Koinotning qurilish ashyolari


XXIV-BOB: URAN – BEQAROR ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXIV-BOB: URAN – BEQAROR ELEMENT 
Mendeleyev 
kimyoviy 
elementlar 
davriy jadvalidagi elementlarning aksariyati, 
ya'ni, 1-raqamli element vodoroddan boshlab, 
83-raqamli element vismutgacha bo‘lgan 
barchasi barqaror elementlar sanaladi. Ushbu 
elementlarning hech bo‘lmasa bir dona atomi 
doimiy barqaror bo‘lib qoladi. Balki tabiatda 
mavjud barqaror elementlarning hammasi 
aynan o‘sha 83 ta elementdan iborat bo‘lishi 
mumkin.
Vismutdan keyin keluvchi element – 
poloniydan 
boshlab, 
beqaror 
kimyoviy 
elementlar qatori boshlanadi. Bu elementlarni 
beqaror deyilishiga sabab, vaqt o‘tishi bilan bunday elementning atomi parchalanib, boshqa bir 
atomga aylanadi. Bunday beqaror elementlar ichida keng tarqalgani va eng birinchi bo‘lib 
kashf qilingani – davriy jadvaldagi 92 raqamli element - Uran elementidir. Uranni 1789-yilda 
olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan 
nasturan
mineralini tadqiq 
qilish vaqtida kashf etilgan. O‘zi kashf qilgan elementni olim, o‘sha yillarda astronom 
hamkasblari tomonidan kashf etilgan yangi sayyora – Uran sharafiga shu nom bilan nomlagan.
Nasturan minerali tarkibida uran oksidi (U
3
O
8
yoki UO
2
) mavjud bo‘ladi. Uranni 
tozalab olish juda qiyin. U titan va shunga o‘xshash metallar kabi juda faol bo‘lib, uni o‘z 
tarkibidagi aralashmalardan xalos qilish mushkul vazifadir. Dunyodagi yetakchi kimyo 
laboratoriyalarida ham uranni sof holda olishga bo‘lgan urinishlar 1942-yilgacha doimo 
besamar ketgan. Faqat 1942-yilga kelibgina, atom bombasi tayyorlash loyihasi asnosida uran 
elementi ilk bora sof holda olindi. Kimyogarlarning hayratiga sabab bo‘lib, olingan uran metali 
kumush rangida bo‘lib chiqdi. Og‘irligi esa oltinning og‘irligiga yaqin ekan. 
Uran kashf qilinganidan keyingi yuz yil davomida uni biror tayinli maqsadda 
ishlatilmagan. Masalan Chexiyadagi nasturan koni XVI-asrdan boshlab qazishga kirishilgan 
bo‘lsa-da, u yerda konchilar nasturanga yo‘ldosh kumushni ajratib olish uchungina ishlashgan. 
XIX-asr ikkinchi yarmiga kelib Chexiyadagi konda kumush chiqmay qo‘ydi va endi konchilar 
o‘sha joyning o‘zidan qo‘rg‘oshin qazishga o‘tishdi. Keyinchalik konda qo‘rg‘oshin ham tugab 
bitdi. Shundan so‘ng, XX-asrning 40-yillarigacha kon tashlandiq holda yotdi va u yerda 
uranning ulkan zahirasi borligi birovning xayoliga ham kelmadi.
Bu vaqt davomida uranning ba’zi birikmalarini shishaga qo‘shish uchun ishlatishgan. 
Juda oz miqdorda qo‘shilgan uran birikmalari shishaga kanareykalar patidagi singari yorqin 
yashil-sariq rang bergan. Shuningdek yana boshqa bir uran birikmasidan keramika 
mahsulotlarini sirlashda va bo‘yashda foydalanishgan. Uranni amalda qo‘llash sohalari faqat 
shu ikki jabhadangina iborat bo‘lgan. Kimyogarlarning ham uranga bo‘lgan qiziqishi uning 


182 
ayrim birikmalarida shunday flyuroessentlik xossasi, ya'ni turli ranglar bilan jilvalanishi 
xususiyati mavjudligi yuzasidan bo‘lgan xolos. Ya'ni, uranni ultrabinafsha nurlariga tutilsa u 
yorqin sariq rangda tovlangan.
1896-yilda farang fizigi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908) mutlaqo tasodifiy ravishda 
shuni payqab qoldiki, uranning atomlari fanga shu choqqacha noma’lum bo‘lgan qandaydir 
nurlanish taratar ekan. Ushbu nurlanishlarni keyinchalik 
radioaktivlik
deb nomlashdi. Shundan 
keyin fiziklar va kimyogarlar orasida uran elementiga bo‘lgan qiziqish benihoya ortib ketdi.
Tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, uran atomida chiqayotgan 
nurlanishlarning ayrim turlari, atomning o‘zidan ham kichik zarrachalardan tashkil topar ekan. 
Shu sababli ham bunday zarrachalarga 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish