Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi



Download 164,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.01.2022
Hajmi164,02 Kb.
#324087
  1   2
Bog'liq
Turkiston general-gubernatorligi - Vikipediya



Turkiston general-

gubernatorligi

madiyor


Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi (

rus


Туркестанское генерал-

губернаторство) — maʼmuriyhududiy birlik. 

Rossiya Imperiyasi

 bosib olgan Gʻarbiy Turkiston

hududida Rossiya imperatori 

Aleksandr II

 farmoni bilan tashkil etilgan (

1867-yil

 

11-iyul



).

Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori

etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil

mobaynida (

1867



1881-yillarda



Turkiston

 oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. 

Kavkaz


,

Boltiqboʻyi

 oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi

ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U 

Toshkent

jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (

1868-yil

 

22-yanvar



)da birinchi bor 

ruslarni


 Turkiston xalqlarining

"Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya

Imperiyasi orasida 

tortishuvlarga sabab boʻlgan

.



Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar

bergan, natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish

yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.

1868


1880-yillar

 davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat

generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-

gubernatorligiga 

Sirdaryo


Yettisuv


Samarqand

Fargʻona


 va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat

boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining

barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni

imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga

soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan

edi.


Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun 

Sankt-Peterburgning

 oliy

siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga "Turkiston oʻlkasini boshqarish



haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb

nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi 

viloyatlar

 (oblast), 

tuman

 (uyezd), jabhalar



(uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.

Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq

vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa

uchastka pristavlari tayinlangan.

Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor

ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi

yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni

ishga solganlar.



19-asr boshidagi Turkiston


Turkistonda mustamlaka idorasi 

1898-yilgacha

 "harbiyxalq", undan keyin esa "maʼmuriypolitsiya

boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar

rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.

Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan

shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay

boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus

qudratini koʻrsatib qoʻyish uchun har qanday choratadbirlar koʻrish" ruhi bilan sugʻorilgan.

Turkistondagi milliy ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni

"zararsizlantirish" rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan.

Rus dvoryan pomeshchiklari oʻlkani ruslashtirishning iqtisodiy tomonini koʻzlab, Davlat dumasida

Turkiston oʻlkasidagi "ortiqcha" yerlarni musodara qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan.

1910-yilning

 

7-aprelida



 Davlat dumasi "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom"ning 270-

moddasini "Turkiston koʻchmanchilarining ortiqcha yerlarini kolonizatsiya ehtiyojlari uchun"

musodara etishga ruxsat beruvchi qoʻshimcha bilan toʻldirish masalasini muhokama qildi. Rus

mustamlakachi shovinistlari tovushi baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 

1910-yilning

 

19-



dekabrdan

 qonun kuchga kirdi. Toʻqqiz yil ichida ana shu konunga koʻra, Sirdaryo-Fargʻona

koʻchiruvchilik rayoni boʻyicha tub aholining 744,9 ming desyatina yeri ruslarga taqsimlab berildi.

Podshoning musodarachilik siyosati oʻta shafqatsizlik bilan davom ettirildi.

Imperiya xukmdor doiralari Turkiston oʻlkasi rus va tub aholisi uchun maxsus siyosat dasturini

ishlab chikdi.

Harbiy mirshablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida oʻzining yaqqol ifodasini

topgan.


Turkiston generalgubernatori bir vaqtning oʻzida oʻlka bosh hokimi, okrug qoʻmondoni, bosh

prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan.

Turkiston General-gubernatorligini boshqarganlar




Download 164,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish