4. XVIII asrda Farg’ona vodiysidagi siyosiy vaziyat. Qo’qon
xonligining tashkil topishi. Qo’qon xonligida madaniy hayot.
O’rta Osiyoda eng keyin vujudga kelgan xonlik bu Qo’qon xonligi edi.
Xonlikka 1710 yilda ming qabilasidan chiqqan Shohruhbiy asos soldi. Bu yerda
shuni alohida qayd etish zarurki, Shayboniylardan so’ng Buxoro taxtiga o’tirgan
Ashtarxoniylar sulolasi davrida shu sulola vakillarining taxt uchun o’zaro
kurashlar tufayli Buxoro xonligi iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha nochor
ahvolga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Farg’ona XVIII asr
boshlaridayoq Buxorodan mustaqil bo’lib ajralib chiqdi. Bu yerda dastlab
hokimiyatni Chodak qishlog’i xo’jalari qo’lga kiritdi. 1710 yilda esa xo’jalardan
hokimiyatni o’zini Chingizxon avlodidan deb hisoblagan, o’zbeklarning ming
urug’idan bo’lgan Shohruhbiy oladi. Qo’qonning birinchi xoni Shohruhbiy
1710-1721 hukmronlik qiladi.
Minglar tez orada o’z qo’llariga Sirdaryo bo’yidagi yerlarni hamda
Yettisuvning bir qismini kiritadilar vaana shu hududda Buxorodan mustaqil
yangi davlatga ya’ni xonlikka asos soladilar. Shohruhbiy o’z davlatining
poytaxti etib, Qo’qon shahrini tanlaydi. Bu shahar arab sayyohlarning xabariga
ko’ra juda go’zal va bahavo shahar bo’lib, Huqand yoki Havoqand qishlog’i
o’rnida qurilgan.
Qator tarixiy ma’lumotlar jumdladan tarixchi Abdulkarim Buxoriyning
qoldirgan ma’lumotlariga ko’ra “Farg’ona” deb atalgan bu mulk ayniqsa
Shohruhbiyning o’g’illari Muhammad Rahimbiy (1721-1740) va Abdukarimbiy
(1740-1760) hukmronligi davrida iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan ancha
rivojlanadi. Bu davrda uning hududlari kengayib, Qo’qon, Andijon, Marg’ilon
kabi shaharlarda savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanadi.
Norbutabiy (1769-1800), Olimbek (1800-1809) Umarxon (1809-1822)
hukmronligi davrida esa xonlikka atrofdagi yerlarni qo’shib olish shuningdek,
markaziy hokimiyatni ko’chaytirish maqsadida joylardagi feodallar va
beklarning o’zboshimchalik hatti-harakatlarini bostirishga qaratilgan ishlar olib
borildi.
Masalan, Norbo’tabiy o’z hukmronligining dastlabki yillaridayoq Chust va
Namangan hokimlarining markaziy davlatga buysunmay o’zboshimchalik bilan
siyosat olib borishlariga qarshi shiddatli kurash boshladi va uni g’alaba bilan
yakunladi. SHundan so’ng yana bir o’zboshimcha hukmron-Xo’jand hokimi
ustiga yurish uyushtirilib, uning ustidan ham g’alaba ta’min etilib, ancha yillar
132
davomida Buxoro amirligiga buysunib kelgan bu shahar Qo’qon xonligiga uzil-
kesil qo’shib olindi.
O’zining to’xtovsiz urushlari va qattiqqo’llik bilan olib borgan siyosati
tufayli Qo’qon xonligining ham hududiy ham siyosiy jihatdan qudratini
yuksaltirgan Olimxon 1809 yilda fitna yo’li bilan o’ldirilgach, shu fitnada faol
qatnashgan uning ukasi Umarxon xonlik taxtiga o’tiradi. Umarxon o’zining
xonlik yillarida Buxoro amirligiga qarashli Turkiston yerlarini bosib olish
uchun urush olib bordi. U bu bilan chegaralanib qolmay, Sirdaryoning yuqori
qismida yashovchi qozoqlar ustiga ham yurish qilib, ularni ham o’z hududiga
qo’shib oladi. Toshkent, Buxoro, Xiva yo’llari kesishgan joyda Oqmachit
qal’asini qurdirdi. Uning davrida xonlik har taraflama yanadako’chaydi. Buni
sezgan Umarxon o’ziga “Amir al-Muslimin” unvonini berilishini talab qildi va
bo’nga erishdi. Natijada u o’z nomini juma nomozda xutbaga qo’shib o’qitish
hukmiga ega bo’ldi. Bundan tashqari uning nomi bilan tanga pul ham zabt
etildi.
Umarxon o’lgach xonlik taxtini uning 12 yashar o’g’li Muhammad Ali
(1822-1842) egalladi. Uning davrida xonlikda bir qator mavhum voqealar sodir
bo’ldiki, bular xonlikni uning aholisini keyingi hayotiga har taraflama salbiy
ta’sir qilmay qolmadi. Gap shundaki, Muhammad Alixon 1829 yillar davomida
SHarqiy Turkiston va Qoshg’arga, hamda Qorategin tojiklari ustiga
muvaffaqiyatli har-xil yurishlarni amalga oshirdi va o’ziga “G’oziy” ya’ni din
yo’lida kurashuvchi degan nomni oldi. Biroq, sho’nga qaramasdan
mamlakatdagi din peshvolari ichida uning dushmanlari ham ko’p edi. O’sha din
peshvolari Muhammad Alini shakkok, xudodan qaytgan deb e’lon qilishdi va
uning ustidan Buxoro amiri Nasrullogaarz qilishdi. Buxoro amiri tomonidan
1840 yilda Qo’qonga yuborilgan elchi Muhammad Alixonni o’gay onasiga
uylangan va kofir deb e’lon qilingan degan ig’vo gapni olib keldi. Shundan
keyin xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida urush kelib chiqadi. Urushda Qo’qon
xoni yengilib, Xo’jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo’ladi.
1842 yilda Qo’qonda Muhammad Alixon uning zulmiga qarshi xalq
qo’g’oloni boshlanadi. Buxoro amiri Nasrullo bundan foydalanib, Qo’qonga
lashkar tortib boradi, Qo’qonni qo’lga kiritib, 3 kun talon taroj qiladi va Qo’qon
xoni Muhammad Alixonni, uning onasi o’z zamonasining ajoyib shoirasi
Nodirabegimni yosh o’g’li Muhammad Aminni bir qancha saroy xizmatchilari
bilan birgalikda xalq ko’zi oldida qatl ettiradi, Qo’qon Buxoroga qo’shib
olinadi. Biroq 3 oy o’tgach 1842 yilning yozida Qo’qonda Nasrulloga qarshi
qarshi qo’zg’olon ko’tarilib, uning hokimiyati ag’darilib tashlanadi. Shundan
keyin, Qo’qon taxtiga sobiq Qo’qon xoni Olimxonni Talasda yashayotgan jiyani
Sherali taklif etildi va u 1842-1845 yillar davomida xonlik qildi.
Biroq, 1845 yilda Sheralixon bilan uni taxtga ko’tarilishiga sababchi
bo’lgan qipchoqlar o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyat tufayli Sheralixon
o’ldiriladi. Taxtga uning 13 yashar o’g’li Xudoyorxon qo’yiladi. Xudoyorxon
1868 yili Chor Rossiyasi bilan sulh tuzib, amalda uning vassaliga aylandi.
133
Xudoyorxonni Chor Rossiyasi bilan yaqinlashishiga qaratilgan sotqinlik siyosati
va uning xonlikdagi zulmi xalqning g’azabini uyg’otadi. Natijada o’nga qarshi
xalq qo’zg’olonlari boshlanadi. Ana shunday qo’zg’olonlardan eng kattasi 1872
yildan to 1878 yilgacha davom etgan Po’latxon va Abdurahmonxon Oftobachi
boshchiligidagi qo’zg’olon boshladi. Bu qo’zg’olonlardan qochib Xudoyorxon
Toshkentga chor generallari oldiga yordam so’rab keladi. Chor generallari oq
podshoning farmoni bilan 1876 yil 19 fevralda ja’mi taxtida 16 ta xon
hukmronlik qilgan Qo’qon xonligi tugatilib, Farg’ona general-gubernatorligiga
qo’shib yubordilar.
Qo’qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va madaniy hayot ham o’ziga
xos bo’lgan. Xonlik hududidagi bir tomondan Sirdaryo bilan Qorategin
o’rtasida joylashgan Farg’ona viloyatidan torib to Turkistongacha, ikkinchi
tomondan Qoshg’ardan to Balxash ko’llarigacha bo’lgan katta yerlar kirgan.
Xonlik aholisi o’zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, yahudiylar, afg’onlar, qozoqlar,
qoraqalpoqlar, uyg’urlardan tashkil topgan. Xonlik tashkil etilgan vaqtda unda
yashovchi aholining umumiy soni 1,5-2 mln kishini tashkil etadi. Qoraqalpoqlar
gilam to’qish bilan tanilgan. O’zbeklar, tojiklar asosan dehqonchilik,
shuningdek kosibchilik bilan shug’ullansalar, qirg’iz va qozoqlar chorvachilik,
qoraqalpoqlar gilam to’qish bilan band edilar. Yahudiylar, hindi, afg’on va
boshqa xalqning vakillari esa savdo bilan shug’ullanganlar. Yahudiylar yana
musallas tayyorlash bilan mashg’ul bo’lganlar. Qo’qon xonligida dehqonchilik
bilan shug’ullanuvchi aholi suvdan foydalanishni mukammal egallaganliklari
bilan ajralib turar edilar. Bu yerda sun’iy sug’orish ishlari keng ko’lamda olib
borilgan.
Dehqonchilikda bug’doy, arpa, tariq, jo’xori, sholi, mosh, loviya, paxta va
boshqa ekinlar ekilib, ulardan yaxshi hosil olingan. Yer egaligining asosan 4
turi mavjud bo’lgan: Birinchisi, xiroj yerlari (zamini xirojiy) asosiy yer
egalarining yerlari. Ikkinchisi, davlat yoki amlok yerlari (zamini davlat, zamini
amlok) bu xon ixtiyoridagi yerlar bo’lgan. Uchinchisi xususiy yerlar bo’lgan,
yerlar ichida o’rtachasi hisoblangan ya’ni, xon yerlaridan keyingi o’rinda
turgan, (mening fikrimcha), bu yerlar xonning maxsus farmoyishi bilan berilar
edi. To’rtinchi, vaqf yerlari, bu yerlar diniy muassasalarga qarashli edi,
undaasosan ruhoniylar foydalanar edilar.
Xiroj yerlari yer egalari, xususiy yerlar bo’lib, undan olingan soliq xiroj
deb atalar va hosilning 1/5 qismidan to 1/8 qismigacha tashkil qilar edi.
Xorijning bir qismi hamma xonliklardagi kabi bu yerda ish bilan olingan.
Amlok yerlaridan xon xon ba’zan ayrim kishilarga taqdim etar, bunday
yerlar tanho deb yuritilar edi. Bu yerlardan soliq yig’ish huquqi tanhodorlarga
berilar edi. Tanhodorlar o’z yerlarini boshqalarga ijaraga berishga yoki o’zlari
bevosita soliq yig’ish huquqiga ega edilar.
Xususiy yerlar xon tomonidan ayrim kishilarga u yoki bu xizmati uchun
maxsus yorliq bilan berilar va bunday yerga ega bo’lgan shaxslar hamda
jamoalarning bari soliqdan ozod qilinar edi. Bunday yerlarni “mulki hur” deb
134
atalar edi. Undan tashqari, “zamini ushri” deb yuritiladigan yerlar ham bo’lgan.
Ulardan hosilning 1/10 qismi barobarida soliq olinar edi. Rasmiy soliqlardan
tashqari yana turli xil favqulodda soliqlar bo’lgan, bo’nga misol qilib kumush
solig’ini olishimiz mumkin.
Rasmiy soliqlardan tashqari yana boshqacha qilib aytganda, markaziy
soliqlardan tashqari dehqonlar yana rayon boshlig’i uchun kafson dorug’a, amir
uchun, qishloq oqsoqoli uchun, mushtak degan soliqlar to’lar edilar.
Amlokdorlar kelguncha dehqonlar hosilni yig’ishtirib, o’rib olishga haqlari yo’q
bo’lgan, hamda soliq yig’uvchilar kelib hosilni taxminiy hisoblab chiqar edilar
va sho’nga qarab olinadigan soliq miqdorini belgilab chiqar edilar. Ular
dehqonlarni hohlagancha talash huquqiga ega bo’lganlar.
Bunday soliqlardan tashqari, yana urush vaqtlarida xon sayohatga
chiqqanda, xonga sovg’a berish vaqtlaridaaholidan juda ko’plab soliqlar olinar
edi. SHahar aholisi uchun soliq uylar, ishxonalar va do’konlar miqdoriga qarab
belgilangan.
Hunarmandlar ikki tabaqadan iborat bo’lib, yuqori tabaqani ustalar, quyi
tabaqani shogirdlar, hammollar, kunbay ishlovchi ustalar tashkil qilar edilar.
Asosiy hunar xillari ip va ipak matolar tayyorlash, temirchilik, egar-jabduq
yasash, buyoqchilik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, arava va omoch yasash,
mum ishlash, pista ko’mir tayyorlash, qamish tomlar yasashdan iborat bo’lgan.
Qo’qonda xonga qarashli porox ishlash va qog’oz tayyorlash korxonalari
bo’lgan.
Qo’qon xonligi hududida yer osti boyliklari ham ko’p bo’lgan va shular
jumlasidan, Namanganda oltin, Andijonda kumush va qo’rg’oshin, Tyan’-
shanning shimoliy tarafida, Qoratog’da biroz mis va temir rudalari olingan.
Selitra Chakkiso’z, O’ratepa, Xo’jandda, oltingugurt La’likon, O’ratepada
uchrar edi. O’sh va Namanganda toshko’mir olinar edi. XIX asrda Qo’qon
shahrida ip gazlama to’qish markazlashdi, jun ishlash Toshkentda, temir
asboblar Namanganda markazlasha bordi. Soliq, asosan naturada bo’ldi va shu
bilan birga pul bilan ham soliq to’lanadigan bo’lib qoldi.
Rossiya bilan savdo aloqalari rivojlandi. Rossiya O’rta Osiyo o’z
navbatida, paxta, jun, chorvachilik, bog’dorchilik mahsulotlari yetkazib bergan.
Qo’qon xonligi o’zining atrofdagi boshqa xonliklar bilan o’zaro savdo
munosabatlari olib borardilar. Qo’qon xonligi Buxoroga meva, ipak chiqarar
edi. (Xitoy mollari ham shu jumladan), Buxoro esa o’z navbatida paxta, jun,
yupqa matolar, rus chiti kabi mollarni berardi.
Qo’qon xonligida davlatni boshqarishda ham boshqa xonliklarga
qaragandaayrim o’ziga xos xususiyatlar bo’lgan.
Xonlikda xondan keyingi asosiy amaldor mingboshi bo’lganki, u huquq va
vazifasi jihatdan Buxoro xonligidagi Qushbegiga teng bo’lgan. Qo’qon
xonligining ma’muriy-siyosiy sohasida bevosita xon tomonidan Toshkentni
idora etish uchun saylanadigan beklar begini ahamiyati katta bo’lgan.
135
Qo’qon xonligida muhtasib lavozimi ham bo’lib, u Xiva va Buxoro
xonliklaridagi rais vazifasini bajargan. Qo’qon xonligida muhtasib zimmasiga
yanaaholining xulq-atvori, yurish turishi hamda shariat, savdo-sotiq, talablarini
bajarish ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Xonlikda mirshablar, ya’ni, qo’rboshilar bo’lib, ular kechqurun bozorlar va
osoyishtalikni saqlash bilan band bo’lganlar.
Qo’qon xonligi viloyatlarga bo’linar. Viloyatlar bekliklarga bo’linar,
bekliklar esa o’z navbatidaaminlik va oqsoqollikka bo’linar edi. Viloyatlar
ustidan hokimliklar, bekliklar ustidan beklar, oqsoqolliklar ustidan oqsoqollar,
aminliklar ustidan aminlar hukmronlik qilar edi. Xon mamlakat ustidan asosiy
boshliq hisoblanar, biroq mamlakatning davlat ishlarini olib borish uchun davlat
kengashi tashkil qilinar edi. Xon kengashiga har turli unvonga egaamaldorlar
kirar (shu jumladan ruhoniylar ham). Xon kengashining ba’zi a’zolari ba’zi bir
viloyatlarning hokimi hisoblanar edi. Biroq, ular o’z viloyatlarida bo’lmasdilar.
Boshqa hokimlar viloyatlarda, ya’ni o’z yerlarida yashardilar. Xon oldiga faqat
sovg’alar topshirish vaayrim xizmat ishlari uchun kelardilar. Qishloqlardagi
aminlar va oqsoqollar viloyat hokimlari tomonidan tayinlanar, aholini ba’zi
sudga doir ishlarini qarash huquqiga ega edilar.
Asosiy sud organi qozi hisoblanib, ularni xonning o’zi tayinlar edi. Qozilar
ham diniy, ham fuqarolik ishlarini ko’rar edilar. Qozilar hatto o’lim hukmini
chiqarishga ham huquqli edilar.
Xonlikda mingboshidan keyin qushbegi, dodhoh, ponsodboshi va
parvonachi deb atalgan amaldorlar turganlar. Ular viloyatlar ustidan hukmronlik
qilganlar, urush vaqtlarida qo’shinlarga qo’mondonlik qilganlar, tinchlik
vaqtlarida xon kengashida qatnashib, davlat ishlarini hal qilganlar.
Xonlikdaarmiya asosan otliqlardan iborat bo’lib, ular faqat urush
holatlaridagina chaqirilgan. Ularda na qattiq harbiy intizom, na bir xil harbiy
kiyim bo’lgan.
Harbiy qismlar asosan viloyat hokimlarining qo’lidagi qo’shinlardan
tashkil topgan. Harbiy qismlar asosan viloyat hokimlarining qo’lidagi
qo’shinlardan tashkil topgan. Harbiy qimlar 3 ga bo’linar edi: Sipoh
(kavaleriya), Sarboz (piyodaaskarlar), To’pchi (artilleriya). Sipohlar otliq askar
bo’lib, xon gvardiyasi yoki viloyat hokimlar qoshidagi harbiy qismlar sostaviga
kirar edi. 1830 yilda Qo’qon xonligining eng yirik harbiy qismi Toshkent
otryadida 15 ming sarboz bo’lgan. Qo’qon xonligi qo’shinlarining qurollanish
darajasi Buxoro xonligiga qaraganda yomonroq bo’lgan. XIX asrning 50-
yillarida xonlik qo’shinlarining 1\7 qismigina pilikli miltiqlar bilan qurollangan
bo’lib, butun xonlikda 100 ga yaqin misdan quyilgan zambaraklar bo’lgan
holos. Boshqa xonliklardagi kabi yerlar asosan boylar, amaldorlar, o’ziga to’q
mehnatkashlar, diniy xodimlarning qo’lida edi. Yerga ega bo’lmagan dehqonlar
boylar va katta yer egalarining qo’lida og’ir sharoitlarda ishlar edilar. Ana
shunday dehqonlarni chorakorlar der edilar. Chorakorlar hosilni yiqqanlaridan
keyin 1\5 qismini xirojga va yollangan ishchi kuchiga to’lagandan so’ng ¼
136
qismini o’zigaolib qolar edi. Agar paxta yoki juxori ishlab chiqarilgan bo’lsa,
haligi to’lovlardan so’ng, 1\3 qismi o’nga qolar edi. Qo’qon xonligida
yashovchi Nalivkin va Nalivkinalar u yerdagi aholini hayoti haqida gapira turib
shunday deyishgan. “Ular ochlikka (har doim och yashashga) o’rganib
ketganlari uchun, yilning ma’lum fasllaridagi ochlik ular uchun qishdagi sovuq
va yozdagi issiq kabi tabiiydir”. Kambag’al aholining uylari guvaladan
yasalgan, kapa, yerto’la ko’rinishidagi uylar bo’lganligini aytib o’tish kerak.
Bunday uylarga yerto’la bo’lsa, eshik bilan mo’ri yagona nur tushib turadigan
joy bo’lgan. Havo qattiq sovuq bo’lganida eshik mahkam yopilar, mo’ri kigiz
bilan to’silar edi, sassiq qora chiroq yoqib o’tirilar edi.
Maorif tizimi asosan islom dini asosida tuzilgan edi, ya’ni 2 bosqichga
bo’lingan bo’lib, 1 – bosqichda bilan o’quvchilarga (kaltaklash usuli bilan)
Qur’on va ba’zi boshqa kitoblarni yodlattirar edi. Bu bosqichning muddati 2-5
yil edi. 2-bosqichda oliy darajada ma’lumot olinar edi. Muddati 20 yilgacha edi.
Yuqorida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlar Qo’qon xonligida
san’atga ham ta’sir ko’rsatdi. Bu ta’sir natijasida bu yerda ham adabiyotning 2-
qismi ya’ni demokratik va feodal-klerikal oqimidir. Demokratik adabiyot
namoyondalari sifatida G’oziy, Hoziq, Nodira, Mahzuna, Uvaysiy kabi
zamonasining ajoyib shoiru-shoiralarini ko’rsatish mumkin. Biroq, shuni ham
alohida ta’kidlash lozimki, taqdir taqozosi bilan mamlakatimiz hududida
vujudga kelgan sulola vakillarining aybi bilan boylik, yer, yurt va taxt talashib
doimiy ravishda bir-birlari bilan to’xtovsiz urushlar olib bordi. Bu o’z navbatida
mamlakat xalq boshiga son-sanoqsiz kulfatlar keltirdi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyoda tarix taqozosi bilan vujudga kelgan uch
xonlikdagi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot haqida gapirar ekanmiz, shu
narsaga e’tiborni qaratishimiz kerakki, eng avvalo har uchchala xonlik ham
o’sha davrdagi hukmron sinflar manfaatini himoya qilishga to’la
bo’ysundirilgan ediki, bu navbatida o’lkada iqtisodiy, madaniy va harbiy sohada
nochorlikni keltirib chiqardi. Bundan foydalangan Chor Rossiyasi o’lkani bosib
olib, o’z mustamlakasigaaylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |