Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

natriy amalgammasi
tayyorlab, keyin u bilan tajribalar o‘tkazadilar. 
Natriy amalgammasi ham natriyning o‘zi bilan qilsa bo‘ladigan deyarli barcha tajribalarni 


155 
o‘tkazish imkonini beradi. Yaxshi tarafi shundaki, natriy amalgammasi natriyning o‘zidan 
ko‘ra ancha xavfsizdir.
Simob shuningdek maxsus lampalarda qo‘llaniladi. Zich germetik lampa ichiga simob 
tomchisi joylashtirilsa, unga tok berilganda tok ta’sirida suyuq simob bug‘lanib, gaz holatiga 
o‘tadi. Gazsimon simob esa qizib o‘zidan yorug‘lik nuri taratadi. Bunday simobli lampalardan 
ultrabinafsha nurlar manbai sifatida foydalanish mumkin.
Simob xloridi
– molekulasida ikkita simob va ikkita xlor atomidan iborat modda 
bo‘ladi. U avvallari 
kalomel
nomi bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan. Kalomeldan surgi 
dori sifatida foydalanilgan. Odamlar bu moddaning zararli tarafini bilishmaganliklari uchun u 
ko‘p yillar mobaynida uncha-muncha odamning ichak va hazm qilish tizimini ishdan 
chiqargan. Kalomel ich surishdan tashqari, odamni qayt qilishga ham majbur qiladi va iste’mol 
qilgan odamning sillasini quritib qo‘yadi. Kalomelning yaqin qarindoshi 
sulema
nomli modda 
bo‘lib, uning ilmiy nomi 
simob dixloridi
bo‘ladi. Bu modda molekulasi bitta simob va ikkita 
xlor atomlaridan iborat bo‘ladi. Sulema kalomeldan ham zararliroq. Xalq orasida uni 
sublemat 
ham deyiladi. Sulema, yoki, sublemat odamni o‘limga ham olib kelishi mumkin.
Simob oksidi
– pishiq g‘ishtning rangidagi qizg‘ish-qo‘ng‘ir modda bo‘lib, uning 
molekulasi bitta simob va bitta kislorod atomidan iborat bo‘ladi. Bu moddaning qiziq tarixi 
bo‘lib, uni eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Jozef Pristli kislorodni kashf qilgan tajribalarida 
aynan simob oksidini qizdirgan edi. Simobning yana bir qizg‘ish rangli birikmasi – 
simob 
sulfidi
bo‘lib, uning molekulasida bitta simob va bitta oltingugurt atomi bo‘ladi. Simob sulfidi 
tabiatda eng keng tarqalgan simob birikmasi bo‘lib, uni simob rudasi ham deyish mumkin. 
Tabiiy holda, ruda ko‘rinishidagi simob sulfidini mutaxassislar 
kinovar
deyiladi. Kinovar eng 
boy simob rudasi bo‘lib, uning tabiiy, sof holdagi shaklidan yorqin qip-qizil pigment – 
vermilion
olinadi.
Simobning yana 
paqildoq simob
nomli birikmasi ham qiziq tabiatga ega. Paqildoq 
simob mutaxassislar tilida 
simob fulminat
deyiladi. Ushbu modda molekulasi tarkibida bittadan 
simob, kislorod, azot va uglerod atomlari mavjud bo‘ladi. Paqildoq simob arzimagan nozik 
teginish tufayli ham paqillab, portlash sodir qiladi. Bu esa, simobning mazkur birikmasini eng 
xavfli moddalar qatorida tilga olishga majbur qiladi. Boshqa har qanday portlovchi moddalarni 
portlashi uchun ancha ko‘proq mexanik ta’sir kerak bo‘ladi. Lekin, paqildoq simobga salgina 
turtki kifoya qiladi. Shu sababli, portlatish texnikasida, masalan, tog‘-kon ishlarida simob 
fulminatni nisbatan qiyin portlaydigan moddalarni, masalan 
dinamitni
portlatish uchun 
detonator
sifatida ishlatishadi. Fulminatni masofadan turib, nozik elektr uchquni vositasida 
portlatish mumkin. U esa, o‘z navbatida boshqa portlovchi moddalarni harakatga keltiradi.
Simobning avvallari tibbiyotda keng qo‘llanilgan birikmalaridan biri – 
merkuroxrom
bo‘lib, uning molekula tuzilishi ancha murakkab. Merkuroxrom antiseptik xossasiga ega 
bo‘lib, undan yaralarni davolashda foydalanilgan. 
.


156 
Davriy jadvalda simobdan yuqorida turuvchi ikkita o‘xshash metall bo‘lib, ulardan biri 
– atom raqami 30 bo‘lgan 
rux
elementidir.
Rux odamlarga juda qadimdan ma’lum metalldir. Eramizdan avvalgi 1500-yilga 
taalluqli asori atiqalar ichida ruxdan tayyorlanganlari ham topilgan. Ushbu metallni sof holatda 
1746-yilda olmon kimyogari Sigizmund Marggraf ajratib olgan.
Ruxni mis bilan qotishmasi 
latun
deyiladi. Latun misdan ham ruxdan ham pishiqroq, 
zichroq va mustahkamroq bo‘ladi. Latunga yana 12% miqdorda nikel ham qo‘shilsa, hosil 
bo‘lgan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish