Bunday jarohatlanishlar orasidagi masofa taxminan bir xil bo’lib, traktor
gusinitsasi tishsimon qismlari orasiga to’g’ri keladi. Anig’ini
aytganda bunday
jarohatlanishlar traktor gusenitsasi tishsimon qismi kontaktli tamg’asi hisoblanadi.
Agar tishsimon qismlar yaxlit bo’lsa, bunda shilinishlar (qontalashlar) ham yaxlit
bo’ladi. Ayrim hollarda tishsimon qismlar ulama bo’lsa, shilinishlar ham uzilgan
xarakterga ega bo’ladi. Shilinishlar orasidagi masofani o’lchash, shuningdek
shilingan qismlarni orasida alohida jarohatlanmagan teri borligi aniqlanilib, bu
o’rmalovchi traktorning markasini aniqlashga imkoniyat beradi.
Ko’pincha o’rmalovchi traktorning odam tanasidan o’tishida, shilinish va
qontalashlardan tashqari, anchagina kengroq lat eb yirtilgan yaralar yuzaga kelib,
ularning bir tomoni pastki to’qimalarning keng ko’chishi tufayli hosil bo’lgan
parcha bir tomonga qarab buralib chiqqanligi ko’rinadi. Yaraning chuqurligida o’t-
alaf va ifloslangan tuproq aniqlaniladi. O’rmalovchi traktorning odam tanasidan
o’tishi tufayli tananing kuchli siqilishidan suyaklarning ko’plab joyidan sinishi va
ichki organlarning emirilishi ko’zga tashlanadi. Odamning boshi orqali o’tganida
kalla suyagining ko’p joyidan ochiq sinishi tufayli
boshining deformatsiyaga
uchrashi, bosh miyaning ezilishi va miya moddasining itarilib, hosil bo’lgan yara
yoki tabiiy teshiklar orqali chiqishini kuzatish mumkin. Agar odamning tanasi
orqali o’tganida qobirg’alarning ikki tomonlama ko’p joyidan sinishi,
chanoq
suyagi sinishi, ichki organlarning emirilishi, ularning uzilishi va bir bo’shliqdan
ikkinchi bo’shliqqa o’tishi kuzatiladi. Oyoq-qo’llarni uzunasiga bosib o’tganda
naysimon suyaklarning o’ziga xos xarakterli sinishlari kuzatilib, bu zinapoyasimon
xarakterga ega bo’ladi va sinish kengligi tuproqni ushlab turish qalinligiga
yaqinlashadi (Novikov G.A., 1970).
Murdani tekshirilishida doimo uning kiyimini ko’zdan kechirilishi muhim
ahamiyatga egadir. Bunda kiyimida odam tanasidan o’tganlik
uchun xarakterli
jarohatlanishlar va izlarni topish mumkin. Bunga yo’lsimon ifloslanish,
to’qimalarning yassilanishi, yoriqsimon yorilishlar hamda kiyimning yog’lovchi
moddalar bilan ifloslanishlari kiradi. Kriminalistik usullarni qo’llanilishi (rangli
ta’sir usuli, infraqizil
nurlar yordamida tekshirish, yumshoq rentgen nurlari)
121
kiyimdagi bunday izlarni aniqlashga va metallarning mayda zarrachalari
kirganligini bilishga imkon beradi. O’rmalovchi traktorning odam tansidan
o’tganligiga xos xarakterli belgilarni bilish ekspert oldiga qo’yilgan
savollarni
ishonchli echishda: traktordan jarohatlanish turi va borligini aniqlash, traktorni
odam tanasidan o’tayotganda tananing holati, traktor harakatining yo’nalishi, birin-
ketin
jarohat etkazilganligi, ba’zan o’rmalovchi traktorning markasi haqidagi
muxokamada muhim ahamiyatga egadir.
Odam tanasini traktor bilan harakatsiz predmet orasida siqilishi traktordan
jarohatlanishning eng kam uchraydigan turi bo’lib, bu ko’krak qafasi va qorin
bo’shligining siqilishi bilan ko’zga tashlanadi. Bunda qobirg’alarning ikki
tomonlama ko’p joyidan sinishi, ichki organlarning yorilishi va bir bo’shliqdan
boshqa bo’shliqqa siljishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: