Tibbiyot instituti talabalari uchun


II-BOB. SUD TIBBIYOTI FANINING RIVOJLANISH TARIXIGA DOIR



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

II-BOB. SUD TIBBIYOTI FANINING RIVOJLANISH TARIXIGA DOIR 
QISQACHA MA’LUMOTLAR.
Sud tibbiyotining umumiy tarixi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishish u 
yoki bu huquqiy normalar sud va tergov organlari oldida turgan savollarga javob 
berishda sud tibbiyoti yordami muhimligini ko’rsatadi. Sud organlari faoliyatida 
tibbiyot bilimlarining zarurligi bizga qadimdan ma’lum. Buni eramizgacha bo’lgan 
tarixiy adabiyotlar tasdiqlaydi. Bu Misr, Xitoy, Hindiston, qadimiy yunon 
mamlakatlari tarixiy hujjatlarida atroflicha keltirilgan.
Gippokratning eramizgacha 460 yillarda ekspert amaliyotida olib borgan 
izlanishlarini ko’rsatish alohida ahamiyatga egadir: u abort haqida, homiladorlik 
muddatini aniqlash, chala tug’ilgan chaqaloqning yashash qobiliyatini aniqlash, har 
xil jarohatlanishlarning og’irlik darajasi va o’limga olib kelish sabablari, kalla 
suyagida bosilib sinish va yorilishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganishi sud 
tibbiyoti amaliyoti uchun hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini saqlanib qolishini 
ko’rsatadi. 
Tibbiy-ekspertiza maqsadlari uchun murdalarni kesib ko’rish masalasining 
hal qilinishi katta ahamiyatga egadir.
XVI asrda anatomlardan Silviy, Vezaliy, Fallopiy, Evstaxiy, Varoliy, Botal 
va boshqalarning ishlari maqtovga sazovordir. Ularning xizmatlari sud 
tibbiyotining rivojlanishida muxim ahamiyatga ega bo’lib, vrach ekspertlarning 
xulosasini ilmiy asoslashda etakchi o’rin egallaydi.
XVI asrning ikkinchi yarmida mashhur frantsuz xirurgi Ambruaz Pare sud-
tibbiyoti traktatini yaratadi. Bunda quyidagi masalalar yoritilgan: jarohatlanishlar 
va ularning sud tibbiyoti turlari, osib o’ldirish, sirtmoq bilan bo’g’ilish, cho’kish, is 
gazi bilan zaharlanish, yashindan jarohatlanish, qizlik holatini, homiladorlik 
muddatini aniqlash, murdalarni balzamlash va traktatning oxirida sud tibbiyoti 
xulosasini yakunlash uchun ko’rgazmalar keltirilgan.
Rossiyada XVI-XVII asrlarda ayrim hollarda tirik shaxslar ekspertizasi va 
zo’raki o’limdan o’lgan murdalar tanasini ko’zdan kechirish yo’lga qo’yildi. 
7


Ammo bu Petr 1 davrigacha majburiy holatga ega emas edi. Rossiyada 1716 yildan 
boshlab Petr 1 tomonidan «Harbiy ustav» kiritilishi munosabati bilan sud tibbiyoti 
ekspertizasini o’tkazish uchun maxsus ko’rsatma beriladi. Harbiy ustavning 154 
moddasida zo’raki o’limdan o’lgan barcha murdalar, albatta, sud tibbiyoti 
ekspertizasidan o’tkazilsin va uning natijasida yozma xulosa tuzilsin deb 
ko’rsatilgan. Shundan keyin Rossiyada sud tibbiyoti fani rivojlana boshladi. 
XVIII asrning 90-yillarida Rossiyada sud tibbiyoti fani Moskva davlat 
universitetida o’qitila boshlandi. 1804 yilda birinchi universitet ustavi tasdiqlanilib, 
bunda sud tibbiyoti anatomiya, fiziologiya va sud-vrachligi fanlari kafedrasi 
tarkibiga kiritildi.
1804 yili Moskva universitetida bu kafedrani I.F.Vensovich boshqarib, unda 
1808 yildan boshlab, o’zi tuzgan qo’llanma bo’yicha sud tibbiyotidan ma’ruzalar 
o’qiydi.
1813 yildan to 1837 yilgacha kafedrani E.O.Muxin (1766-1850) boshqaradi. 
U sud tibbiyotini sistematik o’qitish jarayonida murdalarni amaliy mashg’ulotlarda 
tekshirish zarurligini uqtiradi. 1820 yildan boshlab E.O. Muxin sud toksikologiyasi 
kursidan ma’ruzalar o’qiy boshlaydi.
1835 yilda yangi Universitet ustavi yaratilib, u bo’yicha alohida sud tibbiyoti 
kafedrasi tashkil qilish ko’zda tutilgan bo’lib, bu kafedrani davolashni tashkil 
qilish kafedrasi deb ataladi.
1841 yilda N.I.Pirogov «Sud vrachlari uchun mo’ljallangan odam tanasining 
anatomik tasviri» nomli maxsus atlas yaratadi.
N.I.Pirogov o’q otar qurollari bilan jarohatlanishda birinchilardan bo’lib 
kirish teshigida to’qima defekti borligini aniqlaydi va chiqish teshigiga xos 
xususiyatlarni o’rganadi. Peterburg Mediko-xirurgik akademiyasida faoliyat 
ko’rsatuvchi N.I.Pirogovning 11000 ta murdalarni kesib ko’rganligi, uning amaliy 
faoliyatidagi o’rnini belgilaydi.
Moskva universiteti sud tibbiyoti kafedrasini 1837 yildan to 1862 yillari 
A.O.Armfeld boshqaradi. U nafaqaga ketgach, kafedrani D.E.Min boshqarib, u 
tomonidan umumiy va eksperimental gigienaga aloqador hamda sud tibbiyoti 
8


dasturi yaratiladi. U sud tibbiyotini o’qitishda tirik shaxslar va ashyoviy dalillarni 
tekshirishga alohida ahamiyat beradi. Bu davrda 1864 yilda sud reformasi tufayli 
sud tibbiyoti yanada rivojlanish etapiga o’tadi.
D.E.Min sud tibbiyoti kafedrasini boshqarish davrida yashirin sud o’rniga 
ochiq, oshkora, ommaviy sud jarayoni paydo bo’lib, bunda sud maslahatchilari 
bilan birgalikda qoralovchi va himoyalovchilar qatnashadilar. 
1878 yildan to 1900 yilgacha Moskva universiteti sud tibbiyoti kafedrasini 
professor I.I.Neydling boshqaradi. U birinchilardan bo’lib, strangulyatsion 
egatchaning tiriklik belgilarini aniqlashda mikroskopik tekshiruv usulini qo’llaydi. 
Undan keyin kafedrani P.A.Minakov (1865-1931) boshqaradi. U 1894 yili 
«Sochning sud tibbiyotiga aloqadorligi» mavzusidagi dissertatsiyani yoqlaydi. 
Uning tekshirishlari hozirgi davrgacha ham o’z ilmiy ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
P.A.Minakov birinchilardan bo’lib, 
neytral gematin va uning spektrini aniqlab, 
uni yo’lsimon subendokardial ekximozlar 
(qon quyilishlar) deb atadi. Shuning uchun 
ham ular Minakov dog’lari sifatida 
ta’riflanadi. Bu ko’pincha o’tkir qon 
yo’qotishdan o’lgan murdalarda ko’zga 
tashlanadi. P.A.Minakov har xil tashqi 
tassurotlar ta’sirida, jumladan sochlarga 
yuqori harorat ta’siridagi o’zgarishlarni ham 
aniqlaydi.
Ashyoviy dalillarning sud tibbiyoti tekshiruvida F.Ya.Chistovichning (1870-
1942) xizmatlari katta. U 1899 yili qon tarkibidagi oqsil turlari uchun xarakterli 
maxsus reaktsiyani taklif qiladi. 1901 yili nemis mikrobiologi Ulengut ushbu 
sinamani odam qoniga aloqadorligini aniqlaydi. Shuning uchun ham bu reaktsiyani 
Chistovich-Ulengut reaktsiyasi deyiladi.
A.S.Ignatovskiy sud tibbiyoti sohasidagi ajoyib darslikning muallifi (1910-
1912) va boshqa original ishlardan, xususan «Kalla suyagining sinishiga aloqador 
9

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish