Ta’rif va tasnifi
Avtomobildan jarohatlanish deb, harakatlanuvchi avtomobilning tashqi va
ichki
qismlari, shuningdek harakatlanadigan avtomobildan yiqilib ketish tufayli
mexanik tan jarohatlanishuviga aytiladi.
Avtomobilga texnik xizmat ko’rsatuvdagi mashina o’z joyida turgandagi
jarohatlanishlar, avtomobil dvigatelining portlashi, balonning taranglashib yorilishi
va boshqa jarohatlanishlar odatda avtomobildan jarohatlanishlarga kirmaydi.
Bundan tashqari, mexanik jarohatlanishlarga, avtotransport hodisalari, mashinadan
yong’in chiqish, benzin bilan zaharlanish, ishlagan gazlar bilan zaharlanish hamda
avtomobilni suvga ag’darilib cho’kishi tufayli olingan jarohatlanishlar kirmaydi.
Avtomobildan jarohatlanish travmatizmning alohida turlaridan biriga kirib,
bunda odam tanasining barcha qismlarida ko’p miqdorda turli-tuman
jarohatlanishlar uchrab, bularni jarohatlanishlar
mexanizmi va tasnifini aniq
bilmasdan turib to’liq ma’lumotga ega bo’lish ancha qiyindir. Avtomobildan
jarohatlanish tasnifini o’rganishda ko’pgina vatan va chet el olimlarining hissalari
kattadir.
Hozirgi davrda A.A.Matishev, A.A.Soloxin, S.I.Xristoforov va
V.A.Safronovlar (1968) ning avtomobil jarohatlanishlariga mo’ljallangan tasnifi
keng tarqalgandir. Shunga ko’ra avtomobildan jarohatlanishlar quyidagi turlarga
bo’linadi:
1) harakatlanuvchi avtomobil bilan odamning to’qnashuvidan jarohatlanish;
2) avtomobil g’ildiragini odam ustidan o’tishi tufayli jarohatlanish;
3) harakatlanuvchi avtomobildan yiqilish tufayli jarohatlanish;
4) avtomobil ichida jarohatlanish;
5) ikkala avtomobil orasida siqilish tufayli jarohatlanish yoki boshqa
xarakatsiz predmetlar orasida jarohatlanish;
6) bir necha jarohatlarning turlari birgalikda uchrashishlari;
7) alohida turlari.
Bunday tasnif asosida avtomobildan jarohatlanish sodir bo’lgan voqeaning
100
har xil holatlarda jarohatlanishning yuzaga kelishini ko’rsatuvchi sharoitlar yotadi.
Shunga qaramasdan avtomobildan
jarohatlanish holati juda tez, har bir
avtomobil jarohatlanishi tsiklik holatda o’tib, bir qancha birin-ketin keluvchi qisqa
fazadan tuzilgan. Jarohatlanishning har bir fazasi jarohatlanish yuzaga kelishining
alohida mexanizmiga to’g’ri keladi (1-jadval).
Shunday qilib, avtomobildan jarohatlanishda jarohatlanish odam tanasiga
urilish va tanasining silkinishi,
siqilishi, cho’zilishi va sirpanishi tufayli sodir
bo’ladi, ammo fazaning miqdori, barcha ko’rsatilgan mexanizmi jarohatlanishning
ko’rinish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Kompleks jarohatlanishlarning yuzaga kelish mexanizmini, har bir
avtomobildan jarohatlanish uchun xarakterli belgilarni
bilish faqatgina sud
tibbiyoti ekspertlari uchungina emas, balki travmatolog va xirurglar uchun ham
zarurdir, chunki jabrlanuvchiga ular tomonidan tibbiy yordam ko’rsatishda o’z
ifodasini topadi. Klinik va sud tibbiyoti ekspertizasi tashxisini solishtirishda
transportdan jarohatlanishda hatto yuqori malakali tibbiyot muassasalarida ham
tashxislarning anchagina foizini bir-biriga to’g’ri kelmasligi ko’zga tashlanadi.
Jarohatlanishga to’liq va aniq tashxis qo’yilmasligi vrachlar-klinitsistlarning
bu soha bo’yicha bilimlarining etishmasligidir. Jabrlanuvchida jarohatni qidirishda
tez va maqsadga muvofiq yo’nalish aniq ishni holati to’g’risida solishtirish asosida
amalga oshirilishi zarur.
Bunda vrach jabrlanuvchini kasalxonaga olib kelganda qaysi avtomobildan
jarohatlanishni o’ziga xos mexanizmi yuzaga kelishiga ahamiyat berishi kerak.
1. Harakatlanuvchi avtomobildan odamni urilishi tufayli jarohatlanish
hozirgi davrda anchagina ko’proq uchraydi va u avtomobildan jarohatlanishning
50-foizidan ko’pini tashkil qiladi.
Jarohatlanishning bu turida tan jarohatlarining
yuzaga kelishi asosiy
mexanizmi mashina qismlari bilan urilishi va unga binoan tananing chayqalishi
hisoblanadi. Yo’lovchilarning avtomobil Bilan to’qnashuvi 3 variantga bo’linadi:
bunda urilish oldingi, yonbosh yoki harakatlanuvchi mashinaning orqa yuzasi bilan
sodir bo’ladi. Ko’pchilik hollarda avtomobilning oldingi yuzasi bilan urilish
101
kuzatiladi. Bunga avtomobilning bamperi, radiator qoplamasi, kapotning oldingi
qirrasi, faralar, qanoti bilan urilishlar misol bo’la oladi (21 rasm.).
Do'stlaringiz bilan baham: