Harakatlanuvchi traktordan yiqilish
, agar keyinchalik traktorni odam
ustidan o’tishi kuzatilmasa, odatda og’ir oqibatlarga olib kelmaydi. Bu o’z
navbatida traktor tezligining uncha katta bo’lmasligi bilan bog’liq bo’ladi. Bunday
hollarda sodir bo’lgan jarohatlanish uncha katta bo’lmagan balandlikdan yiqilishi
uchun xarakterli bo’ladi.
2. G’ildirakli traktor tomonidan etkazilgan jarohatlanishlarning o’ziga
xos xususiyatlari.
G’ildirakli traktor bilan etkazilgan jarohatlanishni ko’pchilik
hollarda avtomobildan jarohatlanishdan ajratish qiyin.
G’ildirakli traktorning odam tanasidan o’tishidagi jarohatlanish xuddi
tanadan avtomobil o’tgandagi jarohatlanishga odatda o’xshaydi. Transportdan
jarohatlanish turini solishtirishda faqatgina g’ildirak qoplamasi tamg’asining surati
aniqlanilgan hollarda bu surat avtomashina va traktorda har xil bezakka ega
bo’ladi.
G’ildirakli traktorning ayrim markalari kam chidamli ko’ndalang qiyalik
bo’lib, past-balandlik joylarda engil ag’darilib ketadi. Bunda traktor haydovchisi
va yo’lovchilarning boshi, ko’kragi, qorni va chanog’ida og’ir jarohatlanishlar
kuzatilib, suyaklarning sinishi, ichki organlarning emirilishi yaqqol ko’zga
tashlansa-da, nisbatan kuchsiz tashqi jarohatlanishlar kuzatiladi. Biroq ba’zan
122
bunday hollarda ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ining bosilishi tufayli o’lim
mexanik asfiksiyasidan sodir bo’ladi.
3. Ayrim soyabonli va pritsepli qishloq xo’jalik mashinalari va
vositalari tomonidan etkaziladigan jarohatlanishlarning o’ziga xos
xususiyatlari.
Qishloq xo’jalik mashinalari va vositalaridan jarohatlanish juda
xilma xil bo’lib, sud tibbiyoti nuqtai nazaridan to’lig’icha o’rganilmagan. Bu
travmatizmning sabablari ko’pchilik hollarda texnika xafsizligi qoidalariga rioya
qilish bilan bog’liq bo’lib, xizmatchilarning tartibsizligi va shaxsiy ehtiyotsizligiga
aloqador bo’ladi. Gildirak tagiga tushish va plug tishi, o’roqning kesuvchi
apparatlari, kombaynlar, mashina va asboblar transmissiyasida, harakatlanuvchi
mashinadan yiqilish orqali jarohatlanishlar yuzaga keladi. Odam harakatni
o’tkazadigan uzatmaga tushganda muhim xarakterli jarohatlanish kuzatiladi.
Aylanma uzatish kamari, uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g’ildiraklar,
kardan vallar kiyimlarni mahkam tutib yirtadi va odam tanasidan uzib oladi. Oyoq-
qo’llarni uzib oladi va odam tanasini bo’lakalarga bo’lib tashlaydi. Tananing va
kiyimlarning jarohatlangan qismlari mazut bilan kuchli ifloslanadi. Agar odam
tanasi transmissiyaning aylanuvchi detaliga kuchli qisilgan bo’lsa, natijada kuchli
ishqalanish tufayli bir joyda suyaklar va yumshoq to’qimalarning «arralanishi»
ko’zga tashlanadi. Buning oqibatida ajralgan issiqlik yumshoq to’qimalarga
«qaynatilgan» yoki hatto «dudlangan» ko’rinish berib o’ziga xos hid tarqatadi.
(Zavalnyuk A.X., 1982).
O’roqning kesuvchi qismi va kombaynga tushib ketishda ko’pgina chuqur
yirtilib lat egan yara yuzaga kelib, bu tananing bir chizig’i bo’ylab joylashgan
bo’ladi. Alohida yaralar kesilgan yoki chopilgan xarakterga ega bo’ladi. O’roqning
kesuvchi tomoni bilan tik turgan odamning oyog’i kontakt bo’lganda uni
boldirning pastki uchdan bir qismi to’g’riligida travmatik ajralishi kuzatiladi. Agar
odam silos yig’ishtiruvchi kombayn transporteriga tushganda uni maydalovchi
apparat o’ziga tortadi. Bunda silos kesuvchi pichoqning chopuvchi ta’sirida
kiyimi, oyoq kiyim va odam tanasi alohida deyarli tekis lentasimon qismlarga
ajraladi (Zavalnyuk A.X., 1981).
123
Do'stlaringiz bilan baham: |