jarohatlanishlar kuzatiladi. Ular ko’pincha son yoki chanoq qismida joylashib,
yumaloq yoki yoysimon shakldagi qontalashlar ko’rinishida bo’ladi (24-rasm).
24-rasm. Engil avtomobil farasi bilan urilishda tananing sonidagi qontalash.
Sonning
yuqori qismi, chanoq son bo’g’imi, quymuch qismida mashina
kapotining yuqori qismi yoki qanotining urilishidan anchagina katta qontalashlar
ko’zga tashlanadi. Tananing shu qismlariga kuchli urilish tufayli chanoq
suyaklarning sinishi ko’pincha kuzatiladi. Bunda yonboshidan urilish tufayli
chanoq xalqasining oldingi qismi qov va quymuch suyaklarining sinishiga olib
keladi.
Bundan tashqari, yonbosh suyagining qanoti, son suyagining yuqorigi
po’stining gorizontal sinishi ham ko’zga tashlanishi mumkin. Shuningdek, qov
suyagining pastki shoxchasi ichki yuzasining kompression sinishi, shu suyakning
yuqori shoxchasining yorilib ketishi va dumg’oza
suyagining oldingi yuzasi
yonbosh qismining kompression sinishi ham ko’zga tashlanadi. Orqadan
urilganda
esa, chanoq suyaklarining jarohatlanishlaridan tashqari, umurtqa pog’onasining
bo’yin yoki yuqori ko’krak qismining kuchli qayrilishi tufayli sinishi mumkin.
Chanoq qismining jarohatlanishidan massiv to’qimalar orasiga qon quyilish
kuzatilib, bu faqatgina chanoqning yumshoq to’qimalarigagina emas, balki qorin
pardasi orqasi bo’shlig’iga, quymuch qismiga, chot qismiga,
bryushina oldi
kletchatkasiga, soniga ham o’tishi mumkin. Bunda qon ketish 2,5-3l gacha etishi
va bu o’limning to’g’ridan-to’g’ri sababchisi bo’lishi mumkin (Matishev A.A.,
106
1974).
Ayniqsa vagon tipidagi yuk avtomashinasi kuzovi, avtobus yoki trolleybus
bilan urilishi ko’pincha tananing ko’krak va bosh qismida joylashishi mumkin.
Boshida teshilgan, bosilgan yoki bir tomonlama kalla suyagining parchalangan
yoki chiziqli sinishi ko’zga tashlanib, urilgan joyida va urilishga qarama-qarshi
tomonda bosh miyaning jarohatlanishi ko’zga tashlanadi. Ko’krak qafasiga
urilishda odatda qobirg’alarning bir tomonlama sinishi hamda ko’krak qafasi va
qorin bo’shlig’i organlarining chayqalishi kuzatiladi. Orqa tomonidan urilganda
esa ko’pincha qobirg’alarning ikki tomonlama sinishi sodir bo’ladi. Urilish joyida
kuragining to’g’ridan-to’g’ri sinishi, odatda parchalanib sinishi, umurtqa
pog’onasining ayrim suyaksimon o’simtasining jarohatlanishi hamda orqaning
yumshoq to’qimasida massiv qon quyilish kuzatiladi.
Odam
tanasining otilib ketishi, yo’l qoplamasiga yiqilishi va unda
sirg’anishi tufayli boshi va tananing yuqori va pastki qo’l va oyoq qismlari
jarohatlanishi mumkin. Bunda shilinishlar va yuzi hamda boshining chiqib turgan
qismlarida lat egan yaralar yuzaga keladi,
shuningdek, sirg’anish izlari keng
hoshiyolanish tufayli ancha chuqur parallel tirnalishlar ko’zga tashlanib, yo’l
qoplamalari ifloslanish zarrachalari ko’rinadi. Bunday hoshiyolanishning xarakteri
odam tanasining yassi yuza bo’ylab harakatlanish yo’nalishini ko’rsatadi.
Ko’pincha yo’lning qattiq qoplamasiga urilish tufayli kalla suyaklarining sinishi,
shuningdek qo’l-oyoq suyaklarining sinish hollari ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: