Tibbiyot instituti talabalari uchun


Ikkala avtomobil va boshqa predmetlar orasida siqilishdan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

5. Ikkala avtomobil va boshqa predmetlar orasida siqilishdan 
jaroxatlanish.
Avtomobildan jarohatlanishning eng kam uchraydigan turi 
hisoblanadi. Jarohatlanish urilish natijasida va keyinchalik vertikal holatda 
turuvchi odam tanasining siqilishidan yuzaga keladi va bu ko’pincha tananing 
ko’krak va qorin qismida kuzatiladi.
7.3. Mototsikldan jarohatlanish
Ikki g’ildirakli transport (mototsikllar, motorollerlar, mopedlar) individual 
harakatlanish vositasi sifatida keng tarqalgan bo’lib, ulardan ko’pincha murakkab 
yo’lni (vaziyatni) yaxshi baholay olmaydigan yoshlar foydalanadilar. Bu o’z 
navbatida mototransport hodisalarining ko’payishiga olib keladi. Buning asosiy 
sabablaridan biri harakat tezligining oshirilishi hamda bu transportlarni 
boshqaruvchilarning mastlik holatda haydashlari hisoblanadi.
Mototsikldan jarohatlanish avtomobildan jarohatlanishdan farqliroq ancha 
ko’zga tashlanuvchi mavsumiy xarakterga ega bo’ladi. U aprel-may oylarida paydo 
bo’lib, jabrlanuvchilarning soni iyul-avgust oylarida eng ko’p uchrab, noyabr 
oylariga kelib ancha kamayadi. Bu travmatizmning ikkinchi o’ziga xos xususiyati 
bunda yo’lovchilardan tashqari doimo haydovchi va mototsikl yo’lovchilari 
116


jabrlanadilar. Bu o’z navbatida ikki g’ildirakli harakat vositasining bardoshli 
bo’lmasligidir.
Mototsiklni haydovchisi va yo’lovchisi mototsiklni boshqa transport bilan, 
har xil harakatsiz predmetlar bilan to’qnashuvi tufayli jarohatlanish olishlari 
mumkin. Shuningdek harakatlanuvchi mototsikldan yiqilganda ham jarohatlanishi 
mumkin. Yo’lovchilar odatda mototsiklni qismlari bilan urilganda, ayrim hollarda 
mototsikl g’ildiragi odam tanasidan o’tganda jarohatlanishlar sodir bo’ladi. 
Odatda, piyodalar bilan to’qnashganda mototsikl yiqiladi va natijada mototsiklni 
boshqaruvchisini ham jarohatlanishi ko’zga tashlanadi.
Harakatlanuvchi mototsikl yo’lovchilarga oldingi g’ildiragi, g’ildirakning 
ifloslanuvchi qalqoni, zinapoyasi, rul boshqaruvi richagi, mototsikl kolyaskasi 
oldingi qismi bilan urilishi mumkin. Bunda birlamchi urilishda jarohatlanish 
tananing pastki qismida joylashgan bo’ladi.
G’ildiragi va zinapoyasi bilan urilishda ba’zan siljish izi bilan birgalikda 
shilinish, qontalash, lat eb yirtilgan yara va boldir suyagining sinishlari kuzatiladi. 
Rul richagi bilan urilish qorin bo’shlig’i, beli, chanog’ida joylashib, qorin 
bo’shlig’i organlarini ko’pincha jarohatlanishiga olib keladi, qisman chanoq 
suyaklari sinadi. Keyinchalik jabrlanuvchining yiqilishidan og’ir kalla-miya 
jarohatlanishi ko’zga tashlanib, ko’pincha o’limning sababchisi hisoblanadi.
Oyoqlar va boshining jarohatlanishi jabrlanuvchi haydovchi va mototsikl 
yo’lovchilari uchun xarakterli hisoblanadi. Oyoqlar asosan mototsikl detallariga 
urilish yoki ishqalanish natijasida jabrlanadilar. Bunday jarohatlanishlar son va 
boldirning oldingi-ichki yuzasida joylashib, yo’lsimon shilinishlar, lat eb yirtilgan 
yaralar, boldir suyaklarining sinishi, qisman-son suyagining sinishlari bilan 
xarakterlanadi. Keyinchalik yo’l qoplamasiga urilish tufayli kalla suyagining 
bosilib yoki bo’lakchalanib sinishi va bosh miyaning jarohatlanishi, ba’zan qo’llar 
va ko’kragining shikastlanishi ko’zga tashlanadi. Ag’darilib ketgan mototsiklning 
motor qismi bilan tananing siqilishidan qo’shimcha jarohatlanishlar, ba’zan, 
ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’innig bosilishidan asfiksiya, jabrlanuvchi 
tanasining issiq dvigatelga uzoq muddatda tegib turishi tufayli kuyish, 
117


quyilayotgan benzin ta’sirida kimyoviy kuyish hollari ham kuzatiladi.
Ba’zan mototsikl haydovchisida rul richagiga ishqalanish va bir yoki 
ikkala qo’l panjalariga urilishdan I va II-barmoqlarning bir-biriga qaragan 
yuzalarida uncha chuqur bo’lmagan yaralar va shilinishlar hosil bo’ladi. Yo’lga 
ko’ndalang tortib qo’yilgan simdan o’tishda mototsiklistning boshi deyarli to’liq 
bo’linib ketishi mumkin.
Shunday qilib, mototsikldan jarohatlanishda avtomobildan jarohatlanishga 
qaraganda anchagina kichikroq jarohatlanishlar kuzatiladi. Bundan mototsiklni 
avtomobil yoki poezdga to’qnashuvi istisnodir. Bunday avtomobil-mototsikldan 
kombinatsiyalashgan jarohatlanishlarda mototsikl yo’lovchilari va 
boshqaruvchilarida ko’p miqdordagi qo’pol jarohatlanishlar kuzatiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish