2. Asosiy qism



Download 11,49 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi11,49 Kb.
#314052
Bog'liq
zakovat


2.Asosiy qism .

1. Bu oila a’zolari radioaktiv elementlarni kashf etish bo’yicha kimyo tarixida bir necha marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Ulardan biri ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan yagona olima hisoblanadi. Bu oilaning familiyasini ayting. (Kyuri.)

2. Kunlardan birida bir olimning kalishidan suv o’tib ketadi. U uyiga kelgach, jahl bilan kalishini qizib turgan pechkaning ustiga otib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin qarasa, kalishlar suyuqlanmagan. Kalishlar sovigandan keyin ancha mustahkam bo’lib qolgan edi. Pechkaga tashlangan oyoq kiyimida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’lgan? (Vulkanlash.)

3. Bu qomusiy olim oltin, simob, qo’rg’oshin, kumush, mis, temir va qalayning solishtirma og’irligini shu darajada aniq topganki, oradan deyarli ming yil o’tib zamonaviy usullar yordamida aniqlangan solishtrma og’irlik bilan solishtirilganda ular orasidagi farq atigi 0,1…0,3 %ni tashkil etadi. Bundan tashqari, u juda ko’p minerallarning xossa va xususiyatlarini ham to’liq tavsiflab bergan. Olimning nomini ayting. ( A.Rayhon Beruniy)

4. Ma`lumki, ba`zi organik moddalarning kimyoviy formulasi bir xil bo’lsa-da, ular kimyoviy xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Uzum va vino kislotalari turli xil bo’lishiga qaramasdan bir xil emperik formula bilan ifodalanadi. Kimyogarlardan biri 1830-yilda bunday birikmalarni izomeriya deb atashni taklif qilgan. Qaysi kimyogar bu taklifni kiritgan? (Berselius)

5. Sof holatda bu elementni olish ustida ishlagan olimlardan bir nechtasi halok bo’lishgan. Ingliz kimyogarlari aka-uka Nokslar, fransuzlardan Gey-Lyussak va L.J.Tenar jarohat olishgan. Uni hatto mashhur olim M.Faradey ham ololmagan. 1886-yili fransuz kimyogari A.Muassan bu “qo’lga tushmas qasoskor”ni sof holda olganini e’lon qilgan. Bu paytda uning bir ko’zi jarohat tufayli bog’liq edi. Olimlarni ko’p yillar sarson qilgan elementning nomini ayting. ( Ftor.)

6. 1890-yillarda Lord Raley va ser Uilyam Ramzay uran minerallarida ulardan ajralib chiqadigan gazlarni o’rganish jarayonida noma`lum spektr chiziqlari borligini aniqlaydilar. Ular uran na`munasini Lokyerga tekshirib ko’rish uchun yuboradilar. Lokyer namunani sinab ko’rib quyosh nurini kuzatgandagi jarayonga o’xshashligini aniqlagan. Hozirda bu gaz kundalik hayotda havo sharlarini va dijabllarni to’ldirishda qollaniladi. Reley va Ramzay bu gazni ,,dangasa’’ yoki ,,befarq’’ so’zlarining grekcha nomi bilan ataganlar. gap qaysi element haqida ketyapti? (Argon.)

7.Gamburglik savdogar Xenni Brand kimyoga juda qiziqqan. U o’zicha juda ko’p tajribalar o’tkazgan. jumladan, siydikni bulg’atib, hosil bo’lgan och sariq rangdagi qoldig’iga ko’mir va qum aralashtirgan hamda retortada havosiz qizdirgan. Natijada 1669-yili yangi, qorong’ida yrug’lik chiqarish xossasiga ega bo’lgan moddani hosil qilgan. u modda tabiatda muhim ahamiyatga ega. U qaysi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi? (Fosfor.)

8. 1811-yilda fransiyalik kimyogar-texnolog Bernar Kurtuaning otasi selitra pishirish bilan, Kurtuaning o’zi esa dengiz o’simliklari kulini o’rganish bilan shug’ullanishar edi. O’sha paytda soda dengiz o’ti kulidan olinardi. Kurtua kul eritmasini mis qozonda bug’latganda qozonning tez yemrilishini kuzatgan. Uikkita kolba olib, bittasiga sulfat kislota bilan temir, ikkinchisiga esa kul va suv aralashmasini solidi. Tadqiqotni o’tkazayotgan paytda laboratoriyaga kirib qolgan mushuk kolbalarni yiqitib yuboradi. Natijada kolbadagi eritmalar bir-biriga aralashib ketadi va aralashmadan siyohrang tutun chiqa boshlaydi. Buni ko’rgan yosh olim hayron bo’lib qoladi.U aslida o’zi bilmagan holda yangi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi. Bu kimyoviy elementning nomini ayting. (Yod.)

9. Ingliz kimyogari Robert Boyl labaratoriyada navbatdagi tajriba o’tkazayotgan paytda bog’bon unga bir savat binafsha olib keladi.Gullarni yaxshi ko’rgan Boyl ularni hidlab, saqlash uchun stakandagi suvga solib qo’yadi.O’sha paytda laboratoriyani achchiq gaz hidi qoplab olgan edi.Birozdan so’ng gullar rangi to’q siyohrangdan qizil rangga o’tib qoladi. Buni ko’rgan olim shogirdlariga bir necha xil eritma tayyorlashni buyuradi va ularga gul bargidan solib ko’radi.Lakmusli lishaynik eritmasi yaxshi natija beradi. Boyl uni ko’rsatkich so’zining lotincha nomi bilan atagan. Hozirda bu pereparat kimyoviy laboratoriya analizlarida keng qo’llaniladi.Uning nomini ayting. (Indikator.)

10.Amerikalik Garas Uells azot oksidlari ustida tajribalar o’tkazardi. Bir kuni azot oksidlaridan birini, kolba sinig’idan shikastlangan laborantining og’rigan yuziga hazillashib surtadi.Tasodifni qarangki, birozdan so’ng og’riq to’xtaydi.Shundan so’ng Uells bu moddani og’riq qoldirish uchun ishlata boshlaydi.1772-yildan boshlab esa ixtiro qilingan modda stomatologiyada ishlatila boshlanadi.Bu qanday modda edi? (N2O.)

11.Shotlandiyalik olim Alekandr Flemingning ish joyi doimo tartibsiz bo’lardi. Uning labaratoriya ishlari:Petri kosachasi, kolba va probirkalardan iborat bo’lib, ularda zararli va zararsiz bakteriyalar o’sib yotardi.Kunlarning birida olim ish joyini tartibga keltirish niyatida keraksiz idishlarni axlatga tashlagan. Zarur shisha idishlarni suv bilan chayayotgan paytda esa biriga mog’or tushib qolib, bu mog’or infeksiyaga qarshi kurashda samarali modda bo’lib chiqqan. Flemning 1928-yilda ixtiro qilgan modda hozirgacha tibbiyotda keng ko’lamda ishlatiladi. Bu moddaning nomini ayting. (Penitsilin)

12. Yosh rus emigrant Filbert amerikalik A. Remesenning laboratoriyasida 1872-yilda tadqiqotchi bo’lib ishlar edi. navbatdagi tajribasini tugatmasdanoq tushlik qilish uchun oshxonaga bogan olim qo’llarini yuvishni ham unitib, ovqatlanishga o’tiradi. Ovqatlanish paytida u og’zida shirin ta’mni sezadi. Buning sababini bilish uchun laboratoriyaga kelib, sintez uchun qo’llagan reagentlarni ko’zdan kechiradi. Idishdagi tashlab yuborish uchun mo’ljallangan oraliq mahsulotni tekshirib ko’rsa, u juda shirin bo’lgan.Hozirda bu modda diabet xastaligiga uchragan odamlan uchun mo’ljallangan shirinlik bo’lib, uning shirinlik darajasi odatdagi shirinliklardan 500 marta yuqori. Bu modda qanday nomlanadi? (Saxarin.)

13. Nemis kimyogari Vyoler kalsiy karbonat va ko’mir aralashmasini kalsiy metalini ajratib olish uchun uzoq vaqt qizdirganda kulrang massa hosil bo’ldi. Uni keraksiz modda deb, hovlidagi chiqit tashlaydigan joyga tashlaydi. Yomg’ir yog’ganda toshga o’xshagan bu massadan gaz ajralib chiqqanini ko’radi. tekshirib ko’rganda bu gaz 1836-yilda E. Devi tomonidan ixtiro qilingan asetilenligi ma’lum bo’ladi. Vyoler ixtiro qilgan toshga o’xshash kulrang massa qanday modda bo’lgan? (Kalsiy karbid.)

14. Qaysi olim o’z kashfiyoti tufayli o’zini bir umr kechira olmagan, lekin uning bu kashfiyoti haligacha uni nomini mashhur qilib kelmoqda. (A. Nobel.)

15. Kimyo fanidagi birinchi nazariya “moddalar yonishining boshlanishi” deb atalgan(metallarning oksidlanish qaytarilish jarayoni). Bu jarayon qanday nomlangan? (Flagiston.)

16. 1774-yili Jozef Pristli tajribalar o’tkazib, ammoniy xlorid kukuni bilan kalsiy gidroksidni aralashtirdi. Bunda u o’tkir bo’g’iq gaz ajralib chiqa boshladi. Qizdirganda esa bu gazning ajralib chiqishi yanada kuchayadi. J.Pristli qanday gazni ixtio qilgan? (Ammiak.)

17. G.Devi kaliy elementi ustida tajriba o’tkazayotgan paytida portlash sodir bo’ladi va u bir ko’zidan ajraladi. G.Devi quyida keltirilgan qaysi modda bilan reaksiya o’tkazayotgan paytda bu hodisa sodir bo’lgan deb o’ylaysiz? (Suv.)

18.Yosh M.Faradey dastlab kitoblarni muqovalaydigan ustaxonada ishlagan.G. Devining ma’ruzalarida qatnab yurgan. G.Devi M. Faradeyning harakatchanligi va qobiliyatini sezib o’ziga laborant qilib olgan. Faradey faoliyati davomida Devi yordamida bir necha ilmiy maqolalarni chop ettiradi. Maykl Faradey 1831-yili birinchi, eng muhim ixtirosini qiladi. Bu ixtiro qanday nomlanadi? ( Elektromagnit induksiyta hodisasi.)

19. 1602-yil boloniyalik kimyoga qiziquvchi etikdo’z Kassiarolo juda og’ir tosh topib oladi. Uning tarkibida oltin bo’lishi mumkin,deb o’ylab,toshni ko’mir va olif moyi aralashmasida qizdiradi;sovigandan so’ng undan to’q qizil nur chiqishini kuzatadi. 1774-yili shved kimyogari K.Sheyele va Yuganlar bu toshni barit deb o’ylab,uning tarkibidan yangi elementni ajratib olganlar. Etikdo’z qaysi elementning ochilishiga sabab bo’lgan? (Bariy.)



20.22 yashar yosh kimyogar Robert Chizbro 1859-yili Pensilvaniyada joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga boradi. U bu yerga mahsulot saqlanadigan idish tubidagi parafinni ko’rib qoladi. Uni ishchilar jarohatlangan qo’llariga surtish uchun ishlatishar edi.Chizbro parafindan namuna olib, labaratoriyada tajribalar o’tkazadi. Namunadan yangi mahsulot oladi va uni ishlab chiqarishni tashkil etadi. Keyinchalik Afrika va yevropa mamlakatlarida zavodlar tashkil etib, yirik kapitalistga aylanadi. R. Chizbro qaysi moddani ixtiro qilgan edi? ( Vazelin.)
Download 11,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish