2.Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Qo’qon xonligi hududlariga
xujumi.
XIX asrning O’rtalarida mustamlakachi ikki yirik imperiya, ya’ni Angliya
va Rossiya davlatlarining manfaatlari Turkistonda tuknashdi. Rossiya
siyosatchilari Turkiston xalqlari o’z holiga tashlab quyilsa, tez orada Britaniya
xokimiyatining Markaziy Osiyoning va keyinrok Kaspiy dengizining SHarqiy
tomonlarini egallab olishidan xavfsirar edi.
XIX asrda Buyuk Britaniya o’z tasarrufidagi Xindiston va Afg’oniston
orqali xonliklar bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi. Ayni
138
paytda Turkistonni rus chorizmi bosib olishidan xavfsiramoqda edi. SHarq
siyosatida
inglizlar
Rossiyaning
chegaralari
Afg’onistongacha
yetib
kelmasligini istar edilar. Xech bo’lmaganda xonliklar ikki davlat o’rtasidagi
betaraf maydon bo’lib qolishi lozim edi.
Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog’lanayotgan
Rossiyaning rejalarini barbod qilib, uchala xonlikni o’nga qarshi bir kuch
bo’lib birlashtirishdan iborat edi. Bu maqsadi amalga oshgach, uning Markaziy
Osiyo bozorlarini egallash rejasi ham yo’q emas edi. Bu ishlarni amalga
oshirish uchun Angliya xukumati 1841-1842 yillarda Stoddart va Konolini
xonliklarga maxsus missiyani bajarish uchun junatib yubordi. Qo’qon va Xiva
xonlari ularning taklifiga kundi, harbiy kuchlarni birlashtirishga rozi bo’ldi.
Ammo Buxoro amiri Nasrulloxon ingliz elchilarini katl qildi. Bu ishi bilan
u chor Rossiyasi mustamlakachilik sirtmog’ining tashlashiga imkoniyat yaratib
berdi. Rossiya bu imkoniyatdan foydalanishga kirishib, 1853 yilda Oqmachitni
egallab oldi.
Shunda ham inglizlar xonliklarga yerdam berish yullarini kidirdilar.
Zamonaviy tup kuyuvchi muxandislardan biriga Mustafo ismini berib Qo’qonga
junatdi. Xindistonlik turkiy sipoxlarga ko’ngilli bo’lib, Qo’qonga kelishlariga
ruxsat beradi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Xindistonda
mustamlakalashtirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida
maxsus kumita ta’sis etdi. Buning oqibatida ingliz savdogarlari turli maxsulotlar
bilan xonliklarga kelib turdi. Ular tobora Rossiya savdogarlariga xafvli
rakobatchi bula bordilar. Bu tadbirlar Rossiya xukumatini tashvishlantirdi.
Hukmron va harbiy doiralar podsho xukumatini bosib olishga unday
boshladilar. SHuningdek, ingliz josuslarining xonliklarda paydo bulayotganligi
oshkor bulgach, xonliklar xududlarini birin-ketin bosib olishga izn berildi.
Dastlabki harbiy harakatlar Qo’qon xonligiga karatildi.
60-yillardan boshlab Rossiya chorizmi Markaziy Osiyodagi milliy
mustaqil davlat Qo’qon xonligiga qarshi bosqinchilik harakatini faol olib bordi.
Bu harakatlar borgan sari keng miqyosli urushga aylandi. Qo’qon xonligi
daxshatli yov bilan yakkama-yakka kurash olib bordi. Bosqinchi yov
zamonaviy qurol-aslaxaga ega bo’lib, ularga Yevropaning katta urushlarida
tajriba orttirgan generallar raxbarlik qildilar. Ular bosqinchilikda katta
maxoratga ega edilar. Dastlab general Perovskiyning qo’shini 1853 yili shiddat
bilan Qo’qon xonligi qal’asi bo’lgan Oqmachitni egallash uchun yurish
boshladi. Qal’a ximoyasi 20 kun davom etdi. Bosqinchilar kudratli 17 tup va
jangovor ikki yarim mingga yaqin kishilik otryadlari bilan tinimsiz xujum
kilib turdilar.
Bosqinchilar qal’aga zarbani artilleriya bilan berdi va uni vayron kilib
tashladi. Zamonaviy qurol-yarogi tufayli ular kam talofot ko’rdi.
Chorizmning eng yovuz harakatlaridan biri shu bo’ldiki, u Markaziy Osiyo
xududida kon-karindosh bo’lib yashab kelaetgan kozoklar, qirgizlar,
turkmanlar, o’zbeklar va tojiklar orasida nizo urug’ini sochdi.
139
1859 yili podsho Aleksandr II ning o’zi shaxsan ishtirok etgan saroy
kengashida harbiy vazir Dolgorukov, graf Perovskiy va Gosfordlar ham
katnashdilar. Kengashda Turkiston yerlarini bosib olishni ko’chaytirish, Qo’qon
xonligini bir yog’lik qilish masalasi kurilgan edi.
Bosib olishiga qarshilik kursatgan kal’a va shaharlarga omonlik bermay,
yanchib tashlash, ayovsiz qirgin qilish g’oyalari ham harakatdagi armiya
qo’monlaridan chiqdi.
1860 yil 29 avgustda polkovnik Tsimmerman ko’mondonligidagi otryad
Pishpekka xujum qildi. Qal’a ximoyachilari 4 sentyabrgacha o’zlarini
mardonavor ximoya qildilar. Qal’a tamomila yondirilib, yer bilan yakson etildi.
1861 yil 21 iyunda podsho ishtirokidagi kengash Qo’qon xonligini bir
yoqlik qilish haqida yana bir bor qaror qildi. Bu ko’rsatma asosida xonlik
ichkarisiga yana kirib borish, birin-ketin shahar, viloyatlar va qal’alarni
tuxtovsiz zabt etishga kirishildi. 1862 yil mayida rus qo’shini Oksuv, Pishtepa
va CHoldevor qal’alarini bosib oldi.
1864 yil 1 mayda Verniydan yulga chiqqan general Chernyaev otryadi
Qo’qonliklarning chekinishga majbur qildi. 4 iyulda Avliyootani jang bilan oldi.
So’ngra Chernyaev otryadi Chimkentga yul oldi. 1864 yilda Perovskiy
portidan yulgachiqqan polkovnik Verevkin otryadi Turkiston shahri tomon
yurish qildi.
Polkovnik Verevkin general Chernyaevdan yordam olib, Turkiston
shahrini 12 iyunda bosib oldi. So’ngra chorizm armiyasi Chimkentga yul oldi.
O’nga general Chernyaev qo’mondonlik qildi. Olimqul boshchiligidagi
sarbozlar chor qo’shinlarining dastlabki xujumini tuxtatdigina emas, balki
qarshi zarbaham berdilar. Chernyaev safdoshi polkovnik Veryovkindan yordam
suradi. U Chernyaevga kapitan Meyer boshchiligidagi otryadni junatdi.
General Chernyaev Olimkul zarbasidan alamzada bo’lib, kuzgacha o’z
qo’shinlarini tuplab, katta xujumga tayyorgarlik boshlab yubordi.
1864 yil sentyabr oyining boshlarida eng daxshatli janglardan biri
Chimkent ostonasida boshlanib ketdi. Turkiston tomonidan kilingan xujumga
general Chernyaev o’zi, Avliyoota tomonidan qilingan xujumga esa
podpolkovnik Lerxe boshchilik kiladi. Shahar uzoq vaqt ayovsiz to’pga tutildi.
Chimkent vayronaga aylantirilgach, piyodalar xujumga o’tdi. Ayovsiz qirg’inlar
bilan Chimkent shahriga 22 sentyabrda yorib kirildi.
Chimkent qo’ldan ketgach, Qo’qon xonligining eng yirik shahri
Toshkentga yul ochildi. Toshkentga yurish harakatlari 1864 yil 27 sentyabrda
boshlandi. U 4 oktyabrda shaharga yetib keldi va xujumni darhol boshlab
yubordi. Toshkentliklar oyoqqa turib dushmanni shaharga kiritmaslik chorasini
ko’rdilar. General Chernyaev shahar mudofaachilarini qarshiligiga uchrab,
xujumni tuxtatishga majbur bo’ldi va Chimkentga qaytib ketdi.
1865 yilda Sirdaryo va yangi Qo’qon yo’nalishlari tufayli Toshkent
busag’alarigacha egallangan xududlarda Toshkent viloyati tashkil qilinib, u
140
yerlar Orenburg general gubernatorligiga buysundirildi. General Chernyaev
gubernator qilib tayinlandi.
Chernyaev 1865 yil 3 fevralda Rossiya harbiy vaziridan xat oldi.
"Qushimcha harbiy kuchlar yordamga yetib borgunga kadar xech qanday
harbiy harakat tadbirini ko’rmasdan, Qo’qon xonligidan norozi Toshkent axli
bilan aloqa bog’lab turishingiz haqida imperator janobi oliylari buyruq berishni
lozim topdilar".
Mansab va unvonga xaddan tashqari uchgan general Chernyaev yuqoridan
kelgan buyruqlarga amal qilmay, mustaqil harakatlar qila boshladi. Mulla
Olimquldan norozi bo’lgan Toshkentlik katta mansabdor Abduraxmonbek
xoinlik qildi va general Chernyaevni Niyozbek qal’asini olishga undadi.
Toshkentni suv bilan ta’minlab turgan bosh manba shu yerdan o’tar edi.
Chernyaev Niyozbek qal’asini egallab oldi. Toshkent axli darhol Qo’qondan
yordam yuborishlarini suraydi. Bundan darg’azab bo’lgan general Chernyaev
butun qo’shini bilan Toshkent shahri ostonasida paydo bo’ldi.Toshkentliklarga
yordam berish uchun sarkarda Olimqul Toshkentga yetib keldi va mudofaani
tashkil qilishga kirishdi.
General Chernyaev asosiy xujumni janubdan, ya’ni Kamolon darvozasi
tomonidan boshlaydi. Chunki u Buxoro amiri qo’shinlari ham Toshkentga
kirishi mumkinliginidan xavfsiradi. Xujum boshlanguniga qadar Olimqul
o’zqo’shinlarini shahardan tashqariga olib chiqdi. Sarbozlarini bir necha
otryadlarga bo’lib, 36 iborat artelleriyasini muhim yo’nalishlarga joylashtirdi.
Nihoyat, 1865 yil 9 may kuni ikki tomon kuchlari to’qnashdi. Rus
qo’shinlari bosar-tusarini bilmay keng va chuqur Salor arig’idan o’tib,
to’plarning qattiq ximoyasida shaharga yaqinlashib kelaverdilar. Olimqul
boshchiligidagi qo’shin qarshi chiqib, ularning yo’lini to’sib qo’ydi.
Shunda daxshatli jang qizib ketdiki, yeru-kuk larzaga keldi. Butun osmon
chang bilan qoplandi. Odamlar qaerda-yu, qurollar qaerda ekanligini ajratish
mumkin bo’lmay qoldi. Nixoyat, Toshkentliklar tob berolmay yengilib qocha
boshladilar. Hamma sarosimaga tushib turgan paytda Olimqulga o’q tegib
yiqildi. U safdan chiqqach, Xudoyorxonning qarindoshi Sulton Mirsaid amir
lashkarboshi vazifasini o’z zimmasiga oldi. Olimqulning o’limidan so’ng
Toshkentliklar Buxoro amiriga murojaat qilib yordam suraydi. Ammo amir rad
javobini beradi.
Bu paytda Chernyaev Buxoroga boradigan yo’llarni ham to’sib qo’ydi.
So’ngra Toshkentga so’nggi xujumni boshladi. Shahar aholisi qattiq qarshilik
ko’rsatishni davom etdi. Xar mahalla, uy jang maydoniga aylana bordi.
Ayniqsa, Qiyot maxallasining jangchilari qaxramona kurashdilar. Abduraxmon
yasovul boshchiligidagi ko’ngillilar guruxi kun buyi dushman xujumini daf
etib turdi. Nihoyat Toshkentliklar bu urush katta vayronagarchilik va
qurbonliklar berishga aylanib ketayotganligi hamda vaziyatni o’nglab
bo’lmaslikni nazarda tutib, mo’zokara boshlashga majbur bo’ldilar. 1865 yil 17
iyunda muzokaralar boshlandi. Chernyaev shaharning Haqimxo’ja Qozi Kalon,
141
Abulqosim Eshon, Domla Solihbek Oxun kabi kishilar bilan suxbat o’tkazdi.
Ikki tomon axdnomaga imzo chekdi. Chernyaev o’z harakatlarini hokimiyat
oldida oqlash uchun oqsoqollardan go’yo Toshkent ixtiyoriy ravishda rus
qo’shiniga bo’ysunganligi haqida xat uyushtirib berishni talab qildi. Chernyaev
soxta axdnomani to’ldirishni Abdusattor Qorabosh o’g’liga topshiradi. So’ngra
shahar kattalarining barchasiga majburiy ravishda qo’l qo’ydirilib muxr
bostiriladi.
Toshkentni zabt etgan chor zobit va soldatlari uchun katta unvonlar
taqdim qilinadi. Chernyaevga katta maosh bilan nafaqa tayinlanib, oltin qilich
sovg’a qilinadi. Soxta ahdnomani Vatan xoinlari Chernyaev buyrugi bilan
Sankt-Peterburgga olib ketishdi. Shu tariqa Toshkent rus chorizmi qo’liga o’tdi.
Toshkentning taqdiri Rossiya foydasiga hal etilgach, Orenburg general
gubernatori Krijanovskiy 1865 yil kuzda Toshkentga yetib keldi. U Toshkentni
Qo’qon va Buxoro ta’siridan mutloqo xalos qilish choralarini ko’rib, uni
mustaqil o’lka deb e’lon qildi. Bu paytda Qo’qon va Buxoro urush holatida edi.
Buxoro amiri qo’shinlari Xujanddan Qo’qon xonligining ichkarisiga kirib
borardi. Amir yo’l-yulakay Toshkent muammosini xal qilishi va uni o’ziga
qo’shib olish uchun rus qo’mondonlariga shaharni topshirishni talab qildi. Lekin
general Chernyaev o’rniga tayinlangan yangi qo’mondon Romanovskiy Buxoro
amiri talabini bajarmadi. Talablari bajarilmagan amir Toshkent tomon yo’lga
otlandi. Ammo Xo’jand yaqinidagi Irjar qishloqi oldida rus qo’shinlari
tomonidan tor-mor etildi. 1868 yil 24 mayda bosqinchilar Xujandni bosib
oldilar.
General Romanovskiy harbiy vazirga yuborgan "Markaziy Osiyo
chegarasidagi ishlarning ahvoli to’grisida"gi maktubida amirning urush
harakatlarini davom ettirishga tayyorlanayotganligi haqida xabar qildi.
1866 yilning boshlarida Jizzaxga hujum qilindi. Ammo Jizzaxliklar
shaharni qattiq ximoya qildilar. Dushman orqaga qaytishga majbur bo’ldi.
1868 yil oktyabr oyida bosqinchilar yana Jizzax shahriga hujum qildilar. Bu
jang daxshatli bo’ldi. Dushman harbiy qurollarining ustunligi tufayli
Jizzaxliklar 18 oktyabrda taslim bo’ldilar. Harbiy harakatlar yana davom
qildirilib, Uratepa, Yangi Qo’rgon istexkomlari ham ishgol etildi. Rus
qo’shinlari Buxoro amirligining bir qismini egallab, uni Qo’qon xonligi
chegaralaridan ajratib tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |