142
1868 yil 1 mayda 8300 kishilik rus qo’shini (16 tup bilan) Samarqand
shahri ostonasidagi Cho’ponota tepaligida amir qo’shinini mag’lubiyatga
uchratdi va 2-mayda Samarqandga kirib keldi. Soxibqiron poytaxti sifatida
dunyoga
nom chiqargan, musulmon olamining yirik madaniyat markazlaridan
birining g’ayridin yog’iylar tomonidan bosib olinishi katta yo’qotish bo’ldi.
Undan butun islom olami larzaga keldi. Amir Muzaffarning obro’si musulmon
olamida tushib ketdi. Chunki, Samarqand shahri amirlikning yirik iqtisodiy,
siyosiy va harbiy tayanch shaharlaridan edi. Amir qo’shinlari xristian
dunyosiga mansub yovlarning salib yurishini to’xtata olmadilar. Natijada chor
qo’shinlari amirlik hududidagi yanada chuqurroq yorib kirishda davom qildilar.
To’gri, katta mag’lubiyatlarni to’xtatish va
qasos olish amir Muzaffar
o’zining asosiy kuchlarini Zirabuloqda to’plab zarba berishni rejalashtirdi. Bu
yerda amir 15 ming otliq, 6 ming piyoda 14 ta to’plarini yig’di. U jang oldidan
qo’shiniga zafar tilab, Ona yurt uchun kofir bosqinchilarga qarshi jangga
kirishga murojat qildi. Jangni G’alaba bilan tugallagan sarbozlariga
muxorabadan so’ng 125 ming tilla pulni bo’lib berishini va’da qildi. Ammo
og’ir jangda amir qo’shini mag’lubiyatga uchradi. Amir Qizilqum ichkarisiga
qochdi. Bu vaximali xabardan amirlik aholisi larzaga keldi, norozilik ko’chaydi.
Nihoyat, u Qo’zg’alonga aylanib ketdi. Endi amirlikning
turli tomonidan xalq
oqimi Samarqand tomonga oqa boshladi. Qarshi, Shaxrisabz va Kitob
beklaridan kuchlar kelib Samarqandga urnashib olgan rus garnizoniga qarshi
jang boshladi. 1868 yil 8 iyunda Fon-Kaufman bu xabarni eshitib zudlik bilan
Samarqand shaxriga qaytadi. Uning qo’shini Samarqandni qamal qilayotgan
xalq harakati otryadlarini to’zg’itib yubordi. Shaxar ayovsiz jazolandi, xech
kimga omonlik berilmadi. Ammo bosqinchilar ham katta talofot ko’radi.
Ulardan 275 kishi uldi va yarador bo’ldi. General-gubernator
fon Kaufman
Samarqanddagi bu talofotni "katta yo’qotish" deb tan olishga majbur bo’lgan
edi. G’alabadan butunlay umidini o’zgan amir Muzaffar taslim bo’lib, xajga
ketishini rejalashtira boshlaydi. Biroq amaldorlar uni sulx tuzishga undaydilar.
Nixoyat, u bu taklifga ko’nadi. 1868 yil 23 iyunda amirning elchilari
Samarqandda
turgan
fon-Kaufman
xuzuriga
keladilar.
Fon-Kaufman
Samarqand, Kattaqo’rg’on va Zarafshon daryosining yuqori qismini Rossiyaga
berishni va 500 ming so’m miqdorida tovon tulashni shart qilib qo’ydi. Sulxiga
ko’ra, Buxoro amiri chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish
xuquqidan
maxrum qilindi, rus savdogarlari uchun monesiz savdo-sotiq qilish
majburiyati yuklatildi. Amir rossiyaga siyosiy tobeligini to’la tan oldi.
Amir taslim bo’lgach, xalq harakati yana avj olib ketdi. Vatanparvar
kuchlar undan qattiq norozi bo’ldilar. Xatto amirning katta o’g’li Abdumalik
ham otasining taslimchilik siyosatini maqullamadi. Uning atrofiga nufo’zli
beklar birlashib, rus mustamlakachilari va
Muzaffarxonga qarshi kurash
boshlab yubordilar. Ular amirning taxtdan maxrum etilganligini va o’rniga
Abdumalikni xon qilib kutarganliklarini e’lon qilishdi. Natijada amir
143
Muzaffarning ahvoli og’irlashdi. Ota va o’g’il qo’shinlari o’rtasida
Samarqandning Jom qishlog’ida jang bo’ldi. Jangda amir yengildi.
So’ngra kutarilgan Qo’zg’alonlarni yenga olmasligiga ishonch xosil qilgan
amir 1869 yilning kuzida yordam surab fon Kaufmanga murojaat qildi. Bu
vaqtga kelib Abdumalik ancha katta kuchlarni tuplab ulgurgan edi. Kitob begi
Jo’rabek, Shaxrisabz xokimi Bobobek va mashxur Sulton Sodiqlar
shaxzodaning eng ishonchli sarkardalaridan edilar. Ayniqsa, ruslar uchun
Sulton Sodiq xavfli raqibga aylangan bo’lib, u ongli
xayotining asosiy davrini
rus bosqinchilariga qarshi kurashga bagishlagan mard lashkarboshi edi. Xatto,
Zirabuloq janggida amir qo’shini kocha boshlaganda ham u ulim bilan olishib,
maydonni ohirgi ukini otmaguncha tark etmadi. So’ngra amir taslim bo’lgach, u
Jo’rabek va Bobobeklarning safiga kelib qo’shildi. Ularni tor-mor keltirish
uchun Kaufman general Abramovni tish-tirnogigacha qurollangan armiya bilan
ta’minlab, vatanparvar sarkardalar ustiga tashladi. Zamonaviy kuchlar bilan
qurollangan Abramov Qo’zg’alonchilarning kuchlarini to’zgitib yubordi.
Mag’lubiyatga uchragan Qo’zg’alonchilar yengilib,
turli tomonlarga bosh olib
ketdilar. Sulton Sodiq o’z otryadi bilan chekinib, Qizilqum orqali Xiva xonligi
hududiga o’tib ketdi. Shu tariqa Buxoro Rossiyaning yarim mustamlakasiga
aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: