
Uzoq izlanishlarda so‘ng er-xotin Kyurilar o‘z maqsadlariga erishdilar. Dastavval,
1898-yilda ular tomonidan yangi, atom raqami 84 bo‘lgan radioaktiv element –
poloniy
kashf
etildi. Bu elementni ular Mariya Kyurining vatani – Polsha sharafiga shunday nomlashgan.
O‘sha yilning o‘zida Kyurilar laboratoriyasida shuningdek yana bir yangi radioaktiv element –
radiy
ham kashf etildi. Albatta, ular aniqlagan ilk radiy elementi sof holda bo‘lmay, balki,
birikma tarkibida bo‘lgan. Alohida holdagi metall radiyni ular faqat 1910 yilga kelibgina ajratib
olishga muvaffaq bo‘lishdi. Radiyning nomi qadimgi lotin tilida «nur» ma’nosini beradi.
Poloniy ham radiy ham uran va toriyga nisbatan yanada kuchliroq
radioaktivlik xossalarini
namoyon qiladi. Deyarli o‘sha paytlardayoq radiyning nurlanish quvvatidan odam
organizmidagi xavfli o‘smalarni yo‘qotish uchun foydalana boshlangan. Biroq, radiy bilan
ishlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish lozim bo‘lgan. Chunki, me’yorga amal qilinmasa,
radiyning o‘zi ham tanada turli xavfli kasalliklar, xususan saraton paydo qilishi mumkin.
Hozirda olimlar tomonidan radioaktivlik orqali saratonni
davolash borasida yanada
takomillashgan va nisbatan xavfsiz usullar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
Beqaror elementlar bo‘lishiga qaramay, uran, toriy va boshqa radioaktiv elementlarning
barchasi kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi barqaror elementlar singari, o‘z munosib
joylarini topishdi. Radiy – ishqoriy yer metali hisoblanadi. Uning jadvaldagi joylashuviga
nazar solsak, shundoqqina bariyning ostida turganini ko‘ramiz. Kimyoviy xossalariga ko‘ra
ham radiy ko‘p jihatdan bariyga juda o‘xshab ketadi.
Shu singari, Poloniy ham tellurning tagida joylashgan bo‘lib, xossalariga ko‘ra tellurga
judayam o‘xshaydi.
Radiy atomi parchalanganida undan davriy jadvaldagi 86-raqamli element -
radon
atomi paydo bo‘ladi. Radon esa gaz bo‘lib, gaz bo‘lganda ham radioaktiv gazdir!
Davriy
jadvalda radon inert gazlar turkumida qayd etilgan bo‘lib, shundoqqina ksenonning tagida
joylashgan. Radon ham aksariyat inert gazlarda mavjud bo‘lgan kimyoviy xossalarni o‘zida
namoyon qiladi.
Radonni 1900-yilda kimyogar olim Fridrix Ernest Dorn kashf qilgan. Avvaliga olim
ushbu elementni
Do'stlaringiz bilan baham: