3. Harakatlanuvchi traktor yoki pritsepdan yiqilishi.
4. Traktor kabinasida jarohatlanish (odatda to’ntarilgan traktordan).
5. Traktor bilan harakatlanmaydigan predmet orasida siqilish.
6. Traktordan jarohatlanishning kombinatsiyalashgan turi (traktor bilan
urish va keyinchalik uni odam ustidan o’tishi; harakatlanuvchi traktordan
yiqilish va uning ustidan traktor g’ildiragining o’tib ketishi).
7. Pritsepli yoki osma asboblar hamda shatakka oluvchi chanalar ta’sirida
jarohatalanish.
8. Boshqa holatlar.
1. O’rmalovchi traktor etkazgan jarohatlarning o’ziga xos xususiyatlari
va hosil bo’lish mexanizmlari.
Harakatlanuvchi traktorning qandaydir qismlari
bilan urilish o’tmas og’ir predmet ta’siri uchun xarakterli jarohatlanishlarni yuzaga
keltiradi. O’rmalovchi traktorning uncha katta bo’lmagan tezligi tufayli traktordan
jarohatlanishning bu turi kamdan kam uchraydi. Birlamchi urilish joyida
jarohatlanish uncha katta bo’lmaydi.
Traktor gusenitsasi (o’rmalovchi g’ildiragi) jabrlanuvchi tanasidan o’tganda
harakterli muhim jarohatlanishlar kuzatiladi. Bunda ko’pgina qo’pol
jarohatlanishlar sodir bo’ladi va jabrlanuvchining o’limiga sababchi bo’ladi.
Traktordan jarohatlanishning bu turida yuzaga
keluvchi jarohatlanishlar
xarakteri ko’pincha gusenitsaning tuzilishiga bog’liq bo’lib, jabrlanuvchi tanasidan
do’malab o’tishining o’ziga xos xususiyatlari alohida ahamiyatga egadir. Gusenitsa
o’ziga xos yopiq metallik zanjir bo’lib, alohida traktlardan tuzilgan va bir-biri bilan
sharnirlar yordamida biriktirilganligi ko’zga tashlanadi. Bunday xalqalarning
tayanch yuza qismida gusenitsa uzunligiga ko’ndalang holda ko’tariluvchi
shporalar (tuproqni ilintiruvchi) joylashganligi ko’rinadi. Shporalar orasida masofa
bir xil markali traktorlarda taxminan bir xil bo’ladi.
Shporalarning solishtirma
bosimi gusenitsalar barcha zvenosi solishtirma bosimidan 30-40 marta yuqori
bo’ladi. Shuning uchun ham shporalar ancha ko’zga tashlanuvchi jarohatlanishlarni
yuzaga keltirib, gusenitsaning boshqa qismlaridan farqlanadi. Jarohatlanishlarning
o’zlari esa shporaning tuzilishiga qarab o’ziga xos xarakterga ega bo’ladi.
119
Gusenitsaning jabrlanuvchi tanasidan dumalab o’tishining o’ziga xos
xususiyatlari mavjud. Masalan, avtomobil g’ildiragining odam tanasidan
o’tishining 2 fazasi (itarish,
tananing aylanib ketishi, 1-jadvalga qaralsin)
traktordan jarohatlanishda amalda uchramaydi, ammo uchinchi va to’rtinchi fazalar
avtomobildan jarohatlanishlardan farqlanadi. Xususan, gusenitsaning odam
tanasiga chiqishida ko’pincha gusenitsa tagidan qurbon bo’lgan kishining
«tortilishi-sudralishi» ko’zga tashlanadi (Novikov Yu.A., 1968). Bunda ildirilgan
tuproq jabrlanuvchining kiyimiga yopishib, uni tanasini gusenitsa tagidan tortadi.
Gusenitsaning odam tanasidan aylanib o’tishi (to’rtinchi faza) uzlukli bo’lmasdan,
balki uzluksiz bo’lib, gusenitsaning bir bug’ini qarshilik ustidan aylanib, ancha
vaqt harakatsiz turadi va traktorning barcha og’irligi bir guruh bo’g’inlar orqali
odam tanasiga mahkamlangan holda dumalab o’taolmaydi.
Tuproqni ushlovchi ta’siri odam tanasidan o’tish paytida terida yo’lsimon
shilinishlar va qontalashlar hosil bo’lishiga olib kelib, tanadan o’tish chizig’ida
perpendikulyar joylashadi (29-rasm). Odatda, shilinishning bir tomonida
traktor
harakatiga qarama-qarshi atrofga yo’nalgan epidermis siljishidan hosil bo’lgan
parcha (qiyqim) ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: