“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. Uning atoqli vakillari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
6.Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. Uning atoqli vakillari. 
XIX asr ohiri-XX asr boshlarida Turkistonliklar tilida "jadid", "usuli 
jadid" degan so’z va iboraaylanishib qoldi. Dastlab ziyolilar orasida qo’llanilib 
yurilgan bu so’z va ibora borgan sari oddiyroq odamlarning ham tiliga ko’cha 
boshladi. Keyinroq esa bu xodisa butun jamiyat xayotida o’zgarishlar yasay
boshlagach, "Jadid", "usuli jadid", "taraqqiy" kabi so’zlar ommalashib ketdi. 
Xatto bu so’zni "Kofir" ma’nosiga nisbat berdilar. Ayrim namoyondalarni
to’g’ridan-to’g’ri "taraqqiy" yo "jadid" deb atay boshladilar. 
Qrimning Bog’chasaroyida "Tarjimon" nomli gazeta chiqarib butun 
Rossiya Chor ma’murlarini tashvishga solib qo’ygan Ismoilbek Gaspirali "Usuli
jadid" tushunchasi va u bilan bog’liq butun bir jarayonning vallomati edi. 
Bu tushunchani Ismoilbekning o’zi shunday ta’riflaydi: "Ota-bobo 
kunlardan qolmish milliy maktablarni isloh etmak usuli jadid demakdir, 
boshqa bir o’quv, boshqa bir maktab demak dalildir".
Amaliy jihatdan favqulodda ijobiy natijalar bergan bu usul asr boshida 
Turkistonning barcha shahar va qishloqlariga kirib borayotgan edi. Bu usul 
targ’ibotchilari ana shu munosabat bilan "Jadidlar" nomini oldi, ularning 
maktablar isloxotlari bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-ma’naviy 
xayotini, kengroq ijtimoiy-siyosiy sohalarini qamrab olgan harakati uchun esa 
"jadidchilik harakati" deb atash rasmiy tus oldi.* 
Shu bilan birga bu davrni tarixiy va ilmiy adabiyotlarda "milliy uyg’onish 
davri" deb atash ham 20-yillarda taomilga kirgan edi. 


153 
Shunday qilib, XIX asr ohirlari va XX boshlarida Turkistonda "jadidchilik" 
yoki "Milliy uyg’onish davri" boshlandi. Professor Begali Qosimov bu davr 
xususiyatlarini o’rganib, shunday xulosaga kelgan edi: 
Xo’sh, jadidchilik Turkistonda qanday yuzaga keldi? 
1865 yili Turkiyada "Gench Osmanilar"-(Yosh usmoniylar) jamiyati 
yuzaga kelib, u zulm va jaholatga faol saltanatga qarshi kurash olib boradi. Bu 
harakat Russiya musulmon ziyolilariga, ayniqsa, tatar ziyolilariga kuchli ta’sir 
qiladi. 
Russiya musulmonlari dunyosidagi ijtimoiy-ma’naviy harakatda Ismoilbek 
Gaspirali (1852-1914)ning xizmati katta bo’ldi. U turkiy tildagi matbuotda 
"tarjimon" gazetasi tashkil etib, keng musulmonlar orasida tarqatadi. 
Uning sahifalarida dastavval Buxoroda so’ngra musulmon Russiyasining 
markazida "usuli jadid" g’oyasi targ’ib etildi. 
"Usuli jadid" deb nom olgan maktabni birinchi bo’lib Ismoilbek 
Gaspirinskiy 1884-yili Bog’cha saroyda ochib, musulmon bolalarini butunlay 
yangi usulda o’qitishga kirishdi. 
Tez orada bu xabar Turkistonga ham yetib keldi. Ismoilbek 
Gaspirinskiyning maktabi turkiy xalqlar orasida namuna bo’ldi. Turkistondagi 
birinchi "usuli jadid" maktabi 1893 yili Ismoilbekning bevosita yordami va 
madadi bilan Samarqandda ochildi. Ikkinchi jadid maktabi esa Andijonda 
Sultonmurod boyning paxta tozalash zavodi binosida 1897 yili ukuvchilarni 
kabul qildi. 1898 yili Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Mannonqori va 
andijonlik Shamsutdin domlalar jadid maktablarini ochdilar. Bu ma’lumotlar 
albatta kamaytirib ko’rsatilgan, chunki chor ma’murlari xususiy holda ochilgan 
bunday maktablarni to’la hisobga olish imkoniyatiga ega emas edilar. 
Turkistonda jadid maktablari soni usib borishida iqtisodiy omil ham 
asosiy o’rin tutardi. Turkistonda sanoat va savdoni, ayniqsa paxtachilikni 
rivojlanishi natijasida yuz minglab, goxo, xatto million so’mlab pulni 
muomalaga kiritadigan, foydali aktsiyalarga, kimmatli qog’ozlarga, yirik 
xosildor yerlarga ega bo’lgan sarmoyadorlar, badavlat tadbirkorlar mahalliy 
aholi orasidan yetishib chiqishi tezlashdi. 
Kapitalistik munosabatlar o’ziga ko’proq kat’iyat bilan yo’l ocha boshladi. 
O’zbek boylari kapitalistik sanoat korxonalari, paxta tozalash zavodlari sovun, 
yog’-moy kombinatlari o’z kapitallarini xisobiga qura boshlagan edilar. 
Mahalliy kapitalistlar, savodli xodimlar-xisobchilar, tarjimonlar, ish 
yurituvchilar va xokazolarga muxtoj edi. Eski maktablar esa bunday
xodimlarni yetishtirib berish imkoniyatiga ega emas edi. 
Shu sababli jadid maktablarining ochilishiga milliy burjuaziya vakillari 
xayrixoxlik bildirib moddiy jihatdan kullab kuvvat ladilar. Bu maktablarning 
ko’plari paxta zavodlari xududida ochilar edi. Bu fikrning isboti uchun Andijon 
shaxridagi jadid maktablarni misol keltirish mumkin. "Andijondagi birinchi
jadid maktablari Sultonmurodboyning paxta tozalash zavodi binosida, 
Abdug’affor 
Aminning 
o’z mablag’idan ko’rdirgan pishiq g’ishtli 


154 
maktabxonasida, Zulunbek Domlaning uyida, Orzuqulbek boyning paxta 
tozalash zavodi kontorasida ochilgan. Paxtachi boy M.U.Safonov ham 
Narimanov ko’chasidagi o’g’il bolalar va kizlar ukiydigan yagona jadid 
maktabini mablag’ bilan ta’minlab turgan".
“Andijon atrofidagi qishloqlarda 15 ta jadid maktabi bo’lib, ulardan 12 tasi 
badavlat odamlarni uyida, 2 tasi masjid binosida va 1 tasi maxsus binoda 
ochilgan. Maktab uchun binoni Xotamboy ko’rdirgan bo’lib, domlaga oyiga 
200 so’m maosh to’lab turgan."
1900 yilga kelib jadid maktablari yanada ko’paydi. Toshkentdagi 
Shayxontoxur 
daxasidagi 
"Gospital" 
bozori 
yonida 
Munavvarqori 
Abdurashidxonov maktab ochib bolalarni jadid usulida o’qita boshladi. 
Buxoro amirligida ham birinchi jadid maktabi katta shuxrat qozondi. Shu 
yili Pustindo’z qishloqida ham bunday maktab ochildi. Samarqandda esa 
Abduqodir Shakuriyning jadid maktabi katta shuxrat qozondi. Rasmiy 
ma’lumotlarga ko’ra, 1903 yili Turkistondagi jadid maktablari soni 104 taga 
yetdi. 
Shu tariqa Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati keng quloch yoza 
boshladi. Albatta bunda professor X.Voxidov ta’kidlaganidek: "Turkistonda 
jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga Rusiya musulmonlarining 
milliy-ozodlik harakati mafkurachilarining ta’siri katta bo’ldi". 
Jadidchilik harakatining diqqat masalalaridan biri o’lkada keng mikyosda 
madaniy-okartuv ishlarni amalga oshirish edi. Jadidlar Turkiston o’lkasining 
yangidan va ko’tarilib kelayotgan madaniyatida fakat G’arb emas, balki Sharq 
madaniyatining ham usul vaalomatlarini o’zida mujassamlashtirgan edilar.
Bu xodisa, ayniqsa adabiyot, san’at, me’morchilik, maorif sohalarida 
ko’prowq seziladi va ko’zga tashlanadi. Ular Sharq maorif tafakkuri va ahloq 
ta’limotlaridan ham samarali foydalanganlar. 
XX asr boshlarida madaniyat sohasida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. 
Jadidlarining amaliy dasturiga ko’ra madaniyat isloh etila boshlagan edi. 
Jadidlar yaratayotgan madaniyat Turkistonliklarning kiyim-kechagida, 
poyafzalida, tashqi ko’rinishida, to ongi va madaniy tafakkurigacha barcha 
narsani o’zgarishga maxkum qilgan edi va shunday bo’ldi. "Turkistonliklar soch 
qo’ydi, soqol-mo’ylovini kirdi, Yevropacha yoqali ko’ylak, kostyum, paltolar, 
poshnali oyoq kiyimlar va yangi bichimdagi bosh kiyimlarni asta sekin kiyish 
keng tarqala bordi". Madaniyatdagi yangiliklar va o’zgarishlar yengil 
kechmadi. Bu qiyin, mashaqqatli va xavf-xatarga to’la ko’p yillik jarayon edi.
XIX asr ohiri va XX asr boshlarida Toshkentda telegraf o’rnatilgani 
ma’lum. Bu telegraf Chor hukumati tomonidan joriy qilingan deb o’ylaydilar. 
Aslida esa, Toshkent telegrafi Said Azimboy tashabbusi bilan amalga 
oshirilgan. Telegraf uchun qulay bo’lgan imoratni ham Said Azimboy in’om 
qilgan ekan". 
Bundan tashqari jadidlar kutubxonalar, hunar o’rgatuvchi ixtisoslashgan 
maktablarni ham o’z mablag’lariga ochdilar. Ayni paytda, xalq dorilfununi 


155 
tashkil etish uchun mablag’ yig’dilar, ammo chor hukumati bunga yo’l 
qo’ymay, yig’ilgan mablag’larni birinchi jahon urushi harakatlari uchun 
topshirishga majbur etdi. 
Shunga qaramay ular butun Turkiston bo’ylab tuzilgan "Jamiyati 
xayriya"lar orqali to’plangan pullar evaziga millatning iste’dodli yoshlarini 
Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy-Novgorod, Qozon, Boku kabi shaharlarga, 
shuningdek chet ellarga Olmoniya, Frantsiya, Angliya, Shvetsariya, Turkiya, 
Misr, hatto Amerika va Yaponiyaga o’kishga yuborishga intildilar. Ularning 
rejasiga ko’ra, bu yoshlar chet ellarda shifokorlik, muxandislik, iqtisodiyot, 
huquqshunoslik kabi yana boshqa ko’plab zamonaviy bilimlarni egallab
qaytishlari va millat ravnaki uchun kurashuvlari lozim edi. Bulardan tashqari, 
jadidlar Turkistonning yirik shaxarlarida matbaaishlarini tashkil qildilar. Ular 
gazeta va junallar chiqardilar. Bular: Toshkentda "Xurshid", "Sadoi Turkiston", 
"Turon", 
"Turk 
eli", 
"Najot", 
"Kengash 
Shuroi 
Islom", 
"Ulug’ 
Turkiston",Samarqandda "Oyna", "Xurriyat", Buxoroda "Turon", "Buxoroi 
Sharif", Qo’qonda "Sadoi Farg’ona", "Tirik so’z", "Kengash", "Yurt", 
"Xurriyat", Farg’onada "Farg’ona nidosi" kabi boshqa ko’plab chop etilgan 
gazeta va jurnallar ana shular jumlasidandir".
Jadidlar maktab uchun yaratgan darsliklarida tarix, millat, Vatanga ta’rif 
beradi. Vatanni, xalqni, ona yerni ximoya qilish xar bir fuqaroning burchi 
ekanligini uqtiradi. 
Jadid maktablari uchun darsliklar tayyorlash davom etadi. Maxmudxuja 
Bexbudiy "Muntaxabi jug’rofiyan umumiy", "Mad-xali jo’g’rofiyai umumiy", 
"Madxali jugrofiyai imroniy", "Muxtasar gegrafiyai Rusiy", Abdullo Avloniy 
"Birinchi muallim", "Maktab Gulistoni", "Turkiy Guliston yoxud ahloq", 
“Sadriddin Ayniy”, "Taxsibus sibyon", Fitrat "O’qish", "O’quv maktablarining 
so’nggi sinflari uchun ", Hamza "O’qish kitobi", "Qiroat kitobi", "Engil 
adabiyot" darsliklarini yozdilar. Zikr qilingan darsliklarda Sharq allomalari 
asarlaridan tashqari rus, qadimgi grek, arab, fors, Yevropa yozuvchi va 
pedogoglarining bolalar uchun maxsus bitgan xikoyalari salmoqli o’rin
egallaydi. 
Jadidlar nashr shirkatlari to’zdilar, bosmaxona ochdilar. Teatr ishlarini 
yo’lga soldilar. Yillar o’tib, jadidlar harakati va ular ochgan maktablar hamda 
xunar o’quv muassasalari, gazeta va jurnallar, kutubxonalar va nashriyotlar, 
teatr va xayriya jamiyatlari, shirkat va xokazolar asta-sekin katta ijtimoiy 
kuchga aylandi. 
Jadidlar davri-bu milliy uyg’onish, Turkiston fuqarolari qadr qimmatini 
tiklash davri bo’ldi. Shunday qilib, vaqti-soati bilan jadidchilik harakati 
Turkistonning eng baquvvat va yagona ijtimoiy-siyosiy, milliy-mafkuraviy 
kuchiga aylandi. Bu kuch bilan na chor xukumati, na muvaffakiyat va na sovet 
xukumatlari xisoblashmasligi mumkin emas edi. Shuning uchun jadidlar 
sovetlar davrida quvg’inga uchratildi. 


156 
"Maxmudxuja Bexbudiy tarjimai holiga Xoji Mu’in yozgan" "Bosh so’zi" 
da quyidagi fikrlarni bildirgan: Biz Turkiston turklari, bugungi muxtasham 
madaniyatimiz so’ngidan keyin, so’nggi asrlarda xar bir jihatdan juda chetda 
qoldik. Lekin so’ng bo’lsa ham gunox va xatolarimizdan xabardor bo’la
boshladik. Biroz uyg’onib ketdik. Bizda intixob davri 1901 yildan boshlandi". 
Jadid harakati yuzaga kelganda Turkistonda xayot nihoyatdaqiyin va og’ir 
kechar edi. O’lka o’z o’tmishi, tarixi, fan va madaniyatidan bexabar ahvolga 
tushib qolgan edi. 
Jadidlar Turkistonni g’aflat uyqusidan uyg’otishga va olamni ko’z ochib 
ko’rishga, o’zligini tanishga da’vat etdi. Bu savobli ishda jadid adabiyoti, jadid 
teatri, jadid matbuoti, azaliy vaadabiy bo’lgan inson ruhiyatini teran badiiy 
kayfiyatini yuksakka ko’tarib yubordi. Ular ovrupacha teatr vaadabiyotning
yangi-yangi janrlarini Turkiston madaniy va ma’naviy xayotiga joriy etar 
ekanlar, xalq og’zaki dramasining muayyan shakllaridan baxramand bo’ldilar. 
Jadid ziyolilarining teatrchilik harakatlari yuzaga kelishdao’sha zotlarning 
g’ayrat vaqiyinchilik bilan yozilib, matbuot sahifalariga ko’chgan ko’zatishlari, 
muloxazalari ham ma’lum darajadaahamiyat kasb etdi, milliy tafakkurni 
sho’nga tayyorladi, yo’naltirdi. 
Darhaqiqat, teatr-dunyo, dunyo esa tomoshaxona. Sahna aylangani kabi 
dunyo ham hamisha aylana harakatda. Kelajakni ko’zlagan odam o’tmishini, 
kechmishni o’ylashi, bugunini rostlashi zarur. 
Jadidlarning o’z maqsadlarini ruyobga chiqishida madaniy oqartuv 
ishlaridagi faoliyati ham taxsinga sazovordir.Zero, mustaqil davlat poydevorini 
tiklar ekanmiz, o’tmishidan, xususan yaqin tarix jadidlar saboqlaridan ibrat 
olmasligimiz mumkin emas. Ular ibrati qilgan ishlarida vaaytgan 
so’zlaridaqoldi. Ularning millati nomidaaytgan so’zlari, dardi-iztiroblari esa 
she’r bo’lib va yana "teatr risolalari" deb atalmish sahnaasarlarida koldi. 
XIX asrning 80-yillarida xalqka ma’rifat va ziyo tarqatish uni dunyoviy 
bilimlar asosida savodli qilish va madaniyatni ko’tarish g’oyasi sifatida vujudga 
kelgan jadidchilik harakati asrimiz boshlariga kelib siyosiy kuch sifatida 
tashkiliy sifatga ega bo’ldi. Turkistonni Rusiyaning mustamlakachilik 
iskanjasidan xalos bo’lishi mustaqillikka erishish va uni ma’rifatli, farovon 
hamda obod Vatangaaylantirish maqsadida jadidlar madaniy-ma’rifiy va 
ijtimoiy-siyosiy kurashda faol qatnashdilar. 
Birinchi rus inqilobi jadidchilikni ko’chayishiga, ko’lami va mazmun 
yo’nalishining kengayishiga yul ochdi, xalq orasida keskin uyg’onish boshlandi. 
Jadidlar tashabbuskorligida bir qancha matbuot organlari tashkil etildi. O’zbek
xalqi tarixida birinchi bo’lib mustaqil nashr etilgan gazeta "Tarakkiy" gazetasi 
bo’lib, uning birinchi soni 1906 yil 14 (26) iyun kuni chiqdi. Gazetaning 
birinchi sonida e’lon etilgan bosh maqolada "Biz musulmonlarni xurriyatda
xalqlari bormi? 
Yo’q!!! Qarindoshlar, yuz marta yo’q"! degan sarlavxa berilgan. Bu 
maqoladan Chor xukumatining 1905 yil 17 okyabrda e’lon qilingan hamda 


157 
xalqqa qator erkinliklar va’da qilgan manifesti xususida bo’lib, unda bu 
xujjat Turkiston xalqlariga hech qanday erkinlik bermaganligi, aksincha
hamon milliy va siyosiy zulm-istibdod xukm surib kelayotganligi haqida 
dadillik bilan barallaaytiladi: "Hozirda ijtimoya, kalom, matbuot uchun berilgan 
xurriyatlar: og’ziga suv tomizib turgan og’ir xastadek ekanini tilsiz va ko’p 
tabiblar ham tasdiq eturlar.
Jadidlarning yetakchi namoyondalaridan biri M.Bexbudiy "Xurshid" 
gazetasining 1908 yilgi sonlaridan birida e’lon qilingan maqolasida 
mustamlakachilik siyosati tufayli Turkiston o’lkasi xom-ashyo yetkazib 
beruvchi zamin bo’lib qolganidan xalqimiz qashshoq bo’lib yashayapti, deb 
qayg’uradi. Bexbudiy sanoati rivojlangan yevropaliklar xom-ashyoni 
o’zimizdan arzonga olib, yana o’zimizga qimmatga sotish bilan millioner
bo’lib ketmoqda, bizning xalqimiz esa kambag’alligicha qolmoqda, deb 
ta’kidlaydi. 
Bexbudiy bu haqda quydagilarni yozadi: 6 million Turkistonlilarda 3 
millioner borligi ma’lum. Dexqonlar esa, garchi bir vaqt qo’li bir oz aqcha 
ko’rar, yana ovrupa (boylariga) bir, ikki-besh xom mold berib pishiqni zo’rg’a 
olur». 
Jadidlarning barcha gazeta va jurnallarida Turkistonda zulm va istibdodga 
qarshi erk va va ma’rifat, madaniyat, milliy ozodlik va adolat uchun kurashish 
zarurligi haqidagi ko’plab maqolalar e’lon qilindi. 
Matbaachilik yo’lga qo’yildi. Turkistonning ko’pgina shaxarlarida 
bosmaxonalar ishga tushdi. "Musulmoncha" kitob va jurnallar chop etila 
boshlandi. Bu haqda Abdulla Avloniy shunday yozadi:". 1905 yildagi 
Rossiyada boshlangan inqilob to’lqini bizga ham zo’r ta’sir qildi. Bizning 
tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, birinchi navbatda qora xalqni 
oqartirmoq va ko’zin ochmoq chorasiga kirishdi. Bo’nga erishmoq uchun gazit 
chiqarmoqni munosib ko’rib, uyushmaning harakati bilan o’zbek tilida gazetalar
chiqarildi. 1906 yilda "Taraqqiy", "Xurshid" gazetalari chiqib, eski xukumat 
tomonidan to’xtatilgandan so’ng 1907 yilda o’z muxarrirligim bilan hamda 
temir yul ishchilarining sotsial-demokratik firqasining aloqa va yordami
bilan "Shuxrat" ismindagi gazetni Sapyorni ko’chada chiqardim".
Jadidlarning asosiy g’oyaviy yul-yuriqlari ana shu tashkil etilgan matbuoti 
sahifalarida o’z yorkin ifodasini topdi. Publistika shiddat bilan rivojlandi. 
Birgina Bexbudiyning matbuotda bosilgan maqolalarini mutaxassislar 300 dan 
ortiq chamalaydilar. Abdurauf Fitratning "Xind sayyoxi", ("Bayonoti sayyoxi 
xindiy"), Turkiyada chiqqan "Munozara" asari, "Sayxa" she’rlar to’plami e’lon 
qilinishida Bexbudiy va boshqa jadidlarni yordami katta bo’ldi. Mirmuxsin 
Mirmuhamedov, Cho’l pon, Qodiriy, Munavvar Qori, Hamza, Tavallo, Azjiy va
boshqalar o’z asarlarida taraqqiyparvarlik g’oyalari o’z ifodasini topdi. 
Dramaturgiyaga asos solindi. Bexbudiy birinchi bo’lib 1911 yilda "Padarkush" 
dramasini yozib tsenzuradan o’tkazdi, hamda 1919 yili nashr etdi. O’sha yili
pьesa sahnalashtirilib, Samarqanddagi "Xalq uyida" o’ynaldi. "Padarkush" tez 


158 
orada shuxrat topib, Toshkent, Qo’qon, Andijonda tashkil topgan teatr trup 
palari tomonidan sahnaga olib chiqildi. Agarda Bexbudiy chorizmning 
mustamlakachilik siyosati oqibatida kirib kelgan ichkilikbozlik va ma’naviy 
ahlokiy buzukliklarni fosh etadi. Shuningdek, Turkistondagi hamma balolar 
yoshlar o’rtasida ma’rifatga ahamiyat bermaslikdan, odamlar tabiatini unga ilm 
berish bilan tuzatish mumkin. Turkiston yoshlari jaholat qanday falokatlarga 
olib borishlarini bilib qo’yishlari kerak, degan mazmundagi fikrlarni olga surish 
kerak. 
"Padarqush" pesasi o’zidan keyingi pesalarning sahnalashtirilishi uchun bir 
tajriba namunasi bo’lib xizmat qildi. Jadidlar asarning dramatik shaklining 
afzalliklarini tez tushunib yetdilar. Ularning ko’pchiligi siyosiy jihatdan
savodsiz bo’lgan vatandoshlarning keng ommasiga o’z maslak va g’oyalarini 
ta’sirli hamda tushunarli holda yetkazish uchun sahnaviy harakat va ko’rin 
ishlardan foydalanishga o’rindilar. Keyinchalik "Kuxna Turkiya", "Qotil
kim?”, "Baxtsiz kuyov" kabi pesalar sahnaga qo’yildi. Toshkent, Samarqand, 
Qo’qon, Andijondan tashqari Buxoro va Qarshi shaharlarida jadidlar 
tomonidan xavaskorlar guruxi, teatri tashkil qilindi.
Turkiston jadidlarining qardosh xalqlar, birinchi navbatda, usmonli turklar, 
ozor, tatar, boshqird va boshqa turkiyzabon jadidlar bilan hamkorligi ko’chaydi. 
Bir so’z bilan aytganda adabiy madaniy, ijtimoiy-siyosiy turmushning hamma 
katlamlarida jadidchilik harakatidagi kutarilish yaqqol ko’zga tashlandi. 
Mustamlakachi Chor hukumati jadidlarning harakatlari bilan Turkistondagi 
milliy va diniy uyg’onish sodir bulayotganidan, istilochilarning siyosiy 
nayranglariga faxm farosati yetadigan va sal qo’yib bersa "qora xalq"ni ozodlik 
kurashiga ko’tarishga va bu kurashni mohirlik bilan boshqarishga kurbi 
yetadigan ma’rifatli va millatparvar butun bir avlod shakllanayotganidan 
taxlikaga tO’shadi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasida 1908 yilda 
"Turkiston o’lkasida va undan chetda josuslik qilish masalasi "buyicha 
ishlaydigan komissiya to’zildi. Komissiya asosan jadidchilik harakatini yo’q 
qilishdan bordi. U Turkistondagi maktab va madrasalarni barchasini jadidlar 
ta’siriga berilmasligi uchun jon-jaxdi bilan kurash olib bordilar. Birinchi jahon 
urushi boshlanib ketib, istilochi chor xukumati chekka o’lkalardagi 
millatparvarlar bilan jiddiy shug’ullanishga imkon topolmay qoldilar. Shunda 
ham maxfiy idoralari, mustamlaka siyosatining bu o’lkaga yuborilgan 
mafkurachilari ularni hamisha ko’z ostida saqlab turar, ham ma’nan, ham 
jismonan ezib tashlashi qulay mavridini poylash edi.
Ma’lumki, Russiya podshosi Nikolay IIning 1916 yil 25 iyunda"Front 
orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkaz gayritabiylaridan 19 dan 
31 yoshgacha er kishilardan mardikorlik ka olish haqida"gi 1526 rakamli 
farmoni e’lon kilindi. Bu noqonuniy farmon o’lkadagi chor ma’murlari 
tomonidan boshboshdoqlik bilan amalga oshirildi. Oqibatda Turkistonning 
ko’pgina shahar va tumanlarida aholi o’rtasida norozilik tug’ilib isyonga 
aylandi. Isyonlar shavqatsiz bostirildi. Ana shu pallada jadidlar sukut saqlamay, 


159 
aholiga yordam berish payiga tushdilar. Ular chor hukumati olib borayotgan bu 
siyosatning noto’g’riligihni xalqqa tushuntirib, bu masalada tashkil etishlarida 
faollik kursatdilar.
Shu tariqa 1916 yilgi milliy-ozodlik harakatini qo’llab quvvatladilar. 
Jizzax, Yettisuv, Toshkentda qirg’inlarining shoxidi bo’lgan jadidlar faqat 
xurriyatgina Turkiston xalqlariga ozodlik berishi mumkinligini chuqur idrok 
etdilar. Natijada o’lkada turli siyosiy to’garaklar, jamiyatlar paydo bo’ldi. 
Andijon va Qo’qonda "G’ayrat", Toshkentda "Ulamo", "Sho’roi Islomiya", 
Samarqandda "Ittifoq" jamiyatlari, Buxoroda "Yosh Buxoroliklar", Xivada 
"Yosh xivaliklar" partiyalari tuzildi. 
Turkiston jadidlarining Rusiyadagi turli siyosiy partiya va uyushmalariga 
munosabati xar-xil edi. Ularga ko’prok rus burjua monarxiya partiyasi 
kadetlarining maslak va qarashlari ma’qul tushgan edi. 
"Xozir Rusiyada, -deb yozadi Bexbediy "Xurshid" jurnalining 1906 yil 11 
oktyabr 6-sonidagi 22 "Xayrul-umuri afsosuxr" (Xar ishda me’yor durust") 
nomli maqolasida, bu kadetlar firqasiga mansub xalq xar din va millat axlidan 
nihoyatda ko’pdir. Sobik millat majlisi a’zolarini aksari bu firqadan edilar. Bu 
firqa haqikatda O’rta firqadir. Mo’’tadil al-mijoz xalqlar bu firqani 
xoxlagandurlar. Rusiya mamlakatiga bexrok xizb yo’qdir". Bexbudiy kadetlar 
Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish